Rivojlantirish instituti


IV bob TISH QATTIQ TO‘QIMASINING KARIYES TABIATIGA


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

IV bob
TISH QATTIQ TO‘QIMASINING KARIYES TABIATIGA
EGA BO‘LMAGAN KASALLIKLARI
Tasnifi: Tish qattiq to‘qimasining kariyes tabiatiga ega bo‘lmagan
kasalliklari asosan:
I. Tishlar chiqqunga qadar zararlanishi mumkin. Bularga quyidagi
kasalliklar kiradi:
1) Gipoplaziya.
2) Giperplaziya.
3) Flyuoroz
4) Turli xil tishdagi anamaliyalar.
5) Nasl tufayli tishdagi zararlanish.
II. Tishlar chiqqandan so‘ng hosil bo‘ladigan kasalliklar:
1) Tishdagi ponasimon nuqson;
2) Patologik emirilish;
3) Tish nekrozi;
4) Tish eroziyasi;
5) Tishlardagi mexanik shikastlanish;
6) Tish giperesteziyasi (to‘qimalar sezgirligining oshishi).
Tishlar chiqqunga qadar zararlanish bilan og‘rigan bemorlar
shifokorga kam murojaat qiladilar. Ko‘pincha og‘riq bo‘lmaydi.
Gipoplaziya — so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, gipo-kam, etishmaslik,
plaziya-hosil bo‘lish ma’nosida bo‘lib, bu kasallikda emalni hosil
bo‘lishida, etishmovchiliklar bo‘lishi natijasida, emalda turli kamchiliklar
bo‘ladi. Tish kurtagi rivojlanish davrida metobolitik buzulishlar natija-
sida, emalda miqdor va sifat jihatdan buzulishlar bo‘ladi. Emalni neorga-
nik va organik tarkibi buzulib, avvalo oqsillar tuzilishi buziladi. Enome-
loblastlar — emalni hosil qiluvchi hujayralar faoliyati pasayadi, natijada
emalni minerallanishi pasayadi va emal kam hosil bo‘ladi.
Asosan 2 xil gipoplaziya farqlanadi:
1. Sistemali (umumiy) — bir necha tishlarda bo‘luvchi gipoplaziya.
2. Mahalliy — bitta tishda bo‘luvchi gipoplaziya.
Sut tishlarini davolatmaslik, yomon davolash natijasida doimiy tish
gipoplaziya bo‘lishi mumkin.
Gipoplaziyaning sistemali turi sut va doimiy tishlarning bir nechtasida
simmetrik shaklda uchraydi.


4 1
Gipoplaziyaning sabablari assi-
milyatsiya va dissimilyatsiyani juda
yomon buzulishi, modda almashi-
nuvini, oqsillar, ayniqsa mineral tuzlar
almashinuvini tanada buzilishi natija-
sida hosil bo‘layotgan, rivojlanayotgan
tish kurtagidagi buzilishlar natijasida
hosil bo‘ladi.
Tetratsiklin bilan bolalarni davo-
lash ham emalda gipoplaziya bo‘lishi-
ga sabab bo‘lishi mumkin. Emal
dentinni hosil bo‘lish vaqtida kalsiy, kaliy, fosfor, magniy kabi mineral
tuzlar almashinuvining buzilishiga olib keladi.
Ichki sekretsiya (endokrin) bezlarining funksiyasini buzilishi ham
emalda nuqsonlar bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Turli vitaminlarning
yetishmasligi, raxit kabi kasalliklarda ham emal gipoplaziyasi bo‘ladi.
Qizamiq, chechak, bo‘g‘ma, skarlatina kabi turli xil kasalliklar ham
sabab bo‘lishi mumkin.
Zaxm kasalligi bor ayoldan tug‘ilgan bolalarda, markaziy yuqori kurak
tishlari kichik, pona shaklida bo‘lib chiqadi, buni Furne tishi deyiladi.
Bu tishning kesuv yuzasi yarim oy shaklida parcha bo‘lsa — Getchinson
tishi deyiladi.
Getchinson tishi, surunkali otit, keratit-bu uning tug‘ma zaxm kasal-
ligiga xos belgidir.
Gipoplaziyaning klinik shakllari:
1. Bo‘r kabi oq yaltiroq dog‘, ba’zan sarg‘ishroq xili ko‘pincha oldingi
tishlarning lab yuzasida bo‘lib, emal qattiqligi yo‘qoladi. Tish kariyesidagi
oq dog‘ yumshoq va bitta egatchada bo‘lishi bilan farqlanadi. Kariyesdagi
oq dog‘ tish chiqqandan so‘ng bo‘ladi, kattalashib, chuqurlashib boradi,
gipoplaziyada dog‘lar oylab yillab o‘zgarmay turaveradi.
2. Chuqurchasimon shakli bitta yoki bir nechta bo‘lishi, yumaloq
yoki tuxumsimon shaklda bo‘lishi mumkin, buni eroziyali shakli ham
deyiladi.
 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling