Rivojlantirish instituti


Vinoksol — sinkoksidgvayakol sementi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Vinoksol — sinkoksidgvayakol sementi 40 g poroshok va 10 g qizg‘ish
tusdagi suyuqlikdan iborat komplektdir. Poroshogining asosini sink oksidi
tashkil qiladi. Suyuqligi plastmassali tomchigichga joylashtirilgan
polistirolni gvayakoldagi eritmasidir. Plomba shisha plastinkada metall
shpatel yordamida aralashtirilib tayyorlanadi. Qo‘yilgan plomba tish
qattiq to‘qimasiga yaxshi yopishadi, hamda ancha pishiq va antiseptik
xususiyatiga ega. Vinoksol sut tishlardagi karioz bo‘shliqni olti oy mud-
datga berkitish uchun qo‘llaniladi. Vinoksolni plastmassa va kompozitli
plomba uchun taglik sifatida qo‘llab bo‘lmaydi.
Sinkoksidevgenol sementi — sink oksidini evgenol yoki qalampir
moyiga aralashtirib tayyorlanadi. Tarkibidagi moddalar plombaga biroz
og‘riq qoldirish va antiseptik xususiyat beradi. Plomba 10-12 soatda
qotadi. Sinkoksidevgenol sementni plastmassali plombaga taglik sifatida


3 9
ishlatib bo‘lmaydi, chunki evgenol yuz qotuvchi plastmassaning poli-
merizasiya reaksiyasini buzadi.
Vaqtinchalik plombalarni tish kovagidan ekskavator, zond asboblari,
yoki bor yordamida olib tashlash mumkin.
Vaqtinchalik plombalar uchun umumiy bo‘lgan yaxshi sifatlar:
— yengil antiseptik xususiyatga egaligi;
— pulpani shikastlamasligi va zaxarlamasligi;
— issiqlik o‘tkazmasligi;
— yumshoq, plastikligi;
— tish bo‘shlig‘iga engil kiritish va chiqarib olish mumkinligi;
— tish to‘qimasiga yaxshi yopishqoqligidadir.
Kamchiliklari:
— kosmetik jihatdan mos kelmasligi;
— kimyoviy beqarorligi;
— mexanik pishiq emasligidadir.


4 0

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling