Rivojlantirish strategiyasi


Qadriyatlarning jamiyat rivojiga ijobiy ta’siri


Download 228.95 Kb.
bet14/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

3. Qadriyatlarning jamiyat rivojiga ijobiy ta’siri

Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimiz. Ularni avaylab asrash va muhofaza qilish - barchamizning burchimizdir.


Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash millatning o‘ziga hurmat bilan qarashning asosiy bo‘g‘inidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy ma’naviy boyliklar bilan ko‘shilib taraqqiyotimizni tezlashtiradi, g‘oyaviy va ma’naviy poklanishni ta’minlashga ko‘maklashadi.
Shuning uchun ham qadriyatlarni avaylab asrash, ularni qo‘riqlash, yuksaltirish alohida inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatning eng oliy mahsuli va qadriyati bo‘lmish insonning qadriyatlarga munosabati hech qachon bir tekis bo‘lgan emas. Bir tomondan inson qadriyatlar bunyodkori sifatida qanchadan qancha moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yuzaga keltirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan u mavjud qadriyatlarga yovuzlarcha munosabatda bo‘lib, uni talon-taroj ham qilib kelgan. Buni biz insonning tabiiy, moddiy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatlarida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Tabiat-muqaddas dargoh insoniyatning beshigidir. Biz yashab, nafas olib turgan tabiat, uning tarkibiy qismi bo‘lmish-yerimiz hammaning butun insoniyatning umumiy uyi, umumiy maskanidir.
Shunday ekan, uni ko‘z qorachig‘idek saqlash, atrof muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik bashariyatning ishidir. Tabiatni muhofaza qilishning dolzarbligi ana shunda. Ana shu dolzarb muammoga birinchi darajali e’tibor berilmasa oqibati dahshatli bo‘lishi aniqdir.
Inson uchun tabiiy qadriyatlar bilan bir qatorda ijtimoiy-siyosiy, madaniy ma’naviy, axloqiy qadriyatlar ham katta ahamiyat kasb etadi. Bashariyat ko‘p ming yillik tarixi davomida erkin, baxtli va go‘zal hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan xilma-xil qadriyatlarni yaratdi, inson, uning huquqi va erkinliklarini himoya qiladigan qonunlar, siyosiy tashkilotlarni bunyod etdi. Insonning go‘zal yashashi uchun zarur bo‘lgan badiiy estetik qadriyatlarni rivojlantirdi, kishilarning bir-biriga va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini belgilab beradigan axloqiy qoidalar majmuasini joriy etdi va hokazo.
Mazkur ijtimoiy siyosiy, madaniy ma’naviy va ahloqiy qadriyatlar jamiyat taraqqiyotida salmoqli o‘rin egallab, kishilarning insoniy fazilatlarini yuksaltirishda katta xizmat qilib kelgan va hozir ham xizmat qilib kelmoqda.
Lekin, shu bilan bir qatorda, inson o‘zi yaratgan ijtimoiy siyosiy, madaniy ma’naviy, ahloqiy qadriyatlarni ko‘p hollarda poymol qilib kelayotganligini ham tan olishimiz kerak. Qonun buzarlik, ahloqsizlik millatimizning urf-odat va an’analariga zid keluvchi hatti-harakatlarning aholi, ayniqsa, yoshlar ichida avj olib ketayotgani bunga misol bo‘la oladi. Bularning oldini olish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida ko‘ndalang turgan dolzarb vazifadir.
Kishilarni qadriyatlarga iste’molchi yoki kuzatuvchi sifatida qarash kayfiyatidan holi etib, aksincha ularni yanada ko‘paytirish, yuksaltirish payida bo‘lishlariga kirishishga alohida e’tibor berish kerak. Ma’lumki, hayotda hech bir narsa abadiy emas. Bu qadriyatlarga ham ta’lluqlidir. Shunday ekan, ularni doimo boyitib, rivojlantirib, ko‘paytirib, yangilab turmog‘imiz darkor.
Qadriyatlar katta ijtimoiy siyosiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular o‘tmish bilan hozirgi kun o‘rtasidagi vorisilikni ifodalaydi, shu tufayli millatning tarixi, uning o‘tmish hayoti, madaniyati gavdalanadi.
Shuning uchun ham har bir siyosiy tuzum, har bir davlat qadriyatlardan o‘z maqsadi, manfaati yo‘lida foydalanib kelgan va hozir ham shunday bo‘lmoqda.
Qadriyatlar o‘z-o‘zidan bevosita insonning ma’naviy qiyofasi, turmush tarzi, umuman jamiyat taraqqiyotini belgilay olmaydi. Qadriyatlarning ahvoli, ahamiyati, insonga ko‘rsatadigan ta’siri, uning istiqboli bilan uzviy bog‘langandir.
Buni biz o‘zbek xalqi milliy qadriyatlarining o‘tmishdagi va hozirgi holatida ko‘rishimiz mumkin.



Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling