Rivojlantirish strategiyasi
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.Buyuk mutafakkirlarning merosi.
- 8.San’at va adabiyot durdonalari
- Milliy g‘oya va mafkuraning falsafiy asoslari
6. Xalq og‘zaki ijodi. Xalq og‘zaki ijodi deb afsonaviy qahramonlar timsolida xalqning ezgulikka intiluvchi qahramonona kurash g‘oyalaringi o‘zida mujassamlashtirgnan holda tarannum etuvchi og‘zaki tarzda asrlar osha tildan-tilga, dildan-dilga o‘tib, xalq tomonidan kuylanib kelayotgan qo‘shiq, doston va eposlar turkumiga aytiladi.
Shu ma’noda, xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi bo‘lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir. Agar xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo‘lsa, “Alpomish” shu dostonning shoh bayti, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-momot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, oliyjanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan. 7.Buyuk mutafakkirlarning merosi. Bunga o‘zbek xalqining buyuk allomalari tomonidan dunyo ilm-faniga qo‘shgan bebaho hissalarini kiritish umkin. Masalan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy-birinchilar qatorida o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini yaratib, algebra faniga, Ahmad Farg‘oniya esa asosiy astronomik asbob-usturlab nazariyasini ishlab chiqdi hamda fazoviy trigonometriya faniga asos soldi. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Habib Abdullaev, Obid Sodiqov, Sa’di Sirojiddinov kabi yuzlab olimlar tomonidan kashf qilingan-algebra, algoritm, yulduzlar jadvali, geodeziya, ehtimollar nazariyasi, er osti boyliklarгini topish usuli, alkoidlar nazariyasi va boshqalar buning isboti bo‘lib hisoblanadi. 8.San’at va adabiyot durdonalari. O‘zbek xalqining san’at va adabiyotining o‘ziga xos jihatlari bor. Bunga Alisher Navoiyning “Xamsa” she’riy asari, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani, musiqiy merosimizning betakror musiqiy durdonasi bo‘lgan “Shashmaqom”ni kirtish mumkin. Milliy g‘oya va mafkuraning falsafiy asoslari deb har qanday g‘oya va mafkuraning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun ma’anviy asos bo‘lib, nazariy-metodologik vazifani o‘taydigan ilmiy falsafiy ta’limotga aytiladi. “Avesto”-“Hayot yo‘riqnomasi”, deb atalgan kitoblar to‘plami bo‘lib, xalqimizning miloddan oldingi davrdagi hayoti, dunyoqarashi, olam va odam to‘g‘risidagi tasavvur, urf-odat va ma’anaviy qadriyatlari, g‘oyalari, diniy qarashlari haqida ma’lumoti beruvchi asosiy tarixiy yozma manba hisoblanadi. “Avesto” kitobida: “Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amalni olqishlamayman. Fikr, so‘z va amal olamidan ezgu fikr, egu so‘z va egu amalni tanlayman. Men barcha yomon fikr, yomon so‘z va yomon amaldandan yuz buraman,” degan fikr asosiy g‘oya hisoblanadi.Undagi falsafiy ta’limotga binoan, olam nur va zulmat, hayot va o‘lim, tana va jon, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va tobe’lik singari hodisalarning azaliy va abadiy kurashidan iborat. Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" kitobi milliy g‘oya va mafkura fanining falsafiy manbai bo‘lib, kitobda insonlarning baxt-saodatga erishuvlari to‘g‘risidagi qarashlari ilgari surilgan: -har kim ilm-hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘lom, yaxshi axloq va odobli, so‘zining uddasidan chiqadigan, xiyonat, makr va xiyladan uzoq, bilimdon va notiq, ilmli va dono kishilarni hurmat qiladigan, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamaydigan, barcha real, moddiy narsalar to‘g‘risidagi bilimlarni egallaydigan; -aqlli, fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega bo‘lib, yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradigan, degan fikrlari asos bo‘lib xizmat qiladi6. Buyuk mutafakkir va ulug‘ shoir Alisher Navoiyning hayot yo‘li va qoldirgan ma’naviy merosning milliy g‘oya va mafkura fanining shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rnini ta’rif va tavsif qilish oson ish emas. Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling