Rivojlantirish strategiyasi
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Milliy g‘oya O‘zbekiston jamiyati rivojlanishining konseptual asosi
NAZORAT SAVOLLARI:
1.Milliy g‘oyani o‘rganishining bugungi kundagi ob‘yektiv zarurati deganda nimani tushunasiz? 2.G‘oya, mafkura va strategiya tushunchalariga izoh bering. 3.“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanning predmeti, maqsadi va asosiy vazifalari to‘g‘risida gapirib bering. 2- mavzu. MILLIY G‘OYANING NAZARIY KONSEPTUAL ASOSLARI Reja:
1.Milliy g‘oya O‘zbekiston jamiyati rivojlanishining konseptual asosi
Ob‘yektiv olamning avjudlik shakllarini o‘rganuvchi barcha tabiatshunoslik va gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy barcha tabiatshunoslik va gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar o‘zining nazariy konseptual asoslariga egadir. Bundan “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani ham bundan mustasno emas. Milliy g‘oyaning nazariy konseptual* asoslari deb O‘zbekiston jamiyatini rivojlantirishni ma’naviy-mafkuraviy jihatdan ta’minlashga qaratilgan ilmiy qarashlar, teran fikrlardan tashkil topgan, qat’iy tartibga solingan ilmiy-amaliy yo‘nalishlar tizimiga aytiladi. Darhaqiqat, mafkuralar insoniyat ibtidosida mifologik-diniy qarashlar sifatida shakllana boshlagan. Kishilarning bir-birlariga munosabatlarining asoslarini belgilovchimuayyan qarashlar, g‘oyalar, aqidalar, qoidalar va talablar zamirida muayyan ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan, ularga rioya qilish qat’iy nazorat qilingan. Mehnat sohalarining kengayishi ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi natijasida jamiyatda tabaqalanish sodir bo‘lgan, bu jarayon bilan uzviy bog‘liq tarzda turli-tuman diniy, dunyoviy, etnik, huquqiy va boshqa g‘oya va mafkura shakllari yuzaga kela boshlagan. Shu bois g‘oya va mafkuralar g‘oyat ko‘p va turli-tumandir. Insoniyat ibtidosidan to hozirgi kunga qadar son-sanoqsiz g‘oya va mafkuralar shakllangan, tarqalgan, ularning ayrimlari bugungi kunda ham yashab kelmoqda, ayrimlari esa kishilarning xotiralaridan o‘chib ketgan. Bu jarayon hozirgi davrda ham davom etmoqda va insoniyat mavjud ekan, davom etaveradi. Xususan, ilk davrlarda g‘oya va mafkuralar ezgu va yovuz, ilohiy va dunyoviy turkumlarga ajratilgan. G‘oya va mafkura xususidagi keyingi yillarda chop etilgan adabiyotlarda g‘oyalarning mazmun va namoyon bo‘lish shakllari tamoyili asosida ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga turkumlashtirilgan. Albatta, g‘oyalarni shakliy, mazmuniy, sotsial-etnik, ko‘lamiy va boshqa tamoyillar asosida quyidagicha turkumlashtirish mumkin: -fan g‘oyalari (tabiiy-ilmiy yoki ijtimoiy-gumanitar, haqiqiy yoki yanglish, nisbiy yoki mutlaq va hokazo); -diniy g‘oyalar; -falsafiy g‘oyalar; -badiiy-nafosat g‘oyalari (go‘zallik yoki xunuklik, ulug‘vorlik yoki tubanlik, badiiy-nafosat g‘oyalari (go‘zallik yoki xunuklik, ulug‘vorlik yoki tubanlik, fojieaviylik yoki komediyaviylik kabi); -axloqiy g‘oyalar (ezgulik yoki yovuzlik, yaxshilik yoki yomonlik kabi); -huquqiy g‘oyalar (haqlik yoki nohaqlik, tenglik yoki tengsizlik kabi); -sotsial-siyosiy g‘oyalar (guruhiy, tabaqaviy, sinfiy, partiyaviy, milliy); -mahalliy, mintaqaviy, umumbashariy va boshqa g‘oyalar. ______________________________________________ *Konsepsiya lotincha “conception”-“ to‘plash, birlashtirish, tizim, ibora” degan so‘zlardan olingan bo‘lib, qarashlar tizmi; ikkinchidan mavjud reallik haqidagi qarashlar, fikrlar yo‘nalishi tizimi, fikr yuritish, dunyoni tushunish, anglash usuli”- degan ma’nolarni anglatadi //O‘zbek tilining izohli lug‘ati.-T.:O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 405-bet Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling