Rivojlantirish strategiyasi


Milliy g‘oya va mafkura fanining tarixiy ildizlariga quyidagilar kiradi


Download 228.95 Kb.
bet9/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

Milliy g‘oya va mafkura fanining tarixiy ildizlariga quyidagilar kiradi:
1.Eng qadimgi odamning paydo bo‘lganligi va yashaganligi. O‘zbekiston hududida, anivrog‘i Farg‘ona vodiysining So‘x tumanidagi Seleng‘ur g‘oridan bundan 1-1,5 million yil oldin yashagan odamzot ajdodlarining suyak qoldiqlari topilgan. Unga olimlar “Fag‘ona odami,” “Fergantrop” deb nom berishgan. Bu tarixiy ashyo o‘zbeklarning juda qadimiy xalq ekanligidan dalolat beradi.
2.Madaniyat va ma’naviyat ildizining qadimiyligi. O‘zbekiston hududida milioddan avvalgi 100-40-ming yilliklarda yasalgan mehnat qurollari, Surxandaryo viloyatidagi Zarautsoy qoya toshlariga chizilgan rasmlarning topilganligi o‘zbeklarning qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan darak beradi.
3. Milliy davlatchilik an’analari. Mamlakatimiz hududida miloddan avvalgi VII-VI-asrlarda ilk davlatlar tashkil topadi.
Demak, o‘zbeklar bundan 2700-3000-yil oldin ilk davlat qurgan xalqlardan biri sanaladi.
4. Haqqoniy yozilgan tarix. Tarix haqqoniy yozilmasa, u xalqni ma’naviy jihatdan qashshoq qilib, oxir-oqibatdа o‘zligidan ayiradi.
Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy ildizlarini anglab bo‘lmasligini, zero mafkuraning falsafiy asoslari o‘z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug‘ilgandir.
Tarixiy irodasi bor inson irodali insondir.
Kim bo‘lishidan qat’iy nazar jamiyatning har bir a’zosi o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, rodasini mustahkamlaydi.
Xulosa, qilib shuni aytish mumkinki, o‘zbek xalqi tarixiy xotirasi bor xalq, tarix saboqlarini unutmaydigan xalq. O‘z erki uchun kurashib kelgan xalq.
5. Yozma manbalar. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan ortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan qo‘llyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, tibbiyot, matematika, tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikga oid o‘n minglab asarlar ma’anviy boyligimizdir.
Shunday yozma manbalardan biri “Avesto”dir. Uning yaratilganligiga 2700- yil bo‘ldi. Bu kitob o‘lkamizda juda qadim zamonlarda buyuk davlat, ma’naviyat, madaniyat bo‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjat hisoblanadi.

Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling