Rivojlantirish strategiyasi


Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bo‘lishining


Download 228.95 Kb.
bet7/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

2.Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bo‘lishining
asosiy bosqichlari

G‘oyalarni ularning inson va jamiyatga ta’sir qilish xususiyatlari tamoyiliga ko‘ra, ularning namoyon bo‘lish shakllari ikki turkumga - bunyodkor va vayronkor g‘oyalarga ajratiladi.


Xususan, taraqqiyotga xizmat qiluvchi, jamiyat va insonni ezgulikka undovchi g‘oyalar sifatida ozodlik va mustaqillik, tinchlik va adolat, tenglik va hamkorlik, do‘stlik va birdamlik, hurfikrlilik va ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik va xalqparvarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari qayd etiladi.
Jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab bo‘luvchi, g‘ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiluvchi vayronkor g‘oyalar sifatida esa - mustabidlik va bosqinchilik, terrorchilik va aqidaparastlik, jaholatparastlik va irqchilik, millatchilik va mahalliychilik, vatansizlik va yovuzlik g‘oyalari sanab o‘tiladi.
Insoniyat ibtidosi, binobarin, g‘oya va mafkuralar ibtidosi ham, Qadimgi Sharqdan boshlanadi. “Sharq” va “G‘arb” atаmalari odatda jug‘rofiy atamalar sifatida idrok etilsa-da, aslida ikki xil madaniy-ma’naviy an’analarni ham ifodalaydi.
Qadimgi yunonlar Osiyo qit’asining g‘arbiy yarim orolini o‘zlarining afsonaviy qahramoni nomi bilan yevropa deb ataganlarida ana shu madaniy-ma’naviy o‘ziga xoslik omiliga asoslangan edilar.
Qadimgi Sharq bu Qadimgi Turon, Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoy mamalakatlaridir. Qadimgi Sharq tarixida, binobarin, umuman insoniyat tarixida, qadimgi Turon shunday bir muhim o‘rin tutadiki, iqtidorli tarixchi tadqiqotchilarning e’tirof etishicha, uning moddiyva ma’naviy madaniyatini o‘rganmasdan turib, uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini jiddiy tadqiq qilmasdan turib, insoniyatning madaniy-ma’naviy tarixi haqida haqqoniy tasavvurlarga ega bo‘lish va uning taraqqiyot qonunlarini to‘g‘ri aniqlash mumkin emas.
O‘zining insoniyatga bevosita yoki bilvosita ta’siri borasida dunyodagi biron-bir e’tiqod zardo‘shtiylikka tenglasha olmaydi. Zardo‘shtiylik g‘oyalari iudaizm, buddizm, xristianlik, islom dinlari tomonidan, qator diniy yo‘nalishlar va falsafiy maktablar tomonidan o‘zlashtirilgan. Zardo‘sht tomonidan targ‘ib qilingan ko‘pgina g‘oya va ta’limotlar hozirgi kunda ham jahon xalqlari tomonidan mamnuniyat va xayrihohlik bilan e’tirof etib kelinadi.
Zardushtiylik tarixini o‘rganish-insoniyatning minglab yillar davomidagi ma’naviy-axloqiy taraqqiyoti tarixini, g‘oya va mafkuralar tarixini o‘rganish demakdir. Ezgu g‘oyalar majmuasi sifatida zardo‘shtiylik mafkurasi umumiy tartib-intizomni mustahkamlashga, tashqi ta’sirlarga nisbatan yaxlitlik va mustaqillikni saqlashga, umumiy his-tuyg‘u va birlikni tarbiyalashga xizmat qilgan.
Zardushtiylik qomusiy e’tiqod bo‘lgan, Zardusht o‘z hayot yo‘li bilan, maqsad va intilishlari bilan insoniyatni ezgulikka, adolatga, haqiqatga undaydi.
Milliy g‘oyaning asosiy tayanch nuqtasi hisoblangan milliy o‘zlikni anglashni, tarixiy xotiramizni islom dinisiz tasavvur qilish qiyin.



Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling