Rivojlantirish strategiyasi


Milliy g‘oyani o‘rganishining ob‘yektiv zarurati, g‘oya, mafkura va strategiya tushunchalari


Download 228.95 Kb.
bet2/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

1.Milliy g‘oyani o‘rganishining ob‘yektiv zarurati, g‘oya, mafkura va strategiya tushunchalari

Mustaqillik tufayli O‘zbekiston xalqi o‘zini milliy-ma’naviy yangilanishda milliy istiqlol g‘oyasiga tayanishga alohida e’tibor berdi. Sobiq sho‘rolar davrida amal qilinib kelingan, xalqimizning milliy-ma’naviy ruhiyatiga tamomila zid bo‘lgan “kommunistik g‘oya” dan voz kechildi.


Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi ob’­yektiv zaruriyati:

  • yetmish yildan ortiqroq tarixiy davr mobaynida hukmronlik qilgan SSSR

davlatining unda yashayotgan elat, millat va xalqlarning ehtiyoj va manfaatlariga javob berolmasdan inqirozga uchrashi oqibatida parchalanib ketishi;

  • parchalangan “qizil imperiya ”o‘rnida o‘n beshta mustaqil davlatning paydo bo‘lishi va ularning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashlari;

  • mustaqil O‘zbekiston davlatining paydo bo‘lishi va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va unga a’zo bo‘lgan davlatlar tomonidan xalqaro hamjamiyatning mustaqil sub‘yekti sifatida tan olinishi;

  • sobiq SSSR dan qolgan yakka mulk hukmronligiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o‘rniga, teng huquqli xilma-xil mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti munosabatlarining o‘rnatilishi va boshqalar.



Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi
sub‘yektiv sabablar:



  • sobiq SSSR davrida yakka hukmron bo‘lgan kommunistik mafku­raning barcha xalqlarning hayotiga zo‘rlab singdirilganligi tufayli tezlikda inqirozga uchrashi jarayonining keskinlashuvi;

  • azaldan o‘zbek xalqining turmush va tafakkur tarziga yetti yot begona bo‘lgan kommunistik mafkuraning mavjud hayot sinovlariga bardosh berolmasdan tanazzulga yuz tutishi, shu tariqa uning yakka hukmronlik mavqeidan chetlatilib xalqimiz hayotidan surib chiqarilishi;

  • jamiyatni boshqarishda rahomalikni qo‘lga olib o‘zining ldiktaturasini o‘rnatgan kommunistik partiya faoliyatining to‘xtatilishi va tarqatib yuborilishi;

  • kommunistik partiyaga xizmat qiluvchi barcha tashkilot va muassassalar faoliyatining to‘xtatilishi va tugatilishi;

  • kommunistik mafkurani keng xalq ommasiga targ‘ibot va tashviqot qiluvchi ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga chek qo‘yilishi va boshqalar.




Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling