Rivojlantirish strategiyasi
“Milliy g‘oya. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
3.“Milliy g‘oya. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi”fanning asosiy tushunchalari va taymoyillari
Milliy g‘oya muayyan tushunchalarga asoslanadi. Ular turli xil bo‘lib, jamiyatda shakllangan va mavjud bo‘lgan fikrlar xilma-xilligi bilan kishilarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlari asosida amaliy hatti-harakati orqali namoyon bo‘ladi. “G‘oya”, “g‘oyaviy tamoyillar”, “g‘oyaviy tarbiya”, “mafkura”, “mafkuraviy tizim”, “mafkuraviy poligon”, “mafkuraviy immunitet” va boshqalar ana shu fan o‘rganadigan tushuncha va kategoriya (tushunchalar, atamalar)lar sirasiga kiradi. Milliy g‘oyaning tamoyillari mavjud va ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular o‘z navbatida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi talablariga mos kelishi bilan uzviy bog‘liq. Aniqroq aytganda: a) milliy g‘oya insonparvarlik, inson qadr-qimmati, sha’ni va or-nomusi, haq-huquqlari hamda manfaatlarini ustuvorligi tamoyiliga tayanadi. Unda insonning hayoti oliy qadriyatdir. b) milliy qadriyatlarga sodiqlik-milliy g‘oyaning tayanch negizlaridan biridir. Bu tamoyil O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yetkazish uchun to‘la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. O‘tmishdan qolgan buyuk madaniy boyliklarimiz, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni ijodiy jihatdan o‘rganish -bu tamoyilning asosiy jihatidir. Milliy g‘oyani insonlar ongiga singdirishda O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish lozim, ular: Aholining milliy-turmush va tafakkur tarzi, xalq an’analari va urf-odatlari, (jamoa turmush tarzi) oilaning o‘rni, Vatanga cadoqat, islom diniga e’tiqod, ma’naviy qadriyatlar. Respublikamizdagi o‘ziga xos demografik vaziyat. Aholi milliy tarkibining o‘ziga xosligidir (etnik tarkibida tub aholi ustun mavqeni egallaydi va bir yuz qiriqdan ortiq millat vakillari yashaydi). Keyingi o‘n yillar mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo‘lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanganligi (ta’limga intilish, boshqa tomondan tayyorgarlik ruhiyati yuzaga kelgani kuzatiladi). Oila-jamiyatning negizi. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o‘zining ko‘p asrlik tayanchlariga ega. Oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab - ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lar va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Milliy g‘oyaning ahamiyati katta. Milliy g‘oyani faqat shu fanni o‘rganish asosidagina egallash mumkin deb qarash noto‘g‘ri. Aksincha milliy g‘oya bilan barcha fanlar, xususan, falsafa, iqtisod, ijtimoiy-siyosiy fanlar uzviy bog‘liq. Milliy g‘oya O‘zbekistonda ozod Vatan, erkin va farovon hayot yaratishga qaratilgan umummilliy hodisa sifatida quyidagi bir qator o‘ziga xos amal qiladigan tamoyillariga ega: mamlakatning mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilish; davlatimizning hududiy yaxlitligi va sarhadlari daxlsizligini ta’minlashga yordam berish; qonun ustuvorligini ta’minlash; demokratiya va o‘z-o‘zini boshqarishning hayotda mustahkam o‘rin egallashiga asoslanish; milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga tayanish; xalqaro huquq qoidalariga mos kelishi; iqtisodiyotni liberallashtirish (erkinlashtirish) va xilma-xil mulkchilikning erkin shakllanishini ta’minlash; mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlanganligiga tayanish; vijdon erkinligi va fikrlar rang-barangligi muhitini shakllantirish. Mazkur tamoyillarning barchasi bir-biri bilan chambarchas aloqada va bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, ularning respublikamizda yashovchi barcha millat va elat vakillarining umumiy manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu-ideallarini, oliyjanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etishi bilan belgilanadi. Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling