Rivojlantirish strategiyasi
”Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
3.”Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat
bilan kurashish” tamoyili Ma’naviy boylik odamga katta kuch va madad beradi. Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahlil etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilgan: “Dushmanlardan qo‘rqmanari borsa, ular seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq-ular seni o‘ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliqlar sodir bo‘laveradi”. Ayniqsa, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarni o‘z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlargaqarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoiy va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin. Bu borada ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va qo‘llanmalarni tayyorlash bugungi kunda muhim vazifamizga aylanib borayotganini chuqur tushunib olishimiz zarur. Xalqimizni turli g‘oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘zida chuquк aks ettiradigan sog‘lom, insonparvar g‘oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. Darhaqiqat shunday tahdidlardan biri korrupsiyadir. BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasida korrupsiyaga eng qisqa, lekin keng qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: “Korrupsiya-bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”. Bugungi kunda kriminalist olimlar o‘rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, xo‘jalik huquqi sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot vositalarida “korrupsiya” iborasi turli ma’nolarda qo‘llanilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo‘lib, jinoyatchilikning o‘ta salbiy ko‘rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi. Demokratiya va bozor munosabatlariga o‘tish davrida korrupsiya va jinoyatchilik ko‘payib boradi, uzoq davom etgan totalitar tuzumdan keyin shakllanadigan, har bir shaxsning o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi mumkin bo‘lgan demokratiya sharoitida erkin harakat qilish huquqidan mansabdor shaxslar o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga qaratilganligi oqibatida yuzaga kelishi va rivojlanishini ta’kidlash joiz. O‘z mamlakati va millati obro‘- e’tiborini qadrlaydigan har bir inson o‘zining halol mehnat qilishi, yashashi zarurligi, korrupsiya va jinoyatchilik faqat mamlakat taqdiriga tahdid soluvchi xavf bo‘ibgina qolmasdan har bir shaxsning hayoti va kelajagi uchun xatarli ekanligini anglamoq zarur. Xulosa shundan iboratki, xalqaro xavfsizlik ham, alohida olingan mamlakatlarning tinchligi ham tahdidlarga bardosh jamiyat yaratishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Mustaqilliqni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni asrashga alohida e’tibor berish har birimiz uchun dolzarb masala ekanini anglab olish lozim. Mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza shakllantirildi. Respublikamizda BMT homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995-yil), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996-yil), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997-yil), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000-yil) va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini o‘tamoqda. Hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko‘tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug‘dirishi barchaga ma’lum. Barcha mamlakatlar korrupsiya illatini tag-tomiri bilan qo‘porib tashlashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilayotgan bo‘lsa-da, unga qarshi kurash har bir davlatning o‘zida olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Zero, yuqoridagi Konvensiya milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilab beradi. Davlat organlarida ham tashkiliy jihatdan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respubdikasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”9 O‘zbekiston Respubdikasining qonuni 2017-yil 03-yanvarda qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Zero, huquqiy-demokratik, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida korrupsiya, jinoyatchilik, odam savdosi singari global illatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olishda faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki davlat tashkilotlariga tayanib qolmasligimiz, balki ular bilan hamkorlikda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy horalari bo‘lmish huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirishni, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonun va huquqqa bo‘lgan ijobiy munosabatga yetishish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Korrupsiyaga qarshi kurash O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ma’muriy-huquqiy islohotlarning muhim ahamiyatga ega yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili negizida rivojlanib bormoqda. Amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar davlat boshqaruvi idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan. Shuning uchun ham amaldagi barcha jamoatchilik nazorati mexanizmlari takomillashtirilib borilmoqda. Shunday qilib, jinoyatchilik, korrupsiya kabi illatlar bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Albatta ushbu tahdidlarga qarshi kurash masalalari birgina bizga taa’lluqli emas. Shuning uchun ham jinoyatchilik, korrupsiya kabi illatlar haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim. Shundagina har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor yaratiladi. Bundan tashqari, “korrupsiya” tushunchasini qonun yo‘li bilan mustahkamlash korrupsiyaga qarshi kurash olib boradigan turli sub‘yektlarning vakolatlari doirasi va faoliyatining miqyosini aniqlash, ularning kuch-g‘ayratini to‘g‘ri muvofiqlashtirish va zarur o‘zanga solish imkonini beradi. Ko‘pincha korrupsiyaga qarshi kurash niqobi ostida hokimiyat bilan bog‘lanmagan oddiy jinoyatni aniqlash yashirinib yotadi. Holbuki, aynan hokimiyat bilan bog‘liqlik belgisi korrupsiya to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradigan asosiy belgi hisoblanadi. Aniqlangan va barham berilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar miqdori haqidagi statistik ma’lumotlardagi farqlar shu bilan belgilanadi. Demak, korrupsiya jinoyatlarining oldini olish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling