Rivojlantirish strategiyasi
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-mavzu. O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISHNING
- 1.O‘zbekistonni yanadarivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun mohiyati
- 2.O‘zbekiston
NAZORAT SAVOLLARI:
1.Demokratiya va milliy g‘oyaning bir-biriga ta’siri qanday? 2.Demokratik tamoyillarning milliy g‘oya tamoyillari bilan o‘zaro bog‘liqligi deganda nimani tushunasiz? 3.Demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari haqida gapirib bering. 6-mavzu. O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISHNING HARAKATLAR STRATEGIYASI - MILLIY TARAQQIYOT ASOSI Reja: 1.O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun mohiyati 2.O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari 3.O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining milliy va umuminsoniy negizlarga asoslanishi. “Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari” 1.O‘zbekistonni yanadarivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun mohiyati O‘zbek xalqi mustaqillik yillarida tinimsiz mehnat qilib mamlakatmizning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy mustaqilligini mustahkamlash va rivojlantirish borasida olamshumul yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Biroq, o‘zbek xalqining mehnat sevarligi hamda jahonda yuz berayotgan turli xil jarayonlar erishgan yutuqlarimizdan esankirab qolish huquqini hech kimga bermaydi. Balki, aksincha, erishgan marralarni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni muntazam ravishda tahlil qilish, yaqin va uzoq kelajakda qilinadigan ishlarni puxta o‘ylangan rejalar asosida olib borishni talab qiladi. Bunday holatlarning ob‘yektiv va sub‘yektiv sabablari quyidagilarni: -odamlarning o‘z kasbi va qiziqishiga mos keluvchi ish joylarining yetarlicha yaratilmaganligi; -odamlarning yaxshi yashashlari uchun madaniy-maishiy shart-sharoitlarning to‘liq qoniqarli darajada yaratilmaganligi; -insonlar salomatligini saqlash uchun yetarli shart-sharoitlar; shifokor mutaxassislarning yetishmasligi; -har bir insonning tabiiy yashash va shaxsiy huquq va burchlarni og‘ishmay bajarishi,ayniqsa adolat mezonlari ataylab buzish holatlarning mavjudligi; O‘zbekiston rivojlanishining Harakatlar strategiyasi 2017-2021-yillarda Vatanimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamalakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish yuzasidan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 07-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tasdiqlandi. 2.O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari Har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari bo‘ladi. Tabiiyki, bularning barchasini shakllantirish va rivojlantirishga, ularga alohida ma’no-mazmun bag‘ishlashga, bu davrda davlat, jamiyat hayoti, ijtimoiy siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo‘nalishlarini belgilab beradigan ulkan tarixiy voqealar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida12”gi 2017-yil 07-fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq uni hayotga joriy etish bo‘yicha qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlandi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. 2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari - hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tadbiq etilishiga qaratildi. Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan 2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan 3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan 4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan 5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan. Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling