Rivojlantirish strategiyasi


Download 228.95 Kb.
bet19/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

Birinchidan, korrupsiyaning barcha turlariga barham berish uchun o‘z jinoyat qonunchiligining muvofiqligini, shu jumladan, jinoyat-huquqiy va protsessual normalarni tegishli ravishda qayta ko‘rib chiqish;
Ikkinchidan, korrupsiya hamda hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilishning oldini olish ma’muriy mexanizmlari va tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Uchinchidan, korrupsiya domiga ilingan shaxslarni aniqlash, tergov qilish va hukm etishning maxsus tamoyillarini belgilash;
To‘rtinchidan, korrupsiya natijasida qo‘lga kiritilgan mablag‘lar va mol-mulkni musodara qilish uchun huquqiy qoidalarni ishlab chiqish;
Beshinchidan, korrupsiyaga daxldor korxonalarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash;
Oltinchidan, “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetish;
Yettinchidan, korrupsiyaga qarshi kurash olib boruvchi organlar faoliyatini takomillashtirish;
Sakkizinchidan, korrupsiyani vujudga keltirayotgan aniq sabab va shart-sharoitlarni aniqlash.
Yana shuni alohida qayd etish joizki, korrupsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar bilan erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.
Ayni vaqtda, bu maqsadlarga huquqning boshqa tarmoqlari vositasida erishish mumkin emas. Umuman olganda, korrupsiya hodisasiga keng ma’noda yondashadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holatidir.
Shunday ekan, o‘ylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va umuman, barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar.
NAZORAT SAVOLLARI:


1.G‘oyalarning xilma-xilligi deganda nimani tushunasiz?
2.Mafkuraning qanday turlari bor?
3.”Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan
kurashish” tamoyilining mohiyati haqida gapirib bering


5-mavzu. MILLIY G‘OYA – O‘ZBEKISTON DEMOKRATIK
TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI


Reja:
1.Demokratiya va milliy g‘oya
2.Demokratik tamoyillarning milliy g‘oya tamoyillari bilan o‘zaro bog‘liqligi
3.Demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari


1.Demokratiya va milliy g‘oya


Demokratiyani o‘rganish, hayotga tadbiq etish bugungi kunning asosiy masalasidir.
Xo‘sh, demokratiyaniig o‘zi iima? Uni amalga oshirishninig qanday usullari va belgilari mavjud?
Demokratiya-yunoncha “demos” - xalq, teng huquqli fuqarolar yig‘ini, “kratos”- kuch, hokimiyat, qudrat, boshqaruv ma’nolarini berib, bugungi kunda u xalq hokimiyati ma’nosini beradi. Yangi davrda demokratiya atamasi orqali erkinlik, fuqarolik, xalq suvereniteti, milliy suverenitet, milliy davlat g‘oyalari rivoj topmoqda.
Demokratiya tushunchasining real mazmuni u yoki bu davrda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga qarab turli tarixiy davrlarda o‘zgarib turdi.
Demokratiya o‘z tarixida xilma-xil shakl va mazmundagi uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Demokratiya har bir xalqning milliy ongini, xususiyatlarini, milliy ruhini, mentalitetini, tabiatini hisobga olgan holda uning siyosiy tizimida o‘z aksini topadi.
G‘arb mamlakatlarida vujudga kelgan demokratiya individlarning (shaxs) guruhdan (ko‘pchilikdan) ustunligi g‘oyasi mavjud. Bu mamlakatlarda individual erkinliklar va huquqlar masalasi dolzarbdir.
Demokratiyaning hamma davlatlar hayotigsha mos keladigan andozalari yo‘q, biroq uning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor.
Bularga: barcha fuqarolarning o‘z hohish-irodasini erkin bildirishi hamda amalga oshirishi; ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi; qonun oldida barcha fuqarolarning tenglishi; davlat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat organlarining saylnishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar kiradi. Ko‘rinib turibdiki, demokratiya jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi jaryondir.
Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi.
Ya’ni Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi.
Demak, demokratik jarayonlarning o‘ziga xos bo‘lgan bir qator xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularni olimlar demokratiyaning Sharqona va G‘arbcha usullari sifatida talqin qilishi asosida o‘rganadilar.
Dеmоkrаtiyaning zаmоnаviy mоdеllаri: ilmiy аdаbiyotlаrdа dеmоkrаtiyaning uch аsоsiy zаmоnаviy mоdеli mаvjud: libеrаl, idеntitаr, plyurаlistik.
Mumtоz libеrаl dеmоkrаtiya mоdеli: 2 muhim sоhаni: dаvlаt vа fuqаrоlik jаmiyatini bir-biridаn аjrаtаdi.
Bеlgilаri: 1) hоkimiyat mаnbаi bo‘lgаn xаlq qаtоrigа mulkdоr erkаklаrginа kiritilgаn.
2) individuаllik, shахsni hоkimiyatning birlаmchi vа bоsh mаnbаi, dеb bilishi ko‘zgа tаshlаnаdi.
Idеntitаr dеmоkrаtiya mоdеli: kоllеktivchilik dеmоkrаtiyasi hаm dеyishаdi. Bеlgisi: xаlq, millаt, sinf yaхlitligidаn kеlib chiqаdi. Umumilliy bеlgilаri: 1) xаlqni kоllеktivistik tаlqin etish, 2)xаlq ichidа qаrаmа-qаrshlik kuchlаrning yo‘qligi, 3) erkinlikni kоllеktivistik, dаvlаt vа jаmiyat ichidа fаоlligi, 4) tоtаlitаr tаbiаtigа egа, 5) dаvrning tаrkibi qismlаri tеngligi, 6) umumiy siyosiy sаfаrbаrlik, 7) siyosiy huquqlаrni yuridik jihаtdаn e’tirоf etish vа h.k.
Plyurаlistik dеmоkrаtiya mоdеli. G‘аrb dеmоkrаtiyasi libеrаl siyosiy tizimidаn o‘sib chiqqаn. Ulаrgа kоnstitutsiоnаlizm, hоkimiyatlаr bo‘linishi vа hоkаzоlаr kirаdi. Buni zаmоnаviy dеmоkrаtiya mоdеli hаm dеyilаdi.
Zаmоnаviy dеmоkrаtiya-хilmа-хil ijtimоiy guruhlаrgа o‘z mаnfааtlаrini bаyon etish rаqоbаtli kurаshdа ulаrning muvоzаnаtini аks ettiruvchi, murоsа-mаdоrаgа аsоslаngаn bоshqаruv shаklidir.
Bоshqа dеmоkrаtik kоnsеpsiyalаr hаm mаvjud.
Ulаr: rеprеzеntаtiv dеmоkrаtiya-xаlq оldidа mаs’ul, mаlаkаli vаkоlаtli bоshqаruv g‘оyasigа аsоslаngаn.
Dеmоkrаtiya vа shаrq. Shаrq dеmоkrаtiyasining o‘zigа хоsligi.
O‘zbеkistоn dеmоkrаtiyaning qаysi yo‘nаlishlаridаn bоrmоqdа?
Shаrqоnа dеmоkrаtik yo‘ldаn. Dеmоkrаtik jаmiyatni bаrpо etishning xalqaro tаmоyillаri, dunyo hаmjаmiyati e’tirоf etgаn qоidаlаri bоr. Bulаr: 1)fuqаrоning o‘z xоhish-irоdаsini erkin ifоdаlаsh huquqigа egаligi, 2)оzchilikning ko‘pchilikkа bo‘ysunishi, 3) bаrchа fuqаrоlаrning millаti, elаti, ijtimоiy kеlib chiqishi vа diniy e’tiqоdidаn qаt’iy nаzаr, tеng huquqligi, 4) dаvlаt vа jаmiyat bоshqаruvidа qоnun ustuvоrligi, 5) sаylоv vа sаylаnish huquqi vа bоshqаlаrdir.
Bulаr qаriyb bаrchа mаmlаkаtlаr Kоnstitutsiyalаridа bеlgilаb qo‘yilgаn tаrtib-qоidаlаrdir. Birоq dеmоkrаtiyani jоriy etishdа bulаrning o‘zi kifоya qilmаydi.
Fаqаt shuning o‘zi аhоli bаrchа ehtiyojlаrini, mа’nаviy-ruhiy оlаmini qаmrаb оlоlmаydi.
Chunki hаr bir xаlqning o‘z turmush vа tаfаkkur tаrzi, tаriхiy аn’аnаlаri, hаyotgа munоsаbаti vа bоshqа jihаtlаri bоr. Dеmоkrаtik jаrаyonlаrni chеtdаn nusха оlib ko‘r-ko‘rоnа ko‘chirish emаs, bаlki tаdrijiy o‘sishini tа’minlаsh. Bu dеgаni O‘zbеkistоn mustаqillikkа chiqqаnidаn kеyin bir qаtоr mаmlаkаtlаr, jumlаdаn, Turkiya, Gеrmаniya, Аngliya, Frаnsiya vа bоshqа mаmlаkаtlаrning dеmоkrаtik tаrаqqiyot yo‘llаri bilаn tаnishdi, ulаrdа biz uchun ibrаtli vа o‘rgаnishgа аrziydigаn jihаtlаri bоr. Hаr bir millаt o‘z milliy ruhiyatidаn kеlib chiqib bu mаsаlаgа yondаshishi zаrur. Оdаmlаrning tаfаkkuri vа ijtimоiy sаviyasi bilаn dеmоkrаtik o‘zgаrishlаr dаrаjаsi vа sur’аtlаri bir-birigа qаnchаlik mutаnоsib bo‘lishigа bоg‘liq. Tаriхiy tаjribаning ko‘rsаtishichа, dеmоkrаtik jаrаyonlаrni chеtdаn nusха оlib ko‘r-ko‘rоnа nusха ko‘chirish аslо sаmаrа bеrmаydi.
Mаmlаkаt tub аhоlisining (jаmоаtchilik) ruhiyatini hisоbgа оlish lоzim bo‘lаdi. Yoki hurriyatgа munоsаbаti hаm bоshqаlаrdаn аndоzа оlish, mаmlаkаt tub аhоlisi ruhiyatini hisоbgа оlmаslik rаhbаrni hаm, аhоlini hаm, butun mаmlаkаtni hаm bоshi bеrk ko‘chаgа kiritib qo‘yadi. G‘аrb dеmоkrаtiyasini Shаrq mаmlаkаtlаridа ko‘r-ko‘rоnа jоriy etish mumkin emаs.
Jаmiyatning mа’nаviy qiyofаsigа bоg‘liq, umumiy mаdаniy sаviyasi, siyosiy vа ijtimоiy fаоlligi, bеbаhо mulk bo‘lgаn оliy qаdriyatlаrigа bоg‘liq. Оdаtdа yakkа-yakkа shахslаrning ruhiy kеchinmаlаri, hаtti-harаktlаri vа fе’l-аtvоrlаridаn umumjаmiyat kаyfiyati, uning mа’nаviy qiyofаsi shаkllаnаdi. Umumxаlq mаnfааtlаrini hisоbgа оlish, ungа tаyansаginа qаdriyatgа аylаnаdi. Qаdriyatlаr esа - bеbаhо mulk, ulаrni xаlq yarаtаdi, xаlq bаhоlаydi, o‘zi аsrаb аvаylаydi. Dеmоkrаtiya хuddi аnа shundаy buyuk nе’mаt.


2.Demokratik tamoyillarning milliy g‘oya tamoyillari
bilan o‘zaro bog‘liqligi


Demokratiya Sharqda boshqacha mazmun kasb etadi. Sharqda individ erkinligi va huquqlarga tayanilsada, u ko‘proq guruh, jamoa manfaati va huquqlari bilan uyg‘unlashadi, ya’ni an’ana va zamonaviylikning o‘ziga xos uyg‘unligiga asoslanadi.
Shu yo‘ldan qator Sharq mamlakatlari bormoqda. Islom diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlarning ijobiy tajribalari mavjud.
Ma’lumki, qadimgi Turkistonda hukmdorlar, hatto Amir Temur buyuk siyosatchi sifatida xalqning (raiyat) fikrini bilish, tabaqalar bilan bamaslahat ish yuritish, murosayu-madora, muruvvat, bag‘rikenglik va sabr-toqat bilan davlatni idora qilgan.
Jamiyatni demokratlashtirishda har bir davlat va millatning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingandagina, uni amalga oshirish haqiqatga aylanadi.
G‘arb demokratiyasida insonning ichki ma’anviy olami asosiy o‘rinda turmaydi.
Sharqona demokratiya esa dunyoni, ijtimoiy hayotni o‘zgartirishni, takomillashtirishnii insondan, uning ma’naviy hayotni mukammalashtirishdan boshlaydi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham demokratiyaga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lidan bormoqda. Milliy an’analarni, milliy davlatchilikni rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Kengash, maslahat, murosa, sabr-toqatlilik, bag‘rikenglik mamlakatda ijtimoiy muammolarni hal etishning va demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qaror toptirishning zarur sharti hisoblanadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti Avraam Linkoln ta’kidlaganidek, demokratiya xalq orqali xalq uchun o‘rnatilgan xalq hokimiyatidir. Demokratiyaning mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Xalq hokimiyatchiligi” bobi, 7-moddasida10: “Xalq davlat hokimiyatnning birdan-bir manbaidir” – deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Xalq hokimiyatchiligiga bag‘ishlangan ushbu modda mazmuni Respublikamizda demokratik jamiyat qurishning huquqiy asoslarini mustahkamligidan dalolat beradi.
Jahon jamiyatshunosligi kashf etgan qonuniyatlarga ko‘ra, xalq o‘z qo‘lida to‘plagan hokimiyatni ikki usulda amalga oshiradi.
1.Bevosita demokratiya. Bunda xalqning hech qanday vakillarsiz, o‘z qo‘lida to‘plagan hokimiyatni o‘zi amalga oshirishi tushuniladi.
Ushbu usuldagi demokratiyaning huquqiy asosi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasida11 mustahkamlangan: “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi.
Asosiy qonun ushbu moddasining hayotiy ijrosi quyidagi shakllarda namoyon bo‘lmoqda. Davlat qabul qilayotgan qonun loyihalar, umumxalq muhokamasidan o‘tkazkilmoqda. Saylovchilar saylovlarda bevosita o‘zi ishtirok etadi. Resnublika Prezidenti vakillik organlarining eng quyidan eng yuqorigacha bo‘lgan bosqichlari deputatlarni saylovchilarning o‘zlari bevosita saylaydilar.
Shuningdek, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ya’ni mahalla qo‘mitalari faoliyatini ham bevosita demokratiyaning yaqqol misoli sifatida ko‘rsatish mumkin.
2.Demokratiyaning amalga oshirishning ikkinchi usuli vakillik demokratiyasi.
Bunda xalq o‘z hokimiyatini bilvosita amalga oshiradi. Ya’ni xalq o‘z qo‘lida to‘plagan hokimiyatni o‘zi saylab qo‘ygan vakillari orqali - Oliy Majlis, mahalliy kengash deputatlari vositasida amalga oshiradi. Mazkur deputatlar o‘z vakolatlarini saylovchilardan olganlar va o‘z faoliyatlarida xalq manfaatlarini ifoda etadi. O‘zbekistonda Davlat va ijroiya hokimiyatining rahbari bo‘lmish Respublika Prezidenti ham bevosita saylovchilar tomonidan saylanada. Mamlakatimizdagi boshqa davlat organlari jumladan, hukumat, sud organlari, vazirlar va boshqalar Respublika Prezidenti yoki Oliy Majlis tomonidan tayinlanishi yoki saylanish tartibini inobatga olsak, o‘zbek xalqi barcha davlat organlari va mansabdor shaxslarni saylash tayinlashda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi.
Hozirgi zamon xorijiy mamlakatlarning huquqshunoslari davlat va jamiyat arboblari fikrlariga ko‘ra demokratik huquqiy davlat qurish uchun barcha mamlakatlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlari mavjuddir. Ular quyidagilardir: 1.Saylovlar. 2.Saylov yakunlarini aniqlash usuli.3.Teng huquqliylik. 4.Fikrlar erkinligi. 5.Ko‘pppartiyaviylik. Bizning Respublikamizda yuqorida ko‘rsatilgan demokratik davlatlarga xos bo‘lgan asosiy belgilar qonunda ham, amalda ham mavjuddir.


3.Demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari
Demokratiya umume’tirof etilgan tamoyillarga ega. Ularning eng umumiylarini sanab o‘tamiz:
-umume’tirof etilgan inson huquqlarini tan olish va amalga oshirish;
-demokratik huquqiy va dunyoviy davlat prinsiplarini amalga oshirish;
-ko‘ppartiyaviylik va siyosiy plyuralizmni qaror toptirish;
-hokimiyatning taqsimlanishi;
-davlat va fuqarolarning o‘zaro majburiyatlarga ega ekanliklarining tan olinishi va qonuniy mustahkamlanishi;
-kelishuv, kompromis va konsensus siyosiy-huquqiy tizimining mavjudligi;
-fuqarolarning siyosiy jarayondagi faol ishtiroklari va davlat hokimiyatining oliy idoralari hamda mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari shakllanishida saylovchilarning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi va boshqalar.
Demokratiyaning sanab o‘tilgan ko‘rinishlarini o‘zida aks ettirgan jamiyat demokratik jamiyat deyilishi mumkin.
Demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari quydagilardir:
Fuqarolar erkinligi va teng huquqliyligi qonunlarda mustahkamlanadi va amalda to‘liq himoyalanadi.
Xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari qonunan o‘rnatildi va so‘zdagina emas amalda, hayotda to‘liq amal qiladi.
3.Ijtimoiy munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy asosda tartibga solinadi.
Shunday ekan, O‘zbekiston xalqi o‘z milliy g‘oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo‘lini tanladi. Uning o‘ziga xos sabablari mavjud. Ular asosan quyidagilardan iborat:
Birinchidan, mustaqillik tufayli xalqimiz o‘ziga xos va mos rivojlanish yo‘lini tanlash huquqiga ega bo‘ldi.

Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling