Rivojlantirish strategiyasi
GLOBALLASHUVNING OQIBATLARI
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Axborot makoni va axborot xafsizligi
Buning uchun mustaqil O‘zbekistonning har bir fuqarosi, birinchi navbatda, hozirgi kun amaliyoti talab qilayotgan to‘rt sifatga ega bo‘lishi shart: -zamonaviy mutaxassis bo‘lishi; -o‘zbek davlat tili, rus tili, ingliz tillarini mukammal bilishi; -doim o‘z bilim doirasini yangilab borishi va -tadbirkor-tashabbuskor bo‘lishi kerak. Hozirgi dunyo va davr mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan bir davrdir. Glaballashuv-bu yer shariga, sayyoraga tegishli bo‘lmoq, jahon ahamiyatiga molik bo‘lmoqdir. Ayni chog‘da mafkuraviy jarayonlar shu mavqeda turibdi. Bugungi dunyodagi misilsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, unversal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularni bugun yer sharini qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. 2.Axborot makoni va axborot xafsizligi Bugun hayotimizning barcha jabhalariga axborot-kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalarining kirib kelganligi ayni haqiqat. Bu o‘zgarishlarning asosini axborotlashtirish, telekommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari tashkil etadi. XXI asr - axborotlashgan jamiyat asridir. Shu bois ham hozirgi vaqtda axborotning tez va sifatli uzatilishini ta’minlash mamlakat taraqqiyoti va ravnag‘ining bosh mezoniga aylanib bormoqda. “XX-asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz,ya’ni XXI-asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Kundalik turmushda turli ko‘rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi”. Umuman olganda, axborot (lotincha “information” - “tushuntirmoq”, “bayon etmoq”) zamonaviy fan siyosatning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, dastlab kishilar tomonidan og‘zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllarda uzatilgan. “Axborot-manbalar va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumot”. Jamiyat o‘z rivojlanishining barcha bosqichlarida bilimlar ishlab chiqqan va ulardan foydalanib kelgan. Ma’lumki, insonning rivojlanishi uchun axborot suv, havo va olov kabi kerak bo‘ladi. Axborot - bilimga bo‘ysunuvchi tushuncha. axborot bilimni boyitadi, uni o‘zgartiradi. Inson ijtimoiy turmushi taraqqiyoti asosida bilim yotadi, ya’ni ijtimoiy tajribani harakatlantiradi. “Axborot xuruji” - muayyan bir jamiyat yoki millat, ijtimoiy qatlam yo guruh ongi va ruhiyatiga tashqaridan o‘tkaziladigan axborot bosim o‘tkazish, begona va yot maqsad-manfaatlarga xizmat qiladigan sohta va uydirma xabarlar tahdidi. “Axborot xuruji” ma’naviy tahdid ko‘rinishlaridan, xavfsizlik turlaridan biri deb aytish mumkin. Adabiyotlarda mazmuni bo‘yicha xavfsizlik turlari sifatida: harbiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, siyosiy, demografik, iqtisodiy, genetik, ekologik, kriminalogik, axborot, energetik, madaniy, intelektual, huquqiy kabi xavfsizlik shakllari qayd etib o‘tiladi. 10.Axborotlar boshqa mahsulot turlaridan farqli ravishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 11.Axborot zahiralari mutlaqo bitmas-tuganmasdir. Jamiyatning rivojlanishi va axborotga bo‘lgan talabining ortib borishi uni kamaytirmaydi, aksincha o‘stiradi. 12. Axborotdan foydalanishning imkoniyati yo‘qolmaydi, balki saqlanadi. 13. Axborotni zamonaviy kommunikatsiya vositalari orqali bir zumda istalgan joyga yetkazish mumkin. Ahamiyatlisi, bu jarayon ko‘p vaqt yoki muayyan mexanizm talab etmaydi. 14. Axborot mazmuni vaqt o‘tishi bilan eskirmaydi, tarixiy fakt bo‘lib qolaveradi. 15. Axborot zahiralari mustaqil emas, faqat boshqa zahiralar bilan birlashgan holda harakatlanuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Axborotning bunday xususiyatlari uning mulk sifatidagi qiymatini оshiradi hamda uni olish, tasarruf etish va turli maqsadlar yo‘lida foydalanish istagini kuchaytiradi. Ma’lumki, amaldagi qonunchiligimizga asosan olish imkoniyatiga ko‘ra axborotlar quyidagicha farqlandi: fuqarolik muomalasidagi axborotlar; ommaviy axborotlar. Tadqiqotchi B.Umarov ta’kidlaganidek: “Axborot harbiy snaryadga, ommaviy axborot vositalari esa tajovuz quroliga aylantirilmoqda. Axborot urushlari biz bilgan urushlardan qator jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, axborot urushlari ancha kamxarj, qo‘shin saqlashni, qurol-yarog‘ sotib olishni talab qilmaydi: ikkinchidan, axborot urushlari hech qanday chegarani tan olmaydi. U internet, sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa, ommaviy axborot vositalari hukmronlik qilayotgan bugungi dunyoda axborotni bojxona ko‘rigidan o‘tkazib, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratishning iloji yo‘q. Biroq eng tashvishlisi, bu urushda raqibni jismonan yo‘q qilish emas, uni o‘ziga ma’nan bo‘ysundirish maqsad qilinadi. Axborot urushida inson ongi, millat ruhiyati nishonga olinadi. Bu urushda binolar zarar ko‘rmasa-da, odamlar o‘ldirilmasa-da, moddiy boyliklarga shikast yetmasa-da, uning mafkuraviy, ma’naviy, ruhiy zarari beqiyosdir16”. Kuch-qudrat manbai to‘g‘risida Sharqning “Kuch - adolatda”, G‘arbning esa “Bilim - bu kuch” kabi naqllari globallashgan zamonning bir nuqtasida kesishib, “Kuch -axborotda” degan umumiy bir qonuniyatni shakllantirdi. Bugungi kunda ijtimoiy xavfi katta bo‘lgan muammolardan holi bo‘lish uchun yurtimizda ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha yirik milliy loyihani yaratish zaruriyati tobora ortib borayapti. Vaholanki, yurtimizdagi doira.uz, ziyonet.uz, sinfdosh.uz, muloqot.uz kabi saytlarda ro‘yxatdan o‘tganlarning barchasi jamlansa ham yuqoridagi saytlarning foydalanuvchilari miqdoriga yetmaydi. Shu bois internet tarmog‘ini milliy qadriyat va an’analarimizni o‘zida aks ettiruvchi veb-saytlar bilan boyitish, ta’lim muassasalarini internet tarmog‘iga ulashda odob-ahloq qoidalariga muvofiq bo‘lmagan veb-saytlardan foydalanishga cheklovlarni joriy etish, yoshlarda axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Bugungi kunda halr qanday axborot yashin tezligida dunyoning turli chekkalariga yetib borishi, millionlab odamlar undan bir zumda xabar topishi oddiy hol bo‘lib qolgan. Bunday odatning qulayliklari bilan bir qatorda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli tomonlari ham bor. “Chunki sir emaski ba’zan beozorgina bo‘lib tuyulgan musiqa, oddiygina multfilm yoki reklama lavhasi orqali ham ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar ifodalanadi. Yer kurrasida bugun yetti milliarddan ziyod odam istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularga yetkazilayotgan axborot undanda ko‘p. Bulardan qay biri xolis, qaysinisi kimning manfaatlari uchun xizmat qiladi? Ushbu savollarga har bir fuqaro uchun har bir axborot yuzasidan javob qaytarishning yoki buni eng minimal darajada amalga oshirishning imkoni yo‘q. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: -tashqi axboriy tahdid, “axborot xuruj”lariga nisbatan barqaror va tizimli munosabatni shakllantirish; -fuqarolarimizning har qanday axborotlarni tahlil qilish mahorati va malakasini o‘stirish lozim, toki ularning o‘zi oqni qoradan yaxshi ajrata olish imkoniyatiga ega bo‘lsin; Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling