Rivojlantirish strategiyasi
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biz axborotlarni quyidagi tartibda qabulqilamiz va qayta ishlaymiz
- Zamonaviy media vositalaridan foydalanish odoblari 17
- 3.Ma’naviy tahdidlar
-shiddatli axborot oqimi tarkibida jamiyat va davlat manfaatlariga mos bulgan axborotni odamlar tezroq qabul qiladigan va ishonadigan darajaga olib chiqish zarur. Agar bu vazifa yetarli darajada amalga oshirilsa, salbiy axborotlarning ijtimoiy ongga ta’siri keskin pasayib ketadi;
-milliy OAVga ishonchni oshirish lozim, chunki, axborot xavfsizligini ta’minlashning eng muhim shartlari jamiyatda axborot taqchilligini bartaraf etish masalasi bilan bog‘liq. Agar aholi mahalliy OAVga ishonmasa, ularni asosiy axborot manbai sifatida qabul qilmasa, boshqa axborot manbalarini izlashi tabiiy hol; -axborot boshqaruvi va texnologiyalari sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash zarur; -yoshlar tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi “ommaviy madaniyat”ning salbiy illatlardan doimo ogoh bo‘lishimiz lozim; -chet eldan eksport qilinayotgan tariximiz, milliy qadriyatlarimiz va eng muhimi milliy ongimizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi “ommaviy madaniyat”, “axborot xuruj”lariga qarshi kurashish uchun xalqimiz qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirishimiz kerakdir. Biz axborotlarni quyidagi tartibda qabulqilamiz va qayta ishlaymiz 1% - ta’m bilish, 1,5% - hid sezgisi, 3,5% - tana sezgisi, 11% - eshitish, 83% - ko‘rish sezgisi orqali qabul qilar ekanmiz. Xitoyliklarda “Men eshitaman va unutaman, men ko‘raman va tushunaman, men qilaman va xotiramga keltiraman”- degan naql mavjud. Biz esda olib qolamiz: 10% - o‘qiganlarimizni 20 % - eshitganlarimizni; 30%-ko‘rganlarimizni 50 % - ko‘rgan vа eshitganlarimizni; 80% -gapirganlarimizni 90%-gapirgan va qilganlarimizni.
Zamonaviy media vositalaridan foydalanish odoblari17 (“Dunyo ulamolari murojaati” kitobi asosida) Ulamolar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanganda quyidagilarga e’tibor berishni tavsiya qiladilar: Birinchi qoida: media vositalariga ijobiy qarash va ushbu ne’matlar uchun Alloh taologa shukr qilish. Ikkinchi qoida: mo‘min kishi media vositalardan savob ishlarda va ehtiyojini qondirishda foydalanish. Uchinchi qoida: media vositalardan foydalanishda chuqur mas’uliyatni his etish. To‘rtinchi qoida: media vositalaridan foydalanuvchilarga yaxshi tomondan ibrat bo‘lish. Beshinchi qoida: media vositalarda ma’lumotlarni tarqatish oldidan qat’iy pozitsiyaga ega bo‘lish. Oltinchi qoida: media vositalaridan foydalanganda omonatdorlik va odob-ahloq bilan ish tutish. Yettinchi qoida: media vositalardan ma’rifat tarqatish maqsadida foydalanish. Sakkizinchi qoida: media vositalardan foydalanishda buzg‘unchi g‘oyalardan ogoh bo‘lish. To‘qqizinchi qoida: media vositalari o‘tmishda yashagan solih ajdodlar hayotini aks ettiruvchi oyna bo‘lishi. O‘ninchi qoida: islom ummati duch kelayotgan muammolarga media vositalardan yechim izlash. O‘n birinchi qoida: media musulmonlarning ham jihatligi va aholining tinchligi yulida vosita bo‘lishi. O‘n ikkinchi qoida: media vositalardan foydalanishda yaxshiliklarga ergashish, yomonliklardan yiroq bo‘lish kerak. Ushbu keltirilgan qoidalar zamonaviy media vositalaridan foydalanish chog‘i har bir musulmon amal qilishi kerak bo‘lgan ba’zi odoblar, xolos. Axborot madaniyatini oshirish yo‘llari olingan axborotni •boshqa manbalar bilan solishtirib ko‘rish; •axborotdagi ma’lumotlarni mantiqan tahlil qilib chiqish; •muhim faktlarni asl manbalar yordamida tekshirish; •axborot kim tomonidan va qanday maqsadda berilganini tahlil qilib chiqish; •axborot kimni foydasiga ishlashini o‘rganib chiqish; •muhim ma’lumotlarning arxivini olib borish; •yuksak shaxsiy madaniyatga ega bo‘lish va boshqalar. Axborot (lotincha “informatio”- tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan o‘gzaki, keyinrok yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma’lumot; XX-asrning o‘rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o‘rtasidagi ma’lumot hamda hayvonlar va o‘simliklardagi signal almashinuvi, hujayradan-hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan. Ijtimoiy hayotga tadbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma’lumotlarni anglatadi. Axborotlashgan jamiyat-kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatikadan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi tushuncha. Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni “bosqichlar almashinuvi” nuqtai nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini qishloy xo‘jaligi, sanoat va xizmatlar, iqtisodiyotidan keyin paydo bo‘lgan iqtisodiyotning to‘rtinchi - axborot sektori” yuzaga kelishi bilan bog‘laydilar. Ularning fikriga ko‘ra, industrial jamiyatning asosi bo‘lgan kapital va mehnat axborotlashgan jamiyatda o‘z or‘nini axborot va bilimga bo‘shatib beradi. Axborotlashuv jarayoni jamiyatdagi iqtisodiy hamda ijtimoiy - madaniy o‘zgarishlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. G‘arb sotsiologlari fikriga ko‘ra, axborotlashgan jamiyat texnika sohasida-ishlab chiqarish, iqtisodiyot, ta’lim va maishiy hayotga axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi; iqtisodiy hayotda-axborotning tovarga aylanishi; ijtimoiy hayotda-axborot turmush, hayot darajasi o‘zgarishining asosiy omiliga aylanishi; siyosiy sohada-keng miqyosda fikr almashishga zamin yaratuvchi xilma-xil axborotlarni erkin olishga yo‘l ochilishi; madaniyat sohasida-axborot almashinuvi davr ehtiyojlariga javob beradigan normalar va qadriyatlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi. Ayni paytda axborotlashgan jamiyat: -uyda ishlashning kengayishiga, transport harakatining kamayishiga va buning oqibatida tabiatga tushadigan “yuk”ning keskin qisqarishiga olib keladi; -ish kunining qisqarishi odamlarning uyda ko‘proq bo‘lishiga va oilaviy muhitning barqaror bo‘lishiga zamin yaratadi; -keyingi yuz yilliklarda kishilar shaxar yashash va ishlash uchun eng qulay makon, degan xulosaga keldilar. Axborotlashuv jarayoni esa, qishloqdan turib ham butun olam bilan muloqot qilish, eng obro‘li tashkilotlarda ishlash, shahar aholisi bahramand bo‘layotgan madaniyat yutuqlarini ifoda etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida nisbatan osuda va tinch bo‘lgan, tabiatga yaqin qishloqlarga qaytish yoki u yerda doimiy qolish uchun zamin yaratadi; masofaviy ta’lim bilim olishning eng qulay shakliga aylanishi barobarida, aholining keng qatlamlari uchun hatto eng elitar oliy o‘quv yurtlari eshiklarining ochilishiga zamin yaratadi. Sodda qilib aytganda, ma’lumotlilik ko‘p darajada insonning hohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Ayni paytda, axborotlashuv jarayoni bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Bir muammo mualliflik hamda intellektual mulk huquqining buzilishi bilan bog‘liq. Shunday ekan, axborot tarmog‘ida ko‘pchilik ko‘ra olmaydigan hududlar yuzaga kelishi tabiiy. Bugungi kunda kompaniyalar o‘z axborotlarini himoya qilish va ruxsat etilmagan kirishlarning oldini olish uchun katta mablag‘lar sarflayotgani ham shundan. Axborot turli ijtimoiy qatlamlar, professional va milliy guruhlar vakillarga har xil ta’sir qilishi barobarida uni iste’mol qilish amaliyoti turli guruhlarda bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bu eng avvalo, axborot manbalari miqdori o‘rtasidagi farqda namoyon bo‘ladi. Masalan, ayrim odamlarda axborot manbai minimal (televideniye, radio), ayrimlarda esa keng (internet, yangi telekommunikatsiyalar tizimi) bo‘lishi mumkin. 3.Ma’naviy tahdidlar Tahdid - xavfning aniq va bevosita shakli. Tahdid – xavfning eng oliy darajasi bo‘lib, unda nafaqat yaqqol niyat, balki xavfsizlik ob‘yektiga bevosita ziyon yetkazish qobiliyati va tayyorlik namoyon bo‘ladi. Tahdid doimo aniq mazmunga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham aksariyat holatlarda uning mazmuni aniq huquqiy tavsifga ega bo‘lib, tegishli normativ-huquqiy aktlarda qayd etiladi, misol uchun, Jinoyat kodeksi moddalarida (agressiya, terrorizm, kontrabanda va h.k.). G‘oyaviy-ma’naviy tavhid-tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlardan iborat. Ilmiy tahlillar, ko‘pchilik hurmatiga va e’tiboriga sazovor bo‘lgan manbalarga asosan g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: -insonning erkinligiga daxl qiladi, uni fikriy jihatdan qaram qilishni ko‘zlaydi; -insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga yo‘naltirilgan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari shaklida amalga oshiriladi; -katta ma’naviy yo‘qotishlarga olib keladi, xalqlarning milliy va diniy tomirlariga bolta uradi; yot g‘oya va zararli dunyoqarashni avvalo beg‘ubor yoshlarning qalbi va ongiga singdirishga qaratiladi; mamlakat xavsizligi va milliy manfaatlariga tahdid soladi, jamiyatni inqirozga olib keladi; dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sanaladi. Demak, g‘oyaviy-ma’naviy tahdid qaysi davlat yoki xalqqa qarshi varatilishidan qat’iy nazar, butun insoniyatda birdek tashvish va xavotir uyg‘otishi aniq. Mafkuraviy tahdid - ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga tiqishtirish. Mafkuraviy tarbiya jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga xavf solib turgan bo‘lib, ko‘pchilikning talab - ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‘lsa, ko‘zlangan marralarga erishiladi. Jamiyat, xalq, hali o‘z manfaatlarini anglab yetmagan, o‘z mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oyalar ta’siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa mafkuraviy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, sog‘lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi. O‘zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi - xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotbarpo etish yo‘lidagi asriy orzu-istaklari, maqsadlarini, milliy mafkuramizning mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir. Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir, zero mafkuraviy maqsadlarni kishilar, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish vazifasi, asosan, ana shu tizim orqali amalga oshiriladi. Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling