Rivojlantirish strategiyasi
To‘rtinchi yo‘nalishda-ijtimoiy sohani rivojlantirishning
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
To‘rtinchi yo‘nalishda-ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan. Bunda aholi bandligi va uning real daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, ehnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.
Shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot sharoitlarini yaxshilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzil- malarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va munosib turmush darajasini ta’minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga erishish chora-tadbirlarini ko‘rish eng muhim vazifa qilib qo‘yilgan. Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol, yetuk inson - yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun choralar bilan takomillashtirishni taqozo etadi. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. 2017-yilda shaharlar va qishloqlarda umumiy turar-joy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunaviy va ko‘p qavatli uylar qurildi. Turar joy qurilishi hajmlari 2010-yilga nisbatan 3,5 baravarga oshdi. Xalq bilan muloqot natijalari bo‘yicha 11-yillik umumiy o‘rta ta’limni qayta tiklash haqida qaror qabul qilindi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning shaffof mexanizmlari joriy etildi va kvotalar jiddiy ravishda oshirildi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling