Rivojlantirish strategiyasi


Download 228.95 Kb.
bet26/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

NAZORAT SAVOLLARI:


1.O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun mohiyati haqida gapirib bering.
2.O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qanday ustuvor yo‘nalishlarga ega?
3.O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining milliy va umuminsoniy negizlarga asoslanishi deganda nimani tushunasiz?



7.mavzu: GLOBALLASHUV DAVRIDA AXBOROT MAKONI VA G‘OYAVIY MAFKURAVIY KURASHLAR
Reja:
1.Globallashuv davri
2.Axborot makoni va axborot afsizligi
3.Ma’naviy tahdidlar


1.Globallashuv davri


Globallashuv15 (globalizatsiya) - lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “qurralashuv”, deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi.
Katta “sakkizlik” mamlakatlari rahbarlarining 1999-yil yozida Germaniyaning Kyoln shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi Yakuniy kommyunikesi(bayonnoti)ning ikkinchi bandi ayniqsa katta ahamiyatga ega. Unda globallashuv jarayoniga rasmiy ta’rif berilgan.
Birinchidan, globallashuv g‘oyalar, kapital, texnika va tovarlarning butun dunyo bo‘ylab oqishi jadallashib va keng miqyosga ega bo‘lib borayotgan murakkab jarayon sifatida baholangan.
Ikkinchidan, globallashuv ayrim jamiyatlardagi turli xalqlarni nihoyatda yaqinlashtirgan ochiqlik tufayli yuzaga kelgan tub o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Uchinchidan, globallashuv borgan sari kuchayib borayotgan ochiqlik va jadallik natijasi sifatida butun yer yuzida hayot darajasining yuksalib borishiga va qashshoqlik darajasining ancha pasayishiga yordam beruvchi shart-sharoit deb qaraladi.
To‘rtinchidan, globallashuv integratsiya (yaqinlashish)ning ishlab chiqarish samaradorligini rag‘batlantirish, imkoniyatlarni kengaytirish va iqtisodiyotni o‘stirish evaziga qo‘shimcha ish joylari yaratishga imkon berib ulgurgan va bunda davom etadigan yangi shakli sifatida qaralmoqda.
Beshinchidan, globallashuv axborot sohasidagi inqilob bilan chambarchas bog‘liq. Bu inqilob esa, o‘z navbatida, yangi jamiyatga o‘tishning shart sharoiti hisoblanadi. Yа’ni jaрon sivilizaniyasi industrial va nostindustrial jamiyatdan axborotga asoslangan jamiyatga o‘tish prinsipi(tamoyili)ga borgan sari ko‘proq amal qilmoqda.
Oltinchidan, globallashuv turli madaniyatlar va qadriyatlarning borgan sari kuchayib borayotgan o‘zaro ta’siri sifatida demokratik jamiyatlar qurish, inson huquqlari va asosiy erkinliklarining kafolatlarini shakllantirish prinsipi(tamoyili)da ifodalandi.
Yettinchidan, globallashuv ayrim ishchilar, oilalar va elatlar uchun yashash joyini o‘zgartirish va moliyaviy noaniqlik bilan bog‘liq xavf- xatarning ortishida namoyon bo‘ladigan muayyan tahidlarga ham ega.
Glaballashuv-bu yer shariga, sayyoraga tegishli bo‘lmoq, jahon ahamiyatiga molik bo‘lmoqdir. Ayni chohda mafkuraviy jarayonlar shu mavqeda turibdi.
Butun dunyoni qamrab olgan, insoniyatning bugungi va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjhatlik bilan birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolarga global muammolar deb ataladi.
Hozirda 10 ta global (olamshumul) muammolar bor:
1.Tinchlik va qurolsizlanish.
2.Ekologik. Ekologiya bo‘yicha degradatsiyalanish ya’ni tabiiy holatining yo‘qolishi.
Z.Demografik.
4.Energetik.
5.Xom-ashyo.
6.Oziq-ovqat muammosi.
7. Dunyo okeanlaridan foydalanish.
8. Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish.
9.Rivojlanayotgan davlatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi.
10.Mafkuraviy muammo.
Insoniyat taraqqiyoti ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish jarayonidir. Bu jarayon asrdan-asrga, ming yillar davom etgan. Kapitalizm davrigacha bu jarayon sekin kechgan va asrdan-asrga tezlashib borgan. XV- asrda boshlangan kapitalizm davri bozor munosabatlarining rivojlanishi uchun misli yo‘q darajada keng imkoniyatlar ochib berdi, inson tashabbusi, tadbirkorligi, shijoati, ixtirochiligi, kashfiyotlari namoyon bo‘lishiga behad sharoitlar yaratdi.
Shu bois, insoniyat jamiyati XVI-XX-asrlarda XV-asrgacha bo‘lgan besh million yillik tarixida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarga nisbatan ko‘proq ne’matlar yaratdi.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, yer shari hammamizga ma’lum, har jihatdan o‘zlashtirilgan, har kuni har burchagida nima bo‘layotgani barchamizga ma’lum go‘shaga aylandi. Yer kurrasining noma’lum, inson bilmagan, u oyoq bosmagan joylari qolmadi. Fan va texnikaning yangidan-yangi yutuqlari bu borada insonning imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi-o‘z millatining raqobat bardoshligini ko‘tarish, buning uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir.



T/r


Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling