Rivojlantirish strategiyasi
Uchinchi yo‘nalish - iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning
Download 228.95 Kb.
|
Milliy goya ma\'ruzalar rursi
Uchinchi yo‘nalish - iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo‘yilgan.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar xosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali jahon bozoriga chiqishning yangi yo‘nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi.Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka ega lik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag‘batlantirish mo‘ljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni ularning tabiiy-geografik imkoniyatlari, yer sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘rish belgilangandi. 2017-2021-yillarda mamlakatimizda iqtisodiy sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi, eng avvalo, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi milliy valyuta erkin konvertatsiyasining joriy etilganligi bu borada muhim qadam bo‘ldi. Davlat budjetini shakllantirishning tamomila yangi prinsiplari va mexanizmlari joriy etildi, uning daromad va xarajatlari shaffofligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat aktivlarini boshqarishning samaradorligini oshirish va budjetning daromad qismini ko‘paytirishga qaratilgan ishga solinmagan zahiralardan foydalanish choralari ko‘rildi. Birinchi bosqichda-uzoq muddatli (10-15-yilga mo‘ljallangan) tarmoq, hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ikkinchi bosqichda-tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini tuzish, uchinchi bosqichda- ivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishning mutlaqo yangi tartibi tasdiqlandi. Download 228.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling