Endi OK tugmasini ikki marta bosib uning TForm1.Button1Click protsedurasiga
quyidagi kodni kiritamiz:
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var i:integer;begin
n[0]:=n[0]+1;
i:= Radiogroup1.Itemindex; if i>=0 then n[i+1]:=n[i+1]+1;
Radiogroup1.Itemindex:=-1; end;
Bu protsedura har safar ishga tushganda (ilovadagi OK tugmasi bosilganda)
ikkinchi qatordagi operator yordamida yangi o‘zgaruvchi: i ni yaratadi.
To‘rtinchi qatorda so‘rovda qatnashganlar sonini bittaga oshiradi. Beshinchi
qatorda Radiogroup1 da qaysi variant tanlanganini i o‘zgaruvchiga uzatiladi.
Agar bu qiymat 0 dan katta yoki unga teng bo‘lsa, ya’ni
biror variant tanlangan
bo‘lsa, oltinchi qatorda bu variantning tanlanganligi soni bittaga oshadi.
Yettinchi
qatorda variantlar tanlanmagan holga o‘tkaziladi va protsedura o‘z ishini
tugatadi. Ilova esa keyingi foydalanuvchining tanlovini qabul qilishga tayyor
turadi:
qiziqarli fan ilovasi. Qiziqarli fanlar ilovasini bir oz o‘zgartiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: