Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/290
Sana30.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1734972
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   290
Bog'liq
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)

Tarmoqlarning texnik vositalari 
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), 
konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har 
bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o‘tamiz.
Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, 
ma’lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi. Bundan tashqari, serverlar 
modemli va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalgam 
oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy 
masalaning qo‘yilishiga ko‘ra cheklangan bo‘lishi mumkin
Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o‘zaro axborot almashunuvini 
ta’minlovchi maxsus qurilma.Ular 8, 12, 16ta kompyuterni o‘zaro bog‘lashi 
mumkin.
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga 
uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishlatiladi).
Modem – (6-rasm) axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o‘tkazuvchi 
maxsus elektron qurilma.
Modem «modulyator» va «demodulyator» so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan. 
Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko‘rinishdan 
analog ko‘rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog 
ko‘rinishidan raqamli ko‘rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning 
vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko‘rinishida tasvirlangan ma’lumotni ikki asosiy 


chastotalik telefon signallariga va aksincha, telefon singalini «0» va «1»
yordamida kodlangan axborot ko‘rinishiga o‘tkazib berishdan iborat. Modemning 
asosiy xarakteristikasi bodlarda o‘lchanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligidan 
iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 
33600 boddan iborat Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan 
foydalanish mumkin. 
Kompyuter tarmog‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda 
tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa 
liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng 
avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‘rish 
mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda 
berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy o‘zini yo‘li 
bilan bajarilishi mumkin.
Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bo‘lgan va eng qulay 
almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, tarmoqlarni 
kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan 
foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‘lmasa ham, asosiy 
topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi kerak.
Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud:
• shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi 
va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga 
uzatiladi (10-rasm); 
10-rasm. 
• yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan 
kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan 
foydalanadi (11-rasm);


11-rasm. 
• halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta 
zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda 
kelayotgan kompyuterdan oladi, va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan (12-rasm).
12-rasm. 
Amaliyotda ko‘pincha bazali topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatiladi, 
lekin ko‘p tarmoqlar huddi shu uchtasiga mo‘ljallangan.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarmoqli topologiyalarni ko‘rib chiqamiz.
“Shina” topologiyasi (yoki, yana bir nomi “ummiy Shina”) o‘zining tuzilishi 
bo‘yicha kompyuterlarning tarmoqli asbob – uskunalarining bir xilligi, shuningdek 
hamma abonentlarning teng huquqligi bilan farq qiladi. Bunday ulanishda 
kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha uzatishi mumkin chunki aloqa 
liniyasi bir dona bo‘ladi. Aks holda ustma ust (konflikta, kollizi) tushishi natijasida 
uzatiladigan axborot buziladi.

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling