HTML (Hyper Text Markup Language – gipermatn belgilash tili) WWW tizimi
uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML buyruqlari orqali matnlarning shaklini
ishtagancha o‘zgartirish, ya’ni matnning ma’lum bir qismini ajratib olib, boshqa
faylga yozish, rangli tasvirlarni qo‘yish mumkin. U boshqa hujjatlar bilan
bog‘laydigan gipermatnli aloqalarga ega.
WWW - «Jahon o‘rgimchak to‘ri» aloqa tarmog‘i (qisqacha Web) tizimida
ma’lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli
hujjatlarga yo‘l ko‘rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (matnlar qaysi
mamlakatning serverida turishidan qat’iy nazar) tezda o‘tish imkoniyatini beradi.
Matnlar bilan bir qatorda WWW hujjatlarida multimedia ma’lumotlarni ham
ko‘rish mumkin. Matndan tashqari boshqa shakldagi ma’lumotlarni ham beruvchi
hujjatlar gipermedia hujjatlari deyiladi.
Multimedia – kompyuterda axborotning turli xil ko‘rinishlari: rangli grafika,
matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan
musiqalar, annimatsiya, shuningdek to‘laqonli videokliplar, hatto videofilmlar
bilan ishlashdir.
Sayt – grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia hujjatlari
ko‘rinishidagi mantiqan butun axborot hajmidir.
Nazorat savollari:
1. Internet qachon paydo bo’lgan?
2. Multimediya nima?
3.Sayt nima?
4.WWW- nima?
5.HTML-nima?
56-ma’ruza
Internet tarmog’ida saqlanayotgan axborot resurslari xavfsizligini
ta’minlash usul va vositalari.
Reja:
1. Global tarmoq tushunchasi
2. Tarmoq topologiyalari
3. Internet tarmog’ida saqlanayotgan axborot resurslari xavfsizligini ta’minlash
Do'stlaringiz bilan baham: |