diskning yuklanish sektori va bajariladigan fayllarni buzadigan
yuklanish fayli viruslari;
stels
(stelth) - ko‘rinmas
viruslar;
Microsoft Word muharriri yordamida hosil qilingan ma’lumotli
fayllarni yozuvchi – makrobuyruq viruslari.
Kompyuter viruslaridan himoyalanish, ularni yo’q
qilish va aniqlash uchun
bir necha maxsus dasturlar yaratilgan. Bunday dasturlar antiviruslar deb ataladi.
Antivirus dasturlari turlarga bo’linadi:
- detektorlar dasturlar;
- doktor-dasturlar;
- revizor dasturlar;
- filtrlovchi dasturlar;
- vaksina yoki immunitet dasturlar.
Detektor-dasturlar - aniq virusning xarakterli holatini qidiradi.
Operativ
xotira yoki fayldagi kerakli ma’lumotni aniqlaydi. Bunday antiviruslarning
kamchiligi
shundaki, ular o’zlariga ma’lum bo’lgan virusnigina aniqlaydi.
Doktor-dasturlar hamda vaksina-dasturlar nafaqat viruslarni aniqlaydi balki,
davolaydi, fayldagi virus tanasini o’chiradi, faylni asl holaticha saqlab qoladi.
Doktor dasturlar ko’p mikdordagi viruslarni aniqlash va yo’q qilish imkoniyatiga
ega. Bunday dasturlarga: AVP, Aidstest Scan, Norton Antivirus, Doctor Web kiradi.
Revizor dasturlar - viruslardan ishonchli himoya vositasi hisoblanadi.
Revizorlar
dasturlarni, kataloglar va diskning sistema bo’limi .holatini kompyuter
virusdan zararlanmasdan avval eslab koladi.
SHundan keyin, foydalanuvchining
hohishiga binoan oldingi va keyingi holatlarni solishtiradi. O’zgargan
holatlarni
ekranga chiqaradi. Fayllarni holatini solishtirishda uning uzunligi,
modifikasiya
vaqti va sanasi, hamda boshqa parametrini solishtiradi.
Filtr-dasturlar yoki «tozalovchi» o’zida ko’p bo’lmagan rezident dasturlarni
mujassamlashtiradi. Biror bir dasturning ishlash davomida «tozalovchi»
ishning
ruxsat etilishi yoki mumkin emasligi hakida ma’lumot beradi. Filtr-dasturlar foydali
hisoblanadi, u virusni ko’payib ulgurmasidan oldin aniqlash imkoniyatini beradi.
Faqat ular disk va fayllarni olmaydi.
Vaksina yoki immunitet dasturlar zararlangan fayllarni davolaydi. Vaksinalar
doktor-dasturlardan yaxshiroq davolaydi. Vaksina faqat mashhur viruslarni
aniqlaydi, bunda virus vaksinalangan fayl yoki diskni olib zararlay olmay qoladi.
Hozirda vaksinalar kam qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: