Rivoyat -nega yugurasan? Qaerga shoshyapsan buncha?-so’rabdi donishmand yuguraverib, harsillab qolgan bir odamdan


Download 300.93 Kb.
bet3/7
Sana20.01.2023
Hajmi300.93 Kb.
#1103791
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YARASHISH

KO’ZINGIZGA QARANG
Ko’zingga qarab yur”, deb orqamdan duo qilardi momom. Bu gapning ma’nosini endi tushungandayman. Ko’zga qarash qalbga qarash degani ekanligini bildim. Turmush o’rtog’ingizni ko’ziga tik qaraganingizda, ushalmagan orzularingizni ko’ryapsizmi? Demak, siz hech narsani tushunmayapsiz, ayniqsa uni. Turmush o’rtog’ingizni ko’ziga qaraganingizda, ko’nglingiz qolib ketganini tushunyapsizmi, demak, siz hech narsani tushunmabsiz. Sizga qarab turgan bu qaro ko’zlarda ayb yo’q. ayb-bu qaro ko’zlar orzularingizni ko’ra olmaganida. Bu qaro ko’zlar ko’zingizga qarab, o’zida borini in’om etib ham yaxshi ko’ra olmaganida. Bu qaro ko’zlarni siz yaxshi ko’ra olmagangizda. Bor gap shu…
Psixolog qabulidan lavha
-Dastro’molimni olib ber!
O’ttiz yildan buyon javonda turishini bilib, ko’zini lo’q qilib so’raydi…” g’azab o’tida yongancha javob qiladi ayol:
-Turibdi-ku, olavermaysizmi?!
Shikoyatga o’rin yo’q… Bu oilada yaxshi ko’rishlardan bori shu qolibdi.

KO’ZIM KO’RMASIN
Psixologik portret: “Har doim mendan ayb topishi jonimga tegib ketdi. Bilganini qilsin. Tinch yashasam bo’ldi. Bolalarim katta bo’lib qolishdi. Ularni deb yashadim. Endi ishim bitdi, ko’rishniyam istamayman. Bir uyda turamiz-u, o’zimni xuddi dushmanim bilan yashayotgandek his qilaman…”
Bolalarim otasiz o’smasin deb, hamma narsaga chidadim. Kimga uylansang ham, har bir ishingga burnini suqadigan xotinga uylanma, dedim hazil qilib o’g’limga. Ayolim doim kimlarnidir menga o’rnak qilib ko’rsatish bilan ovora. Men noto’g’ri qilarmishman, boshqalar eplayotganmish. Uning gapiga kirmabman, uni tushunmabman…”

CHEKLOV-BU JAVOBGARLIK
Mehmonxonada ovqat pishira olmaysiz. Oshxonaga esa yotoq ko’rpangiz bilan kirib uxlolmaysiz. Xuddi shunda, har bir inson oilada nimaga ma’sul ekanligini bo’yniga olsa, javobgarni aniqlash ham oson bo’ladi. Oshxonaga ayol xo’jayin. Mehmonxonaga erkak hukmdor. Yotoqxona esa er va xotin siri. Hayotingizda ham aniqlik paydo qilishingiz bilan xato va kamchiliklar ildizi qaerda ekanligini bilib olasiz. Ishimga burnini tiqavergani uchun jahlim chiqadi, deydigan erkak va menga qaramaydi, deb iddao qiladigan ayol muammosini yechish osonlashadi.
Oila faqat erkakka emas, ayolga ham kerak. Men bolalarim uchun yashayapman, degan baxtsiz er-xotin oxir-oqibat tarbiyadagi mehrsizlik sabab bola emas, “balo”ga giriftor qiluvchi farzand ulg’aytirib qo’yganini bilmay qoladi.
U holda oilada nimani maqsad qilib yashash kerak? Oila paydo bo’lishi uchun nikoh o’qildi. Endi siz ushbu nikohni deb yashashingiz lozim. Erkak o’zgaradi: toparman topmay qolishi, mard odam nomardga aylanishi, soppa-sog’ odam yotib qolishi ham hech gap emas. Ayol ham o’zgaradi: sarv qomatli ayol semirib, xunuklashishi, mayin ovozi dag’allashishi mumkin. Ammo nikoh o’zgarmaydi. Shu odamga roziman deganingizda, uning ham yaxshi, ham yomon sifatlarini qabul qilib olgandingiz. Erkak ham ayolini xuddi shunday qabul qilib oladi.
 AYBSIZ AYBDORLAR
Oila vayron, uy vayron, na yeyishda, na ichishda halovat bor. Bunday payt oilangizda tartib o’rnata olmayotganingiz sabab iroda “saraton”, hurmat “qand” kasalligiga chalinadi. Hammasiga sizdagi ichki kuch iroda yo’qolib qolgani, siyosatingiz o’tmayotgani sabab. Oilani himoya qilish yelkangizda, hurmatli nikohga imzo chekkan ikki inson! Oilani tashqi dushmandan emas, o’zingizdan himoya qiling, tashqaridagi hech bir odam oilangizga dushman emas. Oilangiz va nikohingizni o’z dushmanligingizdan asrang. Xotin nikohga dushmanlik qilsa, uni himoyangizga oling, erkak dushmanlik qilayotganini bilib qolsangiz, unga mehr berib, yana do’stlashing.

Download 300.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling