Erkak siyosati o’tmasa yoki ayol mehri yetishmasa, nikoh qoralanib, qochib qolish.
Nima qilish kerak? Avvalo, g’azab otidan tushing. Aybdorni aniqlashning eng oson yo’li ishni har kim o’zini ayblashdan boshlashi lozim. Tortishuvga eng aqlli inson aybdor, degan gapni unutmaslik zarur. Oila va nikohga javob berishni o’z “men”ingizdan boshlang.
Siz javobgarsiz:
hissiyotingiz;
bo’layotgan voqea-hodisalar;
harakatingiz;
chiqargan qarorlaringiz;
cheklovlaringiz
istaklaringiz;
fikrlaringiz;
qadriyatlaringiz;
xulq-atvoringiz;
“DUNYO-25” EKSPERIMENTI
Oxirgi vaqtlarda ayrim mutaxassislar sotsiologiya sohasida “Insoniyat uchun farovon hayot va xotirjamlik nafaqat kerak emas, balki zararli hamdir. Agar insoniyatga o’zi istagan narsaning hammasi berilsa, u yomon tomonga o’zgaradi. Chunki rivojlanish uchun unda hech qanday rag’bat bo’lmaydi. Barcha narsa muhayyo bo’lishi oqibatida odamlar dangasa bo’lib qoladi, natijada harakat qilmay qo’yishadi. Asta-sekin kuch-quvvatdan qolish va tanazzulga uchrashdan qochib qutilishning imkoni bo’lmaydi”, degan fikrlarni bildirishmoqda.
Buning isboti sifatida esa katta shov-shuvlarga sabab bo’lgan “Dunyo-25” deb ataluvchi eksperiment natijasini keltirishdi.
Amerikalik olim Jon Kelxun o’tgan asrning 60-70 yillarida “Dunyoda odamlar ko’payib ketsa, nima bo’ladi?”- degan savolga javob tarzida “Dunyo-25” eksperimentini o’tkazdi. U sichqonlar uchun haqiqiy jannatmakon sharoit yaratdi. Suv, ovqat, harorat mo’tadilligi sichqonlar uchun haqiqiy Jannat Makoni edi. Hattoki ularga kasallik yuqmasligi uchun zarur choralar ko’rildi.
Shunday sharoitli “in”ga to’rt juft sichqon joylashtirildi. Ularning bu sharoitga moslashib olishi ”A” bosqich deb ataldi. Yaxshi sharoitda sichqonlar tez ko’paya boshladi va bu bosqich “B” deb nomlandi. Har 55 kunda sichqonlar ikki barobar ko’payishar edi. Tajribadan 315 kun o’tgach, sichqonlar soni o’sishi sezilarli darajada pasaydi. Endi ularning ikki barobar ko’payishi har 145 kunga to’g’ri kela boshladi. Bu davr “S” bosqichi deb nomlandi. Bu paytda idishda taxminan 600 ta sichqon bo’lib, ma’lum bir ierarxiya va ijtimoiy hayotning bir turi paydo bo’ldi. Katta yoshli sichqonlar yaxshi sharoit sabab qarimagani va kasal bo’lmagani tufayli ko’payish imkonini yosh kemiruvchilarga berishmadi. Ilgarigiga qaraganda joy ham ancha toraydi. Natijada idish markaziga quvilgan va tez-tez tajovuz qurboniga aylanayotgan “xo’rlanganlar” toifasi paydo bo’ldi. “Xo’rlanganlar”ni tishlab olingan dumlari va tanasidagi oqib turgan jarohatlaridan ajratib olish mumkin edi.
“Xo’rlanganlar”, asosan, ushbu ierarxiyada ijtimoiy hayotda hali o’z o’rniga ega bo’lmagan yosh sichqonlardan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |