Rlash va ularning malakasini oshirish instituti malaka talabi
Bаhоlash ko’rsatkichlari va
Download 1.52 Mb.
|
ishchi dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar Baholar
- Mavzu bo’yicha ma’lumotlarni qisman bayon qiladi. Mavzu bo’yicha ma’lumotlarni umuman bayon qilmaydi.
- O’quvchi vaziyatga qo’yilgan 2 savolga to’g’ri javob beradi,3savolga javob berishda hatoliklarga yo’l qo’yadi.
- Oquvhi vaziyatga qo’yilgan har 3savolga javob qaytara olmaydi. O’quvchi harakati va faolligi
- O’quvchi amaliy bilim va ko’nikmani to’liq xatosiz ko’rsatadi lekin to’liq sharxlab beraolmaydi.
- O’quvchi amaliy bilim va ko’nikmalarni ko’rsatib ham sharxlab ham bera olmaydi. Jami
- 3-ilova YANGI OQUV MASHGULOTINING SLAYDLI TAQDIMOTI
Bаhоlash ko’rsatkichlari va me’zonlari
2- ilova
O’quvchilar bilimini baholash ko’rsatkichlari va me’zonlari.O’quvchi mazkur fan bo’yicha yig’ishi mumkin bo’lgan maksimal ball 5-ball bo’lib ,u quyidagicha taqsimot qilinadi. Joriy nazorat -5 ball; Oraliq nazorat -5 ball; Yakuniy nazorat -5 ball; 5 ball – “a’lo” 4 ball –‘yaxshi” 3 ball – “qoniqarli” 2 ball –“qoniqarsiz” 3-ilova YANGI O'QUV MASHG'ULOTINING SLAYDLI TAQDIMOTI 4-ILOVA Axborot-kutubxona muassasalarining kataloglari, Axborot-kutubxonalar ishi faoliyatida ularning tutgan o‘rni, katalog turlari, tasvir prinsiplari, hujjatlarga ishlov berish, sistemalashtirishning nazariy asoslari, tarixiy negizlari haqida tushuncha beradi. Xususan, mazkur o‘quv qo‘llanma kutubxona-bibliografik klassifikatsiyalarining vujudga kelishi: Universal o‘nlik klassifikatsiyaning yaratilishi, O‘zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi jadvalining tuzilishi hamda u bilan ishlash metodikasini o‘rgatadi. Shuningdek, Axborot-kutubxona muassasalarining katalog va kartotekalar tizimini tuzish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beradi. Axborot kutubxona muassasalarida elektron katalog tuzish va amalda joriy etishga asos bo‘la oladi. Sistemali katalog kursi - Alfavit katalogi kursining mantiqiy davomi hisoblanib, mazkur qollanmada quyidagi mavzularni: Hujjatlarni klassifikatsiyalash haqida umumiy tushuncha, sistemali klassifikatsiyaning rivojlanish bosqichlari va yo‘nalishlari, Kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasining yaratilish tarixi, rivojlanish bosqichlari, shuningdek, hujjatlarni sistemalashtirishning metodikasi: barcha fanlarga oid hujjatlarni sistemalashtirishning usullarini, katalog va kartotekalar tashkil qilishni yoritib beradi. Axborot-kutubxona katalogi va fondi kursi fani, katalog va fondni shakllantirish, axborot- kutubxona muassasalari faoliyatini, katalog va kartotekalar tizimini, fondini to‘g‘ri va unumli tashkil etish, boshqarish prinsiplari va modellarini o‘rgatadi. Zero, Axborot-kutubxona muassasalarining ishini samarali tashkil etilishi katalog va fondni tashkil etilishiga bog‘liqdir. Katalog grekcha — “ro‘yxat” demakdir. Binobarin, “kutubxona Katalogi” degan terrnin “Axborot-kutubxona muassasasida mavjud bo‘lgan barcha resurslarning ro‘yxati” degan ma’noni bildiradi. Ammo bunday aynan tarjima qilish kataloglarning haqiqiy ahamiyatini yetarli darajada to‘liq tushuntirib bermaydi. Axborot-kutubxona muassasalarining fondlari qanchalik to‘liq va mukammal, elektron resurslar bilan ta’minlangan bo‘lsa, ulardan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishga shunchalik keng imkoniyatlar yaratiladi. Ayni bir vaqtda, bir tomondan, ulardagi fondlarning katta hajmda ekanligi va mazmunining boyligi, ikkinchi tomondan Axborot kutubxona muassasalariga murojaat qiluvchi kitobxonlar talablarining nihoyatda xilma-xilligi, mavjud barcha resurslarni har tomonlama ko‘rsatib berish zaruriyatini qat’iy talab qiladi. Axborot-kutubxona muassasalarining fondlarini har tomonlama ochib berishda kataloglar asosiy rol o‘ynaydi. Kutubxona klassifikatsiyasi 125 yildan buyon o‘quv fani sifatida o‘qitilib kelinmoqda. Shunga qaramasdan, sohaning ushbu yo‘nalishini o‘rganish va ilmiy tadqiqotlar olib borish ishlari yaqin yillardan boshlandi. Bunga zarurat esa ushbu terminning keng o‘rganilmaganligi va ma’lum muammolarning yechilmaganligidir. Kutubxona klassifikatsiyasi bir qancha ma’nolarga ega. Kutubxona javonlaridagi kitoblar yoki boshqa hujjatlarni joylashtirilayotgandagi bu jarayon - kitoblar klassifikatsiyasidir. Bu jarayon kitoblar bilan emas, balki ularning bibliografik tavsifi, ya’ni kataloglar bilan amalga oshirilsa bu - bibliografik klassifikatsiya deyiladi Kutubxona kataloglari Axborot-kutubxona muassasasida muayyan tartibda tuzilgan bo‘lib, Axborot-kutubxona muassasasi fondining mazmunini ochib berish, u haqida to‘liq axborot berish, mavjud resurslarni targ‘ib etrish, kitobxonlarga ma’lumot olishlarida g‘oyaviy-tarbiyaviy, ilmiy-axborot vazifalariga muvofiq tarzda yo‘llanma berish kabi funksiyalarni bajaradi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling