Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy statistikasi


Urushning dunyo davlatlariga ta’siri


Download 0.54 Mb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1589283
1   2   3   4
Bog'liq
Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy statistikasi

Urushning dunyo davlatlariga ta’siri


2022 yilda energiya inqirozi, inflyatsion bosim va aholining real daromadlari qisqarishi kabi qator omillar ta’sirida global iqtisodiyotning sekinlashishi kuzatildi va global o‘sish ko‘rsatkichi 2021 yildagi qariyb 6 foizdan 3 foizgacha qisqardi. Jahon bankining tadqiqotlariga ko‘ra, 2023 yilda Ukrainadagi urushning davom etishi, energiya va oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori inflyatsiyasi saqlanib qolishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tovarlar taqchilligi fonida global YAIM o‘sishi 1,7 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ga ko‘ra, 2023 yildagi global o‘sishga asosan rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlaridagi iqtisodiy o‘sish hisobiga erishiladi. AQSh va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti sekinlashayotgan bir paytda global o‘sishning to‘rtdan uch qismi aynan rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda
Global growth
2022 yilning oktabr oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) yillik global inflyatsiya ko‘rsatkichi 2021 yildagi 4,7 foizdan 2022 yil yakuniga kelib 8,8 foizgacha o‘sishi va 2023 yilda 6,5 foizgacha pasayishini prognoz qilgan edi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) mazkur ko‘rsatkichni 9,4 foiz (2023 yilda — 6,6 foiz) deb baholadi. 2022 yilda dunyoning o‘nlab mamlakatlarida ikki xonali, Venesuela, Sudan, Zimbabve, Turkiya va Argentina singari davlatlarda uch xonali inflyatsiya ko‘rsatkichi qayd etildi.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainadagi urush natijasida 18,8 mingdan ziyod tinch aholi vakillari jabr ko‘rgan, shundan 11,6 mingdan ortig‘i jarohatlangan, salkam 7,2 ming kishi halok bo‘lgan (2023 yil, 6 fevral holatiga). Bu rasman tasdiqlangan raqamlar bo‘lib, haqiqiy yo‘qotishlar bundan ko‘proq bo‘lish ehtimoli yuqori.
Urushning Rossiya va Ukraina Iqtisodiyotiga ta’siri
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2022 yilda Rossiya iqtisodiyoti 3,4 foizga qisqarishini prognoz qilgan edi. Rossiya Federal statistika xizmati o‘tgan yilda mamlakat iqtisodiyoti 2,1 foizga qisqarganini ma’lum qildi. Kollektiv G‘arb sanksiyalari ostida Rossiya moliya va bank sektori jiddiy bosimga uchradi. Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina o‘tgan yil noyabr oyida G‘arb sanksiyalarining Rossiya va jahon iqtisodiyotiga ta’siri muqarrar ekanligini ta’kidlagan edi.
Foydalanilgan adabiyotlar
  • Wikipedia
  • Statista sayti
  • Rosstat-Rossiya statistika sayti
  • Gazeta uz sayti
  • Daryo.uz sayti.

Rahmat hammaga
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling