Ro’yxatga olish №2022 yil “ ” Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha
Bank faoliyatining predmeti va maqsadlari
Download 1.09 Mb.
|
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Oltinsoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aksiyadorlik Tijorat Xalq banki Boshqaruv strukturasi Xalq banki rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasi
Bank faoliyatining predmeti va maqsadlari:
O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 avpreldagi 216-1 – sonli “Bank va banklar faoliyati haqida” gi qonundan kelib chiqib, Bank – yuridik shaxs bo’lgan tijorat tashkiloti sanalib, bank faoliyati deb yuritiluvchi quyidagi faoliyat turlari jamlamasini amalga oshiradi: Yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish va o’z tavakkalchiligi asosida yig’ilgan mablag’larni kreditlash hamda investitsiyalashda foydalanish to’lovlarni amalga oshirish. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, bank faoliyatining predmeti bo’lib pul mablag’lari shaklidagi bank krediti va omonatlari hisoblansa, bank faolliyatining asosiy maqsadi daromad ko’rish hisoblanadi. “Xalq banki” ATB– O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasi asosida ish yurituvchi tashkilot bo’lib, pul mablag’larni jalb qilishni amalgam oshiradi va qaytarishlilik, to’lovlilik, muddatlilik shartlarida o’z nomidan joylashtiradi. Bank yuridik shaxs sifatida foyda olishga yo’naltirilgan tijorat faoliyatini yuritadi. Avvalgi yillardagi bank Biznes-rejasi ijrosi yuzasidan 2014, 2015, 2016 yillarda va “Xalq bank” ATB ning 2016 – 2019 yillardagi strategik rivojlanish rejasiga asosan ushbu yillar yakunida kutilgan moliyaviy natijalar olinib, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishildi. 2014, 2015 va 2016 yillardagi “Xalq banki” ATB faoliyati yakunlari bo‘yicha, bank Biznes-rejasi va strategik rejasi belgilangan bank foydasi va byudjeti daromad qismi bajarilgan. Avvalgi yillar bo‘yicha daromad va foyda rejasi bajarilgan. Aksiyadorlik Tijorat Xalq banki Boshqaruv strukturasi Xalq banki rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasi: Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan: ―Tashkiliy tuzilishini, qaror qabul qilish tizimi va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish; ―Ichki nazorat tizimini takomillashtirish; ―Samarali xodimlarni boshqarish tizimini yaratish; ―Mijozlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish; —Chakana va korporativ biznesni rivojlantirish; —Samarali axborot siyosatini va brend strategiyasini ishlab chiqish; —Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish; —Daromadlilik va rentabellik darajasini oshirish. Shuni qayd etish lozimki, strategiya bilan belgilangan asosiy vazifalarni hal etishda, bank o’zining bank-moliya xizmatlari bozoridagi asosiy ustuvorligidan — eng keng qamrovli bo’linmalari tarmog’idan to’laqonli foydalanadi. Kelgusi besh yil davomida bo’linmalarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator choralarning majmuini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Xususan, ularning faoliyati tahlil qilinadi, va uning natijalari bo’yicha rentabelli bo’linmalarni takomillashtirish hamda norentabelli bo’linmalarni yopish qarorlari qabul qilinadi. Davlat iqtisodiyotining real sohasini kreditlashga oid, shu jumladan korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishga alohida e’tibor beriladi. 3. Amaliyot kunimni 11.07.2022-yil dushanba kunidan boshladim. Kunlik amaliyotga ajratgan vaqtim 6 soatdan iborat bo`ldi. Qolgan 3 soat davomida o`zim mustaqil faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirib oldim. Amaliyot bo`yicha rahbar qilib Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman filiali Chakana hizmatlar bo’limi boshlig’i Bo’riqulov Akmal Bo’ronovich biriktirildi. Amaliyot rahbarim menga bankka borib amaliyotni boshlagan kunim bankni ichki tartibqoidalarini, ish yuritish tartiblarini to`liq tushuntirdi. Amaliyot ob`yektiga kirishim uchun vaqtinchalik ruhsatnoma taqdim etdi. Bank bo`limlari va u yerdagi ichki xodimlar bilan tanishtirdi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling