Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari


Download 58.97 Kb.
bet4/24
Sana28.10.2023
Hajmi58.97 Kb.
#1732540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
6,Mavzu.Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvat

6 – MA’RUZA



MAVZU: Transformatorlar. Podstansiyalarda kuch transformatorlarining soni va quvvatini tanlash.
REJA:

1. Transformatorlar.

2. Sex podstansiyasi transformatorlari va ularning ulanish sxemalari

3. Sex transformatorlarining quvvati, soni va o‘rnatish joyini tanlash

4. Sex podstansiyalari kompanovkasi va konstruksiyasi. Komplekt transformator podstansiyalari.

Sex transformator podstansiyalari (TP) da o‘rnatiladigan transformatorlar quyidagilar:


a). TM–tabiiy sovutishli moyli transformator. Masalan, TM–630/10 turi shunday shifrsizlanadi: Uyuk=10 kV, Upk=0.4/0.23 kV, Stn=630 kVA. TM turidagi transformatorlar tashqarida qo‘yiladigan komplekt transformator podstansiyalarida ishlatiladi.
b). TMZ–tabiiy sovutishli moyli, yopiq transformator bo‘lib, baki germetik konstruksiyali va uning yuqori qismining 20–25% hajmida “azot yostig‘i“ bor. Bu azot yostig‘i moyning hajm kengayishini kompensatsiya qiladi. Bu transformatorlar Stn=1601600 kVA quvvatlarda ishlab chiqariladi;
v) TNZ–yonmaydigan sintetik suyuqlik “sovtol” to‘lg‘izilgan tabiiy sovitishli yopiq transformator bo‘lib, Stn=1602500 kVA quvvatlarda ishlab chiqariladi.
TMZ va TNZ transformatorlari xona ichiga qo‘yiladigan KTP da ishlatiladi.
g) SZ–quruq, yopiq transformator bo‘lib, ko‘p qavatli uylar uchun hamda portlash xavfi bor xonalarda ishlatiladi.
TP transformatorlarining YuK va PK cho‘lg‘amlari /Y–11 sxemasi bo‘yicha ulanadi.

Sex transformatorlarining quvvati, soni va o‘rnatish joyini tanlash

Sex transformatorlarining soni va quvvati quyidagi shartlar bo‘yicha aniqlanadi:


Qizish bo‘yicha:St.n.  Ss (2.8)
2).Yuklash koeffitsienti bo‘yicha iste’molchining toifasiga qaragan holda qo‘yidagi shartlar ishlatiladi:
Kyu  0.7–I toifadagi EI va I lar uchun (2.9)
Bu yerda: Kyu=Sx.s./St.n. (2.10)
St.n.–TP dagi transformatorlar nominal quvvatlarining yig‘indisi
Kyu=0.80.85 II–toifali EI va I lar uchun. (2.11)
Yuqoridagi (2.9)(2.11) ifodalarni bir–biriga qo‘yib, TP transformatorlarining kerakli quvvati St.ker ni topamiz:
I–toifaga kiruvchi EI va I lari uchun:
St.kerSx.s./0,7 (2.12)
II–toifaga kiruvchi EI va I lari uchun:
St.kerSx.s./(0.80.85) (2.13)
I–toifaga kiruvchi sexlar uchun 2 transformatorli, II–toifaga kiruvchi sexlar uchun 1 ta yoki 2 ta transformatorli TP lar qabul qilamiz.
Agar TP uchun St.ker qiymati bo‘yicha St.n.=1000 kVA, 2500 kVA quvvatli transformatorlar variantlarini olish mumkin bo‘lsa, uzil–kesil tanlash quvvat zichligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar quvvati zichligi Ssol0.2 kVA/m2 bo‘lsa,1000 kVA li transformatorlar ishlatiladi. 0.2kVAsol0.3 kVA bo‘lsa, 1000 kVA, Ssol>0.3 kVA bo‘lsa, 2500 kVA quvvatli transformator tanlanadi.
Misol: Sx.s=7000 kVA, sex maydoni F=20000 m2 bo‘lsa, I–toifaga kiruvchi sex uchun TP transformatorlarini quvvati va soni topilsin.
Echish: (3.23) formula bo‘yicha St.ker=Sx.s./0.7= =7000/0.7=10000 kVA. Quvvat zichligi: Ssol=Sxs/F= =7000/20000 =0.35 kVA/m2
Quvvati 2500 kVA ga teng 4 ta TNZ–2500/10 turli transformator tanlaymiz. 2x2500 kVA li 2 ta KTP qabul qilinadi. TP transformatorlarining yuklanish koeffitsienti:
Kyu=
Avariyadan keyingi rejimdagi yuklanish koeffitsienti
Kyu.a=
TP transformatorlarini quyidagicha joylashtirish mumkin:
1).Sex bilan umumiy devorga ega bo‘lib, tashqarida joylashtirish;
2).Sex bilan umumiy devorli, sex ichida joylashtirish;
3).Sex ichida elektr enegiya ishlatuvchilari va iste’molchilari yonida joylashtirish. Bunda komplekt transformator podstansiyasi (KTP) ishlatiladi;
4).Sex tashqarisida joylashtirish;
Sex transformatorlari texnologik mexanizmlar va turli kommunikatsiyalarning joylashuvini hisobga olgan holda o‘rnatiladi. Hozirgi paytda asosan sex ichidagi KTP lar ishlatiladi.
Katta joyni egallovchi, yuklamasi bir necha ming kVA ni tashkil etuvchi ishlab chiqarish korpuslarida KTP, RP va boshqarish stansiyalarini joylashtirish uchun maxsus oraliqlar (proletlar) ko‘zda tutiladi. Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib yuriluvchi EI lar bo‘lmaganda KTP larni sexlar ichida joylashtirish 610 kV kuchlanishni iste’molchilarga yaqinlashtirib, elektr energiyasi yo‘qotishni kamaytiradi, elektr jihozlarini ekspluatatsiya qilishni yengillashtiradi. Quvvat zichligi katta bo‘lgan (0.30.35 kVA/m2) tog‘–boyitish fabrikalarida sellyuloza–qog‘oz kombinatlarida quvvati 1600 kVA va 2500 kVA bo‘lgan KTP lar o‘rnatiladi. Hozirgi amaliyotda o‘z ichiga bir necha sexni olgan yirik korpuslar uchun 1000,1600 va 2500 kVA quvvatli transformatorlar o‘rnatilgan KTP lar variantlarini ko‘rib chiqiladi. Sex ichida ochiq o‘rnatilgan KTP yengil to‘r–to‘siqlar bilan o‘rab qo‘yiladi.
Podstansiya imkoni boricha kranlar ishlamaydigan zonada joylashtiriladi.
PUE bo‘yicha sex ichidagi podstansiyada soni uchtagacha, umumiy quvvati 3200 kVA dan ortmaydigan yog‘li transformatorlar o‘rnatiladi; ochiq o‘rnatilgan KTP da ikkita quvvati 1600 kVA gacha yog‘li transformatorlar bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun quvvati 2500 kVA li sex transformatorlari yonmaydigan sintetik suyuqlik–“sovtol” bilan to‘ldiriladi.

Download 58.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling