Sex podstansiyalari kompanovkasi va konstruksiyasi. Komplekt transformator podstansiyalari
Yuqorida aytilganday, sex podstansiyalari sifatida ichki KTP lar ishlatiladi. Bu KTP ning 0.4/0.23 kV li tarqatish qurilmasini kompanovkasi muhim rol o‘ynaydi. Ikki transformatorli KTP ning 6–10 kV li ta’minlovchi kabellar ulanuvchi YuK kirish shkaflarida ajratgich (raz’edenitel, St.n630 kVA da) yoki yuklama uzgichi (vklyuchatel nagruzki) o‘rnatiladi. YuK shkaflarini ba’zi sxemalarida 610 kV li kabellar to‘g‘ridan–to‘g‘ri transformatorlarga ulanadi. Past kuchlanishli RP da quyidagi shkaflar mavjud: kirish avtomati o‘rnatilgan kirish shkaflari (1ta yoki 2 ta–transformatorlar soniga teng); seksiyalararo avtomat o‘rnatilgan seksion shkaf (2 transformatorli KTP da); chiziqli avtomatlar o‘rnatilgan chiziqli shkaflar. Bitta chiziqli shkafda 2 tadan 8 tagacha avtomatlar bo‘ladi. Bu avtomatlarning va KTP RP sidagi chiziqli shkaflarning soni sex elektr ta’minoti sxemasiga qarab tanlanadi. Radial sxema uchun avtomatlar soni yoritish shkaflariga, kondensator batareyalariga, kuch tarqatish punktlarga va quvvati 80100 kVt dan ortiq elektr ishlatuvchilariga ketuvchi kabellar (liniyalar) sonlari yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. ETT sxemasini tuzishda KTP dagi transformatorlar ta’minan teng yuklanadigan qilib tanlanishi kerak. Himoya va kommutatsion apparatlarini tanlashda o‘rnatiladigan KTP ning PK RP sidagi kirish, seksiyalararo va chiziqli avtomatlar tanlanishi kerak. Masalan, agar sex uchun 2 x 2500 kVA quvvatli KTP tanlangan bo‘lsa, uning PK RP sida E40 kirish avtomati, E25 seksiyalararo avtomati, E06 va E16 turidagi chiziqli avtomatlari bo‘lgan shkaflar mavjud. Himoya apparatlarini tanlashda yuqoridagi avtomatlar uzuvchilarning nominal toki Ix.n, ustavka toklari Iu.o‘yu, va Iu.k aniqlanadi.
III–BOB. SANOAT KORXONALARI ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA QAYTA TIKLANUVChI ENERGIYa MANBALARI VA SIFATLI ELEKTR ENERGIYa BILAN TA’MINLASh
7- MA’RUZA
Do'stlaringiz bilan baham: |