Rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Download 289 Kb.
bet2/3
Sana22.05.2020
Hajmi289 Kb.
#109076
1   2   3
Bog'liq
Худойбердиев Ё

Tahlil va sintez


Mavzuni tahlil qilish orqali mavjud vaziyat qismlari alohida ko’rib chiqilishi mumkin. Shu o’rinda alohida xususiyatlar muhokama etilishi mumkin.

Mazkur xususiyatlarni bir butun qilib sintezlash to’g’ri tasavvur hosil qilish va aloqadorlikni aniqlash imkonini beradi. Bu erda gap bilimning aloqadorlik darajalarini aniqlash to’g’risida boradi. Amaliyotga yaqinlashish va o’zlashtirilgan bilimlarni kelajakda ishlatish uchun sintez orqali boshqa ilm-fan sohalari bilan bog’lash amalga oshiriladi.



Baholash

Har bir topshiriq yoki mashqdan keyin o’quvchilar o’zlari bajargan ishlarini baholashlari lozim. Boshqa bir imkoniyat esa natijalarni guruhlarda ochiq-oydin va samimiy muhokama qilishdan iboratdir. O’quv fani oxirida yakuniy suhbat uchun vaqt ajratilishi kerak. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning natijalari, ularning amalga oshgan va oshmagan ishlari, shuningdek, o’qituvchilarning o’z natijalari yuzasidan mulohaza yuritishlari uchun yaxshi imkoniyatdir.

Nazariy darslarni yuqoridagi ketma-ketlikda o’tkazishni "Axborot, uning xususiyatlari, tartiblash vaulchash" mavzusi misolida tahlil qilamiz.

1. Qizitish va qiziqtirish (motivatsiya).

O’quvchilarni qiziqtirish maqsadida axborot tushunchasi, uning asl ma’nosi, axborotning eng muxim xususiyatlari, axborotlarni tartiblash ulchash xakida Axborotlar xakida kompyuterlar yordamida elektron ma’lumotlar namoyish etiladi.

ham mumkin. Shu tarzda tanlangan o’qitish jixozlari asosida nazariy fan maqsadini bayon etish orqali motivatsiya amalga oshiriladi. Bu usulga e’tiborni qaratish mavzuni o’rganishga tayyorgarlik uchun qulay vosita hisoblanadi. So’ngra ikkinchi bosqichga o’tiladi

2. Ma’lumot va bilim berish.

Bu bosqichda o’quvchilarga axborot tushunchasi, uning asl ma’nosi, axborotning eng muxim xususiyatlari, axborotlarni tartiblash ulchash xakida chuqur ma’lumot beriladi. O’qituvchi o’quvchilar uchun tarqatma materiallar tayyorlab, ularda bevosita axborotning xususiyatlari, ularni tartiblash va ulchash xakidagi ma’lumotlarni va ularni taxlil kilishni yaqqol ko’rsatmog’i kerak. So’ngra mavzu o’quv­chilar muhokamasiga qo’yilishi mumkin.



3. O’zlashtirgan bilimlarni qayta ishlash uchun topshiriqlar berish.

O’quvchilarga mavzu to’liq berilgach, o’zlashtirib olgan mavzuni takrorlashlari uchun topshiriqlar berilishi zarur. Bunda ularning o’zlari axborotlar va ular bilan ishlash bo’yicha vazifalar tanlashlari mumkin. Bu ularda olgan bilimlarining sust bosqichidan faol bosqichiga o’tish uchun imkoniyat yaratadi.



4. Tahlil va sintez.

Har qaysi o’quvchi axborotlar to’g’risida olgan bilim va ma’lumotlarini qay tarzda qabul qilgan bo’lsa, shu tarzda tahlil qilinadi, chunki sintez orqali boshqa ilm-fan sohalari bilan bog’lanish hosil qilinadi.



5. Baholash.

Har bir topshiriq, vazifalar berilgandan keyin ularning ijrosini baholash kerak bo’ladi. Bunda o’qituvchi o’zi uchun maxsus baholash varag’i tutib, sust va faol berilgan fikrlarni baholab borishi shart, shundagina o’qituvchi ham, o’quvchi ham o’z maqsadiga erishgan, erishmaganligi ma’lum bo’ladi.


2-BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O’QITISHDA FAOLLASHTIRUVCHI USULLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
2.1. Faollashtirish usullari va ularning mohiyati.
Dars o’tish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar sirasi “Bumerang”, “Skarabey”, “FSMU”, “Blits o’yin”, “Fikrlar xujumi”, “Aqliy xujum”, “Muammoli vaziyat”, “Venn” diagrammasi, “Muloqot” treningi, “Tarmoqlar” kabi pedagogik interfaol usullardan foydalangan xolda darslarini olib bormoqda. Buning natijasi o’quvchilarning bilim olish jarayonini faollashtirish maqsadiga qaratildi.

O’qituvchilar oldida turgan eng muxim va dolzarb masala zamon talablariga mos ravishda ta’lim berish texnologiyasini yangilab borish va qo’llash, akademik litsey o’quvchilarining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan xolda interfaol usullardan foydalanib fanlarni chuqurlashtirib o’qitishning yo’lga qo’yishda iborat.

Fanlarni o’qitishda dars davomida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari quyidagilar:

- o’qituvchi har bir dars mavzusini oldindan loyihalashtirib ta’lim texnologiyasi va texnologik xaritasi tuzadi, darsni qiziqarli o’tishi uchun tayyorgarlik ko’radi;

- o’quv jarayoni zarur jihozlar, texnik vositalar, dasturlar bilan ta’minlanib, kompyuter va axborotlash amalga oshiriladi;

- o’qituvchi o’zining pedagogik maxorati va shaxsiy faoliyat tizimini ishlab chiqadi, ishga soladi; yoshlarga vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berishni o’z oldiga maqsad qiladi;

- o’qituvchi bir xil usulda dars o’tishni cheklab, o’qitish metodlarini takomillashtirish uchun tinimsiz izlanadi;

- yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda ijtimoiy fanlarning, ayniqsa tarix fanining o’rni va roli dolzarb ekanligini bayon etadi; Vatan mustaqilligi xalqimizning chinakam baxti ekanligini, har bir asl farzand o’zini ona yurtining ajralmas bo’lagi deb xis etishini va bundan faxrlanish tuyg’usini shakllantiradi;

- yoshlarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalash, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, tashabbuskorlik qobiliyati, haqqoniylik, maqsadga intilish, tarix faniga qiziqsh ishtiyoqini uyg’otadi;

- o’qituvchining o’quvchilarga samimiy munosabatda bo’lishi, o’quvchilar bilimini xolisona baxolashi, o’z kasbiga hurmat, talabchanlik xususiyatlarini shakllantiradi;

- o’qituvchining ijodkorligi o’quvchining ijodkor bo’lishiga undaydi, yoshlarni vatanga sadoqat ruxida tarbiyalash, ularning ongi va qalbida eng ilg’or g’oyalarni singdiradi;

- yangi pedagogik ta’lim texnologiyasidan foydalanish o’quvchilarning egallayotgan bilimlarini o’zlari izlab topishlariga, mustaqil o’rganib munozaraga kirishlariga xulosa qilishga o’rgatadi;

- o’quvchilarni bilmli, etuk malakaga ega bo’lishlariga zamin yaratadi, ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi;

- dars jarayonida yangi usullardan foydalanish orqali o’quvchining bilim olishi shaxs bo’lib shakllanishiga va rahbarlik qobiliyati shakllanishiga yordam beradi;

- yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llashda o’quvchilar asosiy ishtirokchi hisoblanib, o’qituvchi boshqarib turadi;

- o’quvchilar jamoa bo’lib fmkr yuritishga, bir-birlarining fikrlarini mustaqil izoxlashga, bir-birlarining fikrlarini xolisona baxolashga o’rganadilar;

- har bir masalaga ijodiy yondoshib, mas’uliyatni sezish, jamoa bo’lib ishlash o’z faoliyati samarali bo’lishiga qiziqish, o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;

- o’quvchilar o’z fikrlarini umumlashtirishga, erkin holda to’liq bayon etishga, muammoli vaziyatlarni turli xilda muhokama qilish mahoratiga ega bo’ladi.

O’qituvchi mavzularni puxta o’rgangan xolda ta’lim texnologiyasi, texnologik xaritasini ishlab chiqadi.

Texnologik xaritada mavzuni yoritishda qanday yangi pedagogik texnologiya turi yoki innovatsion usuldan foydalanish ko’rsatib o’tiladi. Bunda “Skarabey” interaktiv texnologiyadan foydalanish qulaydir. Chunki o’qituvchi rahbarligi ostida o’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda, mustaqil tayyorlanib, o’z fikrlari bilan o’rtoqlashadilar, o’qituvchi oldindan o’quvchilarga mavzuni tayyorlab kelish vazifasini beradi. O’quvchilar esa ma’lumot to’plash uchun axborot-resurs markazidagi yangi adabiyotlardan, internet ma’lumotlaridan foydalanib, darsga tayyorlanib kelishadi. Bu usulning afzalligi shundaki, o’quvchi bir vaqtning o’zida xam mavzuga tayyorgarlik ko’radi, xam kompyuterdan foydalanishni o’rganadi, xam axborot-resurs markazidagi yangiadabiyotlarni o’qib chiqib, xulosalar to’plashga o’rganadi. Bundan tashqari o’rtoqlari fikrini ham tinglab qo’shimcha ma’lumotlar berishga harakat qiladi.

“Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha. informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o’rni” mavzusidagi 2 soatlik dars ishlanmasi

O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasi modeli



Mashg’ulot vaqti- 2 soat

Talabalar soni: 15 ta

Mashg’ulot shakli

Axborotli ma’ruza

Ma’ruza rejasi

  1. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha.

  2. Axborotlashgan jamiyat haqida.

3. Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o’rni

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarga axborot texnologiyalari haqida tushuncha berish, axborotlashgan jamiyat haqida va informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o’rni haqida bilimini shakllantirish

Pedagogik vazifalar:

  • Axborot texnologiyalari haqida tushuncha berish;

  • Axborotlashgan jamiyat haqida o’quvchilar bilimini shakllantirish;.

  • Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o’rnini o’rgatish.

O’quv faoliyati natijalari:

  • Axborot texnologiyalari haqida aytib beradi;

  • Axborotlashgan jamiyat haqida tasniflaydi;.

  • Informatikaning axborotlashgan jamiyat-dagi o’rni haqida tartibli aytib beradi..

Ta’lim berish usullari

Axborotli ma’ruza, namoyish, tushuntirish, “Ikki qismli kundalik” jadvali, “Nima uchun” sxemasi, “Aqliy hujum”, “Toifalash jadval”

Ta’lim berish shakllari

Guruhlarda ishlash

Ta’lim berish vositalari

O’quv qo’llanma, kompyuter, proektor, slayd

Ta’lim berish sharoiti

Kompyuter xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat: savol-javob

Yozma so’rov: Ilovadaga jadvallar


Guruh o’quvchilari 2 guruhga bo’linadi va bir a’lochi talaba ekspert etib saylanadi. Quyidagicha joylashadi:



Группа 1
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1. Mavzuga kirish bosqichi

(20 daqiqa)



1.1. Mavzu nomini, mavzu rejasini, maqsadini aytadi va slayd orqali namoish etadi.

1.2. Mavzuga doir tayanch so’z va iboralarni tanishtiradi; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro’yxatini aytadi.

1.3. Dars maboynida foydalanilayotgan usul va vositalar, baholash mezonlari bilan tanishtiradilar


Tinglaydilar, yozib oladilar.

Aniqlashtira-dilar, savollar beradilar


2. Asosiy bosqich

(50 daqiqa)


2.1. Power Point dasturi yordamida slaydlarni namoyish qilish va izohlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy jihatlarini tushuntirib beradi (1-ilova).

2.2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun guruhlar “Ikki qismli kundalik” jadvalini to’ldiradi (2-ilova)

2.3 Ma’ruza rejasi va tuzilishiga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadilar. (3-ilova).

2.4 O’qituvchi talabalar bilan birgalikda mavzuni “Nima uchun” sxemasidan foydalanib mustahkamlaydi. (4-ilova) to’ldiriladi.



2.5 “Aqliy hujum” usulidan foydalanib, yangi mavzu mustahkamlanadi (5-ilova).

Tinglaydilar, yozadilar.

Berilgan savol-larga javob beradi.

Guruhlarda ishlaydilar.

Ilovadagi jadvallarni to’ldiradilar



3. Yakuniy bosqich

(10 daqiqa)

3.1. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.

3.2. Beholash mezoni bo’yicha talabar bahosini e’lon qiladilar.

3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: “Toifalash” jadvali (6-ilova).


Savollar beradi.

Vazifani yozib oladi.


I. O’qituvchi dars mavzu va rejalarini ‘‘lon qilgandan so’ng, guruhlarga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun “Ikki qismli kundalik” jadvali (2-ilova, jadval) tarqatiladi.

(2-ilova) (I-guruh)


Axborotdan foydalanish quyidagi asosiy iste’mol sifat ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir. Ularni sharhlang.



Sifat ko’rsatkichlari

Sharh

1

axborotning mazmundorligi




2

axborotning yetarliligi (to’laligi)




3

axborotning aktualligi (dolzarbligi)




4

axborotning o’z vaqtidaligi



(Javobi )



Axborotdan foydalanish quyidagi asosiy iste’mol sifat ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir. Ularni sharhlang.



Sifat ko’rsatkichlari

Sharh

1

axborotning mazmundorligi

semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.

2

axborotning yetarliligi (to’laligi)

qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga (ko’rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To’g’ri qaror qabul qilish uchun to’liq bo’lmagan, ya’ni yetarli bo’lmagan, xuddi shuningdek, ortiqcha bo’lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi.

3

axborotning aktualligi (dolzarbligi)

axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo’lgan vaqtidan buyon o’tgan vaqt oralig’ida bog’liq bo’ladi.

4

axborotning o’z vaqtidaligi

uning avvaldan belgilab qo’yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.


(2-ilova) (I-guruh)

Axborotdan foydalanish quyidagi asosiy iste’mol sifat ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir. Ularni sharhlang.



Sifat ko’rsatkichlari

Sharh

1

axborotning reprezentativligi




2

axborotning aniqligi




3

axborotning ishonarliligi




4

axborotning barqarorligi



(Javobi)


Axborotdan foydalanish quyidagi asosiy iste’mol sifat ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir. Ularni sharhlang.



Sifat ko’rsatkichlari

Sharh

1

axborotning reprezentativligi

ob’ekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to’g’ri tanlash va shakllantirish bilan bog’liqdir.

2

axborotning aniqligi

olinayotgan axborotning ob’yekt, jarayon, xodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.

3

axborotning ishonarliligi

axborotning real mavjud ob’ektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi.

4

axborotning barqarorligi

axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini bimasdan o’zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi.

II. Ekspert “Ikki qismli kundalik” jadvalini yig’ib oladi. O’qituvchi yangi mavzuni slayd orqali bayon etadi.

III. O’qituvchi talabalar bilan birgalikda mavzuni “Nima uchun” sxemasidan foydalanib mustahkamlaydi. (Nima uchun XXI asrni biz axborotlashtirilgan jamiyat deb ataymiz?)

IV. O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga “Aqliy hujum” usulidan foydalanib, 2 ta guruhlarga savol beradilar.

“Aqliy hujum” usuli qo’llanilishining texnologik xaritasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1-bosqich

O’quv mashg’ulotuda mavzuni mustahkamlashda “aqliy hujum” usulidan foydalaniladi;

Usul maqsadi: Mavzu yuzasidan guruhlar bir-biri bilan erkin fikr almashish;

Baholash mezonlarini aniqlaydi.





2-bosqich Kirish


Qo’yilgan fikrni e’lon qiladi;

Jamoaviy ishlash sharoiti va axloq qoidasi bilan tanishtiradi;

Fikr yuritishni boshlashga ruxsat beradi.


Har bir guruh g’oyalarni qayd qilib borish uchun ekspert tayinlaydi.

3-bosqich Asosiy bosqich




Kuzatadi, rag’batlantiradi. O’zini tortishuvga aralashishini, o’z nuqtai-nazarini aytishga yo’l qo’ymaydi. Kerak bo’lganda guruhni xayrixohlik bilan ish holatiga qaytaradi.

--------------------------------------------------------------------------

Aytilgan fikrlarni ekspertlar bilan muhokama qilishni, ularni taklif etilgan mezonlarga mos holda baholash va tanlashni tashkillashtiradi.

Guruhlar g’oyalarini taqdimotini va ularning muhokamasini tashkillashtiradi.



Guruhlar g’oyalarini taqdimot qiladilar va ularni muhokamasini qiladilar.

4-bosqich Yakun yasash, tahlil qilish

va baholash

Yakunlarni umumlashtiradi, guruhlar ishini tahlil qiladi va baholaydi: ijobiy, ijodkorlikning yuqori darajasi holatlari, jamoaviy faoliyat muvaffaqiyatlarini ko’rsatadi.

O’z-o’zini baholaydi

(2 ta guruh “Aqliy hujum” vaqtida eksport talaba “Ikki qismli kundalik” natijalarini tekshirib, o’qituvchiga topshiradi. )

V. Baholash mezoni asosida faol guruh aniqlanib, talabalar baholanadi


VI. Uyga vazifa beriladi: Mavzuni takrorlab kelish va “Toifalash jadvali”ni to’ldirish (6-ilova).

(6-ilova)



Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi omillar

Ichki omillar

Tashqi omillar







2.2. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy ko’nikmalarni o’rgatish usullari.
Maxsus fanlardan amaliy mashg’ulotlarga atroflicha tayyorgarlik ko’rilishi va o’tkazilishi lozim.

Ba’zi hollarda amaliy mashg’ulot nazariy darsga ulanib ketishi mumkin. Masalan, "Informatika" fanining dasturlash asoslari bulimida masala algoritmi yordamida dastur tuzilgach, uni kompyuter xotirasiga kiritish bevosita kompyuterda bajarib ko’rsatiladi. Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishning turli qoidalari mavjud bo’lib, biz bevosita va bilvosita boshqariladigan amaliy mashg’ulotlar to’g’risida to’xtalamiz. Bevosita boshqariladigan ama­liy mashg’ulotlarda ma’ruzalar, taqdimotlar va namoyishlardan foydalaniladi. Bularga sxemalar, prospektlar, videotasvirlar va jihozlarning maketlari va asl nusxalari kiradi. Yaxshi ishlab chiqilgan o’quv materialini o’quvchilar diqqat bilan tinglab, kuzatadilar. Agar mashg’ulotlar savol va javoblarga asoslangan o’quv suhbatlari, muammoni muhokama qilish tarzida olib borilsa, yaxshi samara beradi(2 – jadval).

2 – jadval

Bevosita boshqariladigan amaliy mashg’ulot

Bilimlarni taqdim etish Rivojlantiruvchi mashg’ulot

Ma’ruza


Taqdim etish Izlanish

Namoyish etish O’quv, suhbat muammo (lar) haqida munozara


Bilvosita boshqariladigan amaliy mashg’ulotlar asosan o’quvchilarga yunaltirilgan bo’lib, ularga tayyorlangan topshiriqlar vositasida matnli kitoblarni o’qish, mustaqil o’rganish orqali o’yin-mashg’ulot olib borish, biror vaziyatni o’rganish, o’quvchining o’zi mustaqil o’rganishiga turtki berish, bilimlarni o’zlashtirishga turtki berish kiradi. Masalan, o’qituvchi axborotlarni tartiblash, ulchash jarayonini bajarib ko’rsatadi. So’ngra o’quvchilar bu jarayonni o’zlari mustaqil bajaradilar va bir necha marta takroran mashq qiladilar. Bu holda o’qituvchi kuzatuvchi yoki maslahatchi sifatida qatnashadi.

Jarayonga yunaltirilgan mashg’ulotlarga davra suhbati, guruh bo’lib munozara olib borish, moderatsiya usullari kiradi.

Amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun asosan zamonaviy kompyuterlar Bilan jixozlangan o’quv-laboratoriya xonalaridan foydalaniladi.

O’quvchilar birinchi marta ukuv-laboratoriya xonalari va sharoit bilan tanishtiriladilar va ayni chog’da to’g’ri va atrof-muhitga ta’sir etmaydigan faoliyat, mehnat xavfsizligi qoidalari, sog’liqni saqlash va energiyani tejab ishlatish haqida xabardor qilinadilar.

Mehnat xavfsizligi qoidalariga baxtsiz hodisalar va ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etuvchi holatlarning oldini olish borasidagi xatti-harakatlar kiradi. Bularga ish o’rnida shaxsiy xavfsizlik, himoya vositalari va mexanizmlardan to’g’ri foyda-lanish, yong’inning oldini olish chora-tadbirlari, o’t o’chiruv-chi vositaiar kiradi. Ko’p hollarda mehnat xavfsizligi qoidalari ish bilan bog’liq ravishda tushuntiriladi.

O’quv laboratoriya xonalarida amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda 4 pog’onali usul yoki yunaltiruvchi matn va loyiha usuli kabi zamonaviy usullarni qo’llash tavsiya etaladi (3-jadval).

3-jadval

4 pog’onali usulga Yo’naltiruvchi matn va loyiha

asoslangan faoliyat usullariga asoslangan faoliyat

1 . Motivatsiya va axborot 1 . Axborot

2. Namoyish qilish 2. Rejalashtirish

3. Imitatsiya 3. Qaror qabul qilish

4. Mashq qilish 4. Amalga oshirish

5. Nazorat qilish

6. Baholash

Tanlangan usul asosan amaliy qobiliyatlar va ko’nikmalarni o’zlashtirishga qaratilgan va o’zida bunga taalluqli nazariy bilimlarni mujassam etgan bo’ladi.

Informatika fanini o’qitishda o’quvchilar xulqi va bilimini baho­lash muhim ahamiyatga ega. Xulqni baholash o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini aniqlash demakdir. Bu xususiyatlar kuzatilgan xulqdan kelib chiqsada, lekin o’lchash mumkin bo’lgan natija qamroviga kirmaydi. Misol uchun, o’quvchining ishlash tarzini baholash, uning berilgan topshiriqni muntazam yoxud nomuntazam, samarali yoki samarasiz ravishda bajarayotganligi haqida tegishli xulosalar chiqarish mumkin.

Bilimni baholash deganda, erishilgan natijani qamrab olish va o’lchash, shuningdek, uni natija ko’lami bilan taqqoslash tushuniladi.



Xulq va bilimni baholash quyidagi xususiyatlarga ega:

- ta’lim maqsadlariga yunaltirilganlik;

- muntazam o’tkazib turish;

- huquqiy, pedagogik va psixologik tamoyillarga asoslanganlik;

- hamma qabul qilgan baholash andazalariga asoslanganligi.

Natijalarni baholash orqali bir paytning o’zida butun ta’lim tizimi va uning barcha tarkibiy qismlari tekshirib ko’rilishi mumkin.

Bu bilan ta’lim tizimi kutilayotgan natijani berayotganligi yoki bermayotganligi tekshirilib, o’lchab ko’riladi. Bilimlarni muntazam baholab borish ta’lim rejasini, uning katta va kichik bo’limlarini qamrab oladi. Uzoqroq vaqt davomida amalda bo’l­gan ta’lim tizimi natija andazasi orqali ifodalanishi mumkin.

Bunda nafaqat o’quvchilarning, balki amaliyot o’qituvchilarining ham kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o’quv jarayonidagi kamchiliklar ko’rsatib beriladi. Ta’lim vositalari, rejalari, tashkiliy ishlar va kabilarning sifatiga ham baho berish mumkin. Natija qismlarini muntazam baholab borish aniq va adolatli xulosalarga olib keladi. Baholashda mazkur xulosalarning umumlashtirilishi baholashning aniq bo’lishiga yordam beradi. O’quvchini muntazam ravishda o’z natijalari to’g’risida xabardor qilib turish uning maqsad sari intilishi va istaklarining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Xulqni baholashni hukm chiqarish quroli sifatida tushunmaslik kerak. Shu sababli o’quvchi baholash jarayoniga hamkor sifatida jalb etilishi lozim. Bu orqali o’quvchi o’z shaxsiy xususiyatlari xususida ba’zi ma’lumotlarni bilib olish imkoniyatiga ega bo’ladi, masalan:

- uning topshiriqlarni bajarishga bo’lgan imkoniyatlari;

- asablarining bardoshliligi;

- uning irodasi, hadigi va umid-ishonch (optimistik) ruhi.

O’qitish davomidagi nazorat, natijalarni o’lchab borish, xul­qi va bilimlarini baholash o’quvchining o’zligini anglashi uchun yana bir imkoniyatdir.

Xulq va bilimlarni baholash uchun ko’rsatmalar:

1. Xulqi va bilimlarini baholashdan oldin o’quvchi talab va

mezonlar haqida xabardor qilinishi kerak.

2. Xulqi va bilimlarini baholab bo’lgandan so’ng o’quvchiga uning

natijalari iloji boricha uzoq vaqt cho’zmasdan bildirilishi

kerak.

3. Talaba olgan yomon baholar (natijalar) sabablari baho­lash



suhbati orqali muhokama etilishi kerak.

Bunda amaliyot o’qituvchisining xatti-harakatlari ham ushbu yomon natijalarga sabab bo’lishi mumkinligini inobatga olish lozim.

4. Yomon natijalarni birgalikda yaxshilash borasida ko’riiadigan chora- tadbirlar haqida maslahatlashib olish kerak.

5. O’quvchiga xulqi va bilimlarini baholash hujjatlarini ko’rish va o’z munosabatini bildirish huquqi berilishi kerak.


Download 289 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling