Rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti


Topshiriq va testlarning sifat belgilari


Download 289 Kb.
bet3/3
Sana22.05.2020
Hajmi289 Kb.
#109076
1   2   3
Bog'liq
Худойбердиев Ё


Topshiriq va testlarning sifat belgilari
Topshiriqlar natijalarni o’lchash va baholash maqsadida ongli ravishda qo’yilgan talablardir. Tetslar bilim, qobiliyat, ko’nikma, shuningdek, fe’l-atvor va munosabatni tekshirish jarayoni va vositasidir.

Testlar quyidagi yunalishlarda tuzilishi mumkin:

- natija andazalarini aniqlash uchun natija testlari;

- intellekt va boshqa qobiliyatlarni aniqlash uchun qobiliyat testlari;

- talabaning ma’lum bir kasbga layoqatli ekanligini aniqlash testari;

- talabaning motiv, ijtimoiy qadriyatlari va qarashlarini aniqlash testlari.

Bu bilan birga joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar testlari ham farq qilinadi.

Topshiriq va testlarning muhim mezonlariga quyidagilar kiradi.


1. Haqiqiylik.

Tekshirilishi kerak bo’lgan bilim yoki qo’shimcha mazmunan qaratilgan topshiriq yoki tets haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo’lishi lozim. Bunda o’rganish maqsadiga nisbatan mazmunan aloqadorlikni yaratish nazarda tutiladi.


2. Xolislik (obektivlilik).

Bir-biridan mustaqil o’qituvchilar bir xil o’quvchilarga berilgan bir xil topshiriq va tetslar bo’yicha bir xil baho bergan taqdirdagina mazkur topshiriq va tets xolis hisoblanadi. Bu xolislik har xil vaqtlarda berilgan baholarga ham taalluqlidir. Ushbu mezonlar ko’pincha «rasmiy testlar» pastida amalga oshiriladi, xolos. O’qituvchi tomonidan tuzilgan testlar esa odatda mazkur talablarni bajarmaydi.


3. Ishonchlilik.

Bunda topshiriq yoki testning o’rganish maqsadlarini nazorat qilishga safarbar etilishi uchun naqadar ishonchli ekanligi nazarda tutilgan.


4. Diagnostik baho.

Bunda o’qituvchi topshiriq yoki testdan keyin yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qanday choralar ko’rish zarur ekanligini baholay olish-olmasligi nazar­da tutilgan.


5. Ball berish.

Topshiriq yoki testlar javobiga ball beriladigan bo’lsa, ball berish o’rganish maqsadlarini nazorat qilishga moslashtirilgan bo’lishi lozim. Bunda mavzuning muhimroq bo’lgan qismlariga unchalik muhim bo’lmagan qismlariga nisbatan ko’proq ball berish maqsadga muvofiq sanaladi.


Yozma topshiriq shakllari

Yozma topshiriqlar erkin javob berilishi lozim bo’lgan va bir qancha javoblardan birini tanlash kerak bo’lgan topshiriqlarga bo’linadi.

Erkin javob berilishi lozim bo’lgan topshiriqlarga quyidagilar kirishi mumkin:

1. Atroflicha to’liq erkin javob berishni talab etadigan topshiriqlar (masalan yozma, ish).

2. Qisqa erkin javob berishni talab etadigan topshiriqlar (javob berish uchun ochiq joy qoldirilgan topshiriqlar, shuningdek, javob kataklari berilgan topshiriqlar).

Berilgan javoblardan birini tanlash kerak bo’lgan topshi­riqlarga quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

1. Ko’plab variantlardan birini tanlash bo’yicha topshiriqlar (dasturlashtirilgan topshiriqlar, test).

2. Muqobil javoblardan birini tanlashni talab etuvchi topshi­riqlar.

3. Tartibini o’zgartirish talab etiladigan topshiriqlar (to’ldirish topshiriqlari, tegishlilikni aniqlash topshiriqlari, to’g’ri ketma-ketlikka keltirish topshiriqlari, darajasiga ko’ra joylashtirishni talab etuvchi topshiriq).

Erkin javob berish lozim bo’lgan topshiriqlar tuzishni "Axborotlarni kodlash usullari" mavzusi misolida ko’rib chiqamiz.

1. Erkin javob berish lozim bo’lgan yozma topshiriqlar natijalarni aniqlashning an’anaviy shaklini ifoda etadi.

Topshiriq: Axborotlarni kodlashning qanday usullari mavjud? Ular to’g’risida tushunchalar bering.

Ushbu savolga javob berish jarayonida o’quvchilardan mustaqil ishlash talab etiladi. Natija o’quvchining kodlash usullari to’g’risida olgan bilimlariga, qarashlariga, yozish va ifoda etish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Bu erda vaqt muhim shart hisob­lanadi.
2. Bo’sh joylarni to’ldirish topshiriqlari (bo’sh joylar qol­dirilgan matnlar).

Bunday topshiriqning echimi (ijrosi) to’liq bo’lmagan matnlarga kiritiladigan tushunchalar, gap bo’laklari, simvollar va sonlardan tashkil topadi. Agar echim tushunchalari kiritilgan ro’yxat ham tuzilgan bo’lsa, u holda yaxshi xolislikka erishish mumkin.


3. Berilgan javoblardan birini tanlashni talab etuvchi topshiriqlar (testlar) tuzish.

Ko’pincha bunday topshiriqlar «dasturlashtirilgan topshiriqlar» deb ataladi. Bunda bitta to’g’ri javobdan chalg’itadigan bir qancha noto’g’ri javoblar kiritilgan bo’ladi. Bu bilan o’quvchidan qaror qabul qilish qobiliyatini ko’rsatish kutiladi.


Test topshirig’i: Axborotlarni kodlash va kayta kodlash bilan shugullanuvchi mutaxassislarni kanday atashadi?
a) Dasturchilar;
b) kriminalistlar;
d) kriptograflar;
e) loyixachilar.
4. Muqobil topshiriqlarda faqat bitta to’g’ri va bitta noto’g’ri javoblar berilgan bo’ladi. Topshiriq shartiga ko’ra to’g’ri javobni topib, belgilash kerak bo’ladi.
5. To’ldirish topshiriqlari.

Bunday topshiriqlarda javoblar sifatida berilgan fikrlar, tushunchalar, gap bo’laklari, simvollar, sonlar maxsus raqamlar vositasida echim o’rinlariga kiritiladi.



Og’zaki topshiriqlar shakllari

Bu erda bilimlar bilan birga talabaning o’zini tutishi, harakati va muloqot qilish qobiliyati inobatga olinadi. Ularga quyidagilar kiradi:

- kasbiy holatlarni taqlid qilish;

- echim yullarini topish bilan bog’liq muammoli holatlarni muhokama qilish;

- talabaning muammoli holatlarga bo’lgan shaxsiy munosabati.

Psixik omil (tanglik, erkin emaslik, qo’rquv kabilar) katta ahamiyat kasb etishi tufayli ko’pincha haqiqiy natijalar berish qobiliyati ko’rinmay, yuzaga chiqmay qolishi mumkin. O’qituvchi savol berganda talaba yaxshi javob beradi, deb kutmaslik kerak. Shu sababdan o’qituvchining savol berish tarzi muhim ahamiyatga ega.

U:

- savolni tushunarli va aniq berishi;



- javob berish uchun etarli vaqt berishi;

- subektiv savollar bermasligi;

- talaba savollarga javob berishda qiynala boshlasa, savollar qamrovini mos ravishda qisqartirishi kerak.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib informatika fanidan tabaqalashtirilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish ishlanmasidan namunalar keltiramiz:



1-amaliy mashg’ulot

Mavzu: WORD matn protsessorida ishlash.

Darsning maqsadi: WORD dasturi bilan tanishish va unda ishlash malakasini oshirish.

Identiv o’quv maqsadi:

1.WORD dasturi haqida ma’lumotlarga ega bo’la oladi.

2. WORD dasturini boshqarish buyruqlari tavsifini bera oladi.

3. WORD ishchi oynasi tuzilishi tavsifini bera oladi.

4. WORD dasturi bilan ishlash malakasiga ega bo’la oladi.

Ishni bajarish uchun kerakli jihoz va materiallar: Shaxsiy kopyuter, Windows operatsion tizimi, WORD matn protsessori, ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar, ma’ruza daftari.

Ishni bajarish tartibi:

1.Kompyuterni ishga tushirish tartibi bo’yicha ishga tushiring.

2.Kompyuter avtomatik ravishda biror dastur bilan ishlashga o’tsa undan Windows tizimi bilan ishlash rejimiga o’tkazing.

3. WORD matn protsessorini ishga tushiring.

4. WORD dasturi ishchi oynasi tashkil etuvchilarini ekrandan olish va joylashtirish ishlarini bajaring.

5. WORD dasturi ishchi oynasiga Standart va Format uskunalar panelini joriy qiling.

6. WORD ishchi oynasiga o’zingizning tarjimai holingizni kiriting. Bunda bosh xarflarda mavzuni «TARJIMAI HOL» deb nomlang va uni ishchi varaqning markazida joylashtiring. Matnlar kichik xarflara 14 o’lchamli o’zbekcha shirftlarning birida hosil qilinsin.

7. Hosil qilingan tarjimai holni kompyuter xotirasiga o’zingizning ismingiz bilan nomlangan papka yaratib, faylga mos nom qo’yib saqlang.

8. WORD dasturida jadvalli ma’lumotlar bilan ishlashni o’rganish maqsadida o’zingizning oilangiz tarkibi to’g’risida ma’lumot tayyorlang. Buning uchun yangi ishchi oyna yaratib, quyidagicha jadval hosil qiling:




Oilangiz a’zolari

Tug’ilgan yili

Ish faoliyati

Yashash joyi

1.













2.












9.Tayyorlangan ma’lumotni o’zingiz hosil qilgan papkada mos fayl nom qo’yib saqlab qo’ying.

10.Kompyuterni o’chirish tartibi bo’yicha o’chiring.

Uy vazifasi uchun topshiriqlar:

1 – darajali topshiriqlar.

1. Matnlarni kiritish amalini tushuntiring.

2. Matnlarni muharrirlik qilish amalini tushuntiring.

3. Matnlarni formatlash amalini tushuntiring.

4. Kompilyator dasturi mohiyatini izohlang.

5. Word ning eng sodda va takomillashgan versiyalari qaysi?

6. Word matnli protsessorini ishga tushirish tartibi qanday amalga oshiriladi?

7. Menyu satridagi har bir menyu buyruqlari, ularning vazifalarini farqlang.

8. Standart va Formatlash uskunalar panelidagi uskunalar vazifalarini

tushuntiring hamda biror matn fragmentida qo’llang?



2 – darajali topshiriqlar.

9. Matnli muharrirlar va matnli protsessorlar tushunchalari mohiyatini

tushuntiring.

10. BLOKNOT oddiy matnli muharriri haqida ma’lumot to’plang.

11. WordPad oddiy matnli muharriri haqida ma’lumot to’plang.

12. Word matnli protsessor yordamida bir vaqtning o’zida bir nechta hujjatlar bilan ishlash tartibini farqlang.

13. Word matn protsessorida matnlarni kiritish va muharrirlik qilish

amallari qanday amalga oshiriladi?

14. Word matn protsessorida jadvallar tashkil etish amallarini bajaring.

3 – darajali topshiriqlar.

15. Matnli muharrirlar qaysi holatlarda bir-biri bilan birgalikda bo’ladilar?

16. Matnli muharrirlar qaysi holatlarda bir-biri bilan birgalikda bo’lmaydilar?

17. Word matn protsessorida shakl va blanklar tashkil etish amallarini

bajaring.

18. Word matn protsessorida oldindan ko’rish va hujjatlarni chop etish

amallari qanday tartibda bajariladi?

4 – darajali topshiriqlar.

19. Matn muharrirlari haqida ma’lumotlar to’plang va ularning vazifalari bo’yicha tahlil qiling.

20. O’z avtobiografiyangiz haqida ma’lumotlar kiriting va muharrirlik qilish va formatlash ishlarini bajaring va tahlil qiling?

Adabiyotlar:

1.S.I.Raxmonqulova «IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash», Toshkent: «Sharq», 1998.

2.T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov «Informatika va hisoblash texnikasi», T: «O’zb.M.E», 2001.

3.Yu.Shafrin. «Osnovo’ kompyuternoy texnologii». Spravochnik shkolnika, Moskva, 2000.

4.N.Tayloqov, A.Axmedov «IBM-PC kompyuteri» T.:«O’zbekiston», 2001.

5.D.E.Toshtemirov «Informatika va axborat texnologiyalari», O’quv qo’llanma, Toshkent, 2007. 216 b.



2 – amaliy mashg’ulot

Mavzu: PowerPoint dasturida ishlash.

Darsning maqsadi: PowerPoint dasturi haqida tushuncha berish va unda ishlashni o’rganish.

Identiv o’quv maqsadlari:

1. PowerPoint dasturi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.

2. Slayd va taqdimot tushunchalariga tavsif bera oladi.

3. Taqdimotlar yaratish malakasiga ega bo’ladi.

4. Maxsus va animatsion effektlar bilan ishlash malakasiga ega bo’ladi.

Kerakli jihoz va materiallar: Shaxsiy kompyuter, Windows operatsion tizimi, Power Point dasturi, ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar, ma’ruza daftari.

Ishni bajarish tartibi:

Quyidagi bandlarda berilgan amaliy vazifalarni bajaring?

a) Power Point dasturini ishga tushiring:


  • «Bosh menyu» orqali;

  • «Provodnik» dasturi orqali;

  • «Yorliq» orqali;

  • «Moy kompyuter» orqali;

  • Office paneli orqali.

b) Bo’sh prezentatsiya hosil qiling va quyidagi topshiriqlarni bajaring:

  • Hosil bo’lgan ob’ektlardan birinchisiga fakultetingiz nomini kiriting;

  • Ikkinchisiga ta’lim yo’nalishingiz nomini kiriting;

  • Keyingisiga muallif sifatida o’zingizning F.I.Sh. ni kiriting;

  • Rasmlar to’plamidan ixtiyoriy rasmni tanlab, slaydga joylashtiring;

  • Slaydning pastki qismiga “Guliston shahri” matnini kiriting.

v) Ikkinchi slaydni quyidagi tartibda tuzing:

  • Ob’ektlardan birinchisiga «Mundarija» so’zini kiriting;

  • Keyingi bo’limga fan bo’yicha mavzular ketma-ketligini kiriting;

  • Slaydga turli xil rasmlarni joylashtiring;

  • Slaydga tovush va kliplarni joylashtiring.

g) Keyingi slaydlarni ochgan holda quyidagi ishlarni bajaring;

  • Mundarijada keltirilgan har bir mavzu bo’yicha asosiy savollar, tayanch tushuncha, iboralar va mavzu bo’yicha qisqacha nazariy ma’lumotlarni kiriting;

  • Kiritilgan ma’lumotlar ustida tartiblash ishlarini amalga oshiring.

d) Hosil qilingan slaydlar ustida quyidagi ishlarni bajaring:

  • Birinchi slaydga navbatdagi slaydga va oxirgi slaydga o’tish uchun boshqarish tugmachalarini joylashtiring;

  • Joylashtirilgan tugmachalarning boshqarish

  • parametrlarini o’rnating;

  • Keyingi hosil qilingan slaydlarga ham kerakli boshqarish tugmalarini qo’ying va ularni boshqarish parametrlarini o’rnating;

  • Mundarijada keltirilgan mavzularga tegishli nazariy ma’lumotlar joylashgan slaydlar bilan giperaloqa o’rnating;

  • Hosil qilingan slaydlardagi ob’ektlarda animatsiya, tovush jo’rligini o’rnating.

e) Slayddagi kerakli ob’ektga boshqa kompyuterda joylashgan ixtiyoriy matnli faylga aloqa o’rnating.

yo) Yaratilgan slaydlarni taqdimot qilishni ko’rsating.

z) Prezentatsiyani xotiraga saqlang va dastur ishini yakunlang.

Uy vazifasi uchun topshiriqlar:

1 – darajali topshiriqlar.

1. Ma’lumotlarni ko’rgazmali taqdim etish dasturlari qanday slaydlarni yaratish imkonini beradi.

2. PowerPoint dasturining ishchi oynasining asosiy bo’limlarini farqlang.

3. Novaya prezentatsiya bo’limida qanday amallar bajarilishi mumkin?

4. Iz shablona oformleniya bo’limida qanday amallar bajarilishi mumkin?

5. Yaratilgan prezentatsiyadagi slaydlarga matnlar kiritish va ularni taxrir qilish qanday amalga oshiriladi?

6. Kiritilgan matnni tahrirlash va har xil taxrirlash elementlarini qo’llash uchun qanday vazifalar bajariladi?

7. Slayd maketlaridan foydalangan holda jadval yaratish va shu jadvalga asoslangan holda diagramma o’rnatish qanday amalga oshiriladi?

8. Slayd ichiga obekt va rasmlarni o’rnatish va ular ustida amallar bajarish qanday amalga oshiriladi?

2 – darajali topshiriqlar.

9. Master avtosoderjanie yordamida prezentatsiyalar tayyorlashning xarakterli xususiyatlari kanday?

10. Otkro’t prezentatsiyu bo’limi orkali qanday ishlar bajariladi?

11. Shablon va Pustaya prezentatsiya bo’limlarining vazifalari tahlil qiling.

12. O’rnatilgan prezentatsiya shablonini o’zgartirish qanday amalga oshiriladi?

13. Yaratilgan prezentatsiyaga qo’shimcha slaydlar o’rnatish, slayd maketini o’zgartirish, va keraksiz slaydlarni o’chirib tashlash tartibini izohlang.

14. Prezentatsiya foni yoki prezentatsiyaga o’rnatilgan slayd fonini o’zgartirish qanday amalga oshiriladi.

3 – darajali topshiriqlar.

15. Power Pointda yangi prezentatsiya yaratish va yaratilgan prezentatsiyani xotiraga kiritish qanday amalga oshiriladi?.

16. PowerPoint dasturi ishchi oynasi tashkil etuvchilarining o’zaro munosabatlarini tahlil qiling.

17. PowerPoint dasturi menyusi qanday bo’limlardan tashkil topgan va ularning vazifasi?

18. PowerPoint dasturida yangi taqdimotlar yaratish texnologiyalarini tahlil qiling.

4 – darajali topshiriqlar.

19. Ko’rgazmali taqdim etuvchi dasturlarining imkoniyatlari va ahamiyatini tahlil qiling va o’z xulosalaringizni keltiring.

20. PowerPoint dasturida animatsion va maxsus effektlar ustida ishlash

texnologiyasini o’rganing va tahlil qiling.



Adabiyotlar:

  1. U.Yu. Yuldashev, R.R.Boqiev, F.M.Zokirova «Informatika», T.:2002 y.

  2. A. Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari», T.: 2002 y.

  3. M.Aripov va boshq.«Informatika, axborot texnologiyalari», T.:2003 y.

Xulosa va tavsiyalar
Mashxur faylasuflardan biri Aristotel ezgulik hamma joyda ikkita shartga: har qanday faoliyatning pirovard maqsadini to’g’ri belgilashga va unga erishishning tegishli vosita va usullarini tanlashga bog’liqligi haqida gapirgan edi. Darsni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun avvalo darsni tashkil qilish bo’yicha pedagog ifaoliyatining maqsadini, u nimaga erishmoqchi ekanligini aniqlab olish, keyin maqsadga erishishga yordam berish vositani belgilash, so’ngra esa maqsadga erishish uchun qanday xarakat qilish usulini aniqlab olishi zarur.

Ta’lim tizimini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bilan jihozlash, o’quv jarayonida zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ta’lim sifatini oshirishda turli ko’rinishdagi elektron o’quv qo’llanma va o’quv-nazorat dasturlari yaratish hamda ulardan o’quv jarayonida foydalanish asosiy vazifalardan biri bo’lmoqda.

Bu borada respublikamizning turli oliy o’quv yurti professor-o’qituvchilari, etuk olimlar hamda xodimlar o’z oldilariga vazifalar qo’ygan holda ish olib bormoqdalar.

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi akademik litseylarida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashda ta’limning faol usullari va noan’anaviy darslar tashkil qilish hamda ulardan foydalanish masalalarini yaratishdan iborat.

Bu maqsad va vazifalarga erishish uchun bu sohaga doir ilmiy va metodik adabiyotlar batafsil o’rganildi.

Natijada o’quvchilarga ta’lim berishning faol usullaridan foydalanish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar yaratishga erishildi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishda yoritilgan fikr va mulohazalardan foydalanish nitijasida har bir fan o’qituvchisi:

-fanlardan tashkil qilinadigan o’quv mashg’ulotlari zamonaviy shakllarda yaratish;

-fanlardan ko’rgazmali o’quv-uslubiy materiallar tayyorlashi;

-noan’anaviy darslar tashkil qilish va ularni o’tkazishni yanada puxta egallashlari mumkin.



Zamonaviy kompyuter va uning dasturiy vositalari imkoniyatlaridan foydalangan holda o’quv jarayoni sifatini oshirishda, elektron darslik, o’quv qo’llanma, ko’rgazmali vositalar va o’quv nazorat dasturlarining o’ziga yarasha qulayliklari mavjud. Shuningdek, o’quvchilarga kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda noa’anaviy darslarni tashkil qilish, mustaqil bilim olishi va o’zlashtirish natijalarini o’z vaqtida aniqlashga erishadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


  1. Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.;Sharq, 1997, -64 b.

  2. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish kontseptsiyasi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo’mitasi. Toshkent, 2002 y.

  3. S.S.G’ulomov va boshqalar «Axborot tizimlari va texnologiyalari» T. –«Sharq» - 2000 yil.

  4. Lutfullaev M.X. Masofadan o’qitish tizimida multimediali elektron darsliklar strukturasi \\ Masofadan o’qitish texnika va texnologiyasi xalqaro ilmiyqamaliy konferentsiyasi ma’ruzalar to’plami. Toshkent, 2002 yil, 13-14 may.

  5. M.M.Aripov, T. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot texnologiyalari» T. TDTU, O’quv qo’llanma, 1-2 qism,2002,2003 y.

  6. K.E.Figurnov «IBM PC dlya polzovatelya» M. 1997 g.

  7. A.R. Maraximov, S.I.Raxmonqulova «Internet va undan foydalanish asoslari» Toshkent, 2001 yil.

  8. A.Levin «Samouchitel raboto’ na kompyutere» Moskva, 1998 g.

  9. A.P.Miklyaev «Nastolnaya kniga IBM PC» Moskva, 2000 g.

  10. T.X.Xolmatov, N.I.Taylaqov, U.A.Nazarov «Informatika va hisoblash texnikasi» T. – «O’zb.M.E.» – 2001 yil.

  11. A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiev «Axborot texnologiyalari» T. – “O’qituvchi” – 2002 yil.

  12. Yu.Shafrin «Osnovo’ kompyuternoy texnologii» Spravochnik shkolnika Moskva, 2000 g.

  13. N.Taylaqov, A.Axmedov «IBM–PC kompyuteri» T.:«O’zbekiston»,2001 y.

  14. S.P.Allayorov, S.T.Raxmonov, S.I.Qulmamatov, D.E.Toshtemirov «Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlari», Guliston – 2003 y.

  15. S.P.Allayorov, va boshqalar «Kompyuter ta’limi asoslari», Guliston, 2004 y.

  16. http://micron.narod.ru\- Uchebnik po HTML

  17. http://www.zerkalo.com\lessons\pr.htm - Rukovodstvo po HTML, oglavleniya.

  18. http://html.km.ru\osnovi\ - osnovi HTML.

  19. www.books.ru – xar xil kitoblar izlash bo’yicha sayt.

  20. www.DelphiKingDom.com – foydalanuvchilar o’rtasida Delphi dasturlash muxiti to’g’risida ma’lumotlar almashish sayti.

  21. www.DelphiWorld.narod.ru – Delphi dasturlash muxitida ishlash bo’yicha ma’lumotlar sayti.

  22. http://www.online.ru- Informatsion sayt

  23. http://www.dls.miem.edu.ru– Yuqori darajali dasturlash tillar saxifasi




Download 289 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling