Ўрта Осиёнинг юнон колонизацияси даври маданияти Ўрта Сирдарё бўйи кўчманчи-чорвадорлар маданияти
Тошкент воҳасининг ривожланган ўрта асрлар маданияти
Download 31.77 Kb.
|
Археология ва табиий фанлар
Тошкент воҳасининг ривожланган ўрта асрлар маданияти
Janubiy o’zbekiston antik davr madaniyati Baqtriyaning antik davriga oid yodgorliklarning bir necha turi ajralib turadi. Ular maydoni jihatdan katta-kichik shaharlar,165 dehqonchilik qishloqlari, alohida joylashgan saroylar va diniy inshoot – ibodatxonalardir. Baqtriyaning antik davri shaharlarini tadrijiy jihatan bir necha guruhga bo‘lish mukin. Birinchi guruh shaharlari mil. avv. I ming yillikning o‘rtalarida shakllanib, ellinlar davrida ham faoliyat yuritgan (Talashkontepa II, Jondavlattepa, Hayitobodtepa, Qal’ayi Mir). Ikkinchi guruh shaharlar Yunon-Baqtriya davrida shakllangan (Eski Termiz, Dalvarzintepa, Kampirtepa-Kofirqal’a, Keykabodshoh, Saksanoxur), uchinchi guruh shaharlar Kushonlar davrida (Zartepa, Budrach, Garovqal’a, Shaxtepa) vujudga kelib, faoliyat yuritgan. Sho‘rchi tumani hududida joylashgan Dalvarzintepa Shimoliy Baqtriyaning antik davriga oid yirik manzilgohi. Dalvarzintepa aylana shaklli ark (3,2 ga), to‘g‘ri to‘rtburchak shahriston (maydoni 32,5 ga) va shahar atrofi qismlaridan tashkil topgan. Dalvarzintepa manzilgohmil. avv.III asrning o’rtalarida shakllangan. Yunon-Baqtriyapodsholigidavridamanzilgohningdastlabkishakllangan joyida mudofaa devori bilan muhofaza qilingan ark paydo bo‘ladi. Kushon davlati hukmdorlari I–III asrlarda shahar arkining mudofaasiga e’tiborni kuchaytirib, ikki qator devor bilan mustahkamlaydi. Kushonlar davrida shahriston qismi ham alohida mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. Shahristonning barcha joyi o‘zlashtirilib, shahar atrofi qismi ham paydo bo‘ladi. Shahristonda aholi yashaydigan mahallalar, xususan, kulollar mahallasi, ishlab chiqarish inshootlari, buddaviylik dini ibodatxonasi o‘rganilgan. Dalvarzintepa manzilgohi xitoy manbalarda qayd etilgan Xodzo shahri bilan qiyoslanadi. Mutaxassislar Kushon davlatining davlatining birinchi poytaxti Dalvarzintepa manzilgohi o‘rnida faoliyat yuritganligini ta’kidlaydilar. Dalvarzintepa o‘rnidagi shahar III asrning ikkinchi yarmigacha faoliyat yuritib, inqirozga uchragandan so‘ng tashlandiq holga kelib qoladi. Kushonlar davrining yirik shahar markazlaridan biri Zartepa manzilgohi o‘rnida faoliyat yuritgan. Umumiy maydoni 17 ga dan iborat ko‘hna shahar ilgaridan loyihalashtirilgan aniq reja bo‘yicha qurilgan. Shaharning atrofi mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan, yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan. Ko‘hna shaharda uy-joylar, saroy majmuasi va budda ibodatxonasi joylashgan. Tojikiston Respublikasi hududida ham Baqtriyaning antik davriga oid bir nechta qadimgi shahar xarobalari saqlanib qolgan. Denov tumani hududida joylashgan Xolchayon yodgorligidan kushon davri hukmdorlarining qarorgohi ochilgan. Saroy sharq qaratib qurilgan bo‘lib, old ayvon orqali ichki xonalarga kirilgan. Saroyning asosiy zali va xonalarining devoriga har xil rang bo‘yoqlar bilan turli mazmunli suratlar chizilgan.Ayrim xonalari ganch suvoq qilingan. Mirzaqultepa (Termiz), Oqqo‘g‘on (Sherobod) va Sho‘rtepa (Angor) yodgorliklari Kushon davri deqonchilik qishloqlari manzarasini tiklashda muhimo‘rintutadi.Qishloqlardao‘rinolgan uy-joy imoratlari ma’lumreja bo‘yicha tartib bilan qurilgan. Uy-joylar aholining jamiyatda tutgan o‘rni vaiqtisodiyholatiko‘rabarpoetilgan. Baqtriyaning antik davri yodgorliklari orasida diniy inshootlar muhim o‘rin egallaydi. Bu yerda otashparastlik, buddaviylik ibodatxonalaridan tashqari mahalliy ma’budlar sharafiga barpo etilgan ibodatxonalar ham mavjud. Termizdan g‘arbda Qoratepa ibodatxonasi joylashgan. Ibodat xona buddizm vatani qurilish an’anasiga ko‘ra mahalliy qurilish usulida barpo qilingan.Ibodatxonani vatanidagi kabi g‘orsifat shaklini aks ettirish maqsadida yer osti qismi barpo qilingan. To‘rtburchak hovlida joylashgan ayrim xonalarning pastida yerto‘lar mavjud. Unda ibodat, yashash va xo‘jalik qismlari ajralib turadi. Download 31.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling