Ўрта Осиёнинг юнон колонизацияси даври маданияти Ўрта Сирдарё бўйи кўчманчи-чорвадорлар маданияти


Download 31.77 Kb.
bet3/8
Sana21.02.2023
Hajmi31.77 Kb.
#1219125
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Археология ва табиий фанлар

Турк ҳоқонлиги даври маданияти

  • Фарғона водийсининг ривожланган ўрта асрлар маданияти

  • Шимолий Парфия илк темир даврида.

    Shimoliy Parfiya. Kopetdag bilan Qoraqum oralig‘idagi yerlar
    Shimoliy Parfiya hududini tashkil etgan. Bu yerlarda joylashgan
    manzilgohlar nisbatan ilgariroq, ya’ni so‘nggi bronza davrida vujudga
    kelib, ularning uch xil shakli ajralib turadi. Qadimgi shahar sifatida
    faoliyat yuritgan Yelkantepa va Ulug‘tepa manzilgohlari bronza
    davrining oxirida shakllangan. Yelkan I, Ulug‘ III – mil. avv. II ming
    yillikning oxiri – 650-yillar, Yelkan II, Ulug‘ II – mil. avv. 650-500,
    Yelkan III, Ulug‘ I – mil. avv. 500-350-yillar bilan sanaladi.
    Bronza davrining oxirida Yelkantepa arki joylashgan joy
    o‘zlashtirilib, 14,5 ga dan iborat maydonda aholi manzigohi vujudga
    keladi. Mil. avv. X asrda qalinligi 10,5 m, mudofaa devori quriladi.
    Mil. avv. VII–VI asrlarda manzilgoh mudofaa devorining atrofidagi
    uy-joy imoratlari qurilib, ikkinchi mudofaa devori bilan o‘rab olinadi.
    Natijada Yelkantepa yodgorligi o’rnida ark, ikkita shahriston va
    shahar atrofi qismlaridan iborat umumiy shahar shakllangan.
    Shimoliy Parfiyaning ilk temir davridagi ikkinchi bir yirik
    manzilgohi Ulug‘tepa ham bronza davrining oxirida shakllangan.
    Bu manzilgohning bir qismida mil. avv. X asrda baland sahni ustida
    qo‘rg‘on barpo etiladi. Yelkantepadan farqli o‘laroq bu yerda
    aholi imoratlari joylashgan qismida mudofaa devorining izlari
    Aniqlanmag Shimoliy Parfiya aholisining asosiy mashg‘uloti sug‘orma
    dehqonchilik va hunarmandchilik bo‘lgan. Dehqonchilikda asosan
    bug‘doy va arpa ekilgan. Kopetdagdan oqib tushadigan kichik
    daryolar dehqonchilikning asosiy suv manbayi hisoblangan. Mahalliy
    hududning qurg‘oqchil iqlim sharoitida suvga bo‘lgan ehtiyojning
    yuqoriligini hisobga olib, qadimgi dehqonlar damba va to‘g‘onlar
    barpo qilingan. Bu yerda keyingi davrda korizlar paydo bo‘ladi.
    Temir va bronzadan yasalgan mehnat qurollar va qurol aslahalar
    topilgan. Anovtepa yodgorligining ilk temir davriga oid madaniy
    qatlamidan topilgan temir buyumi mil. avv. IX asrga oid. Ilk temir
    davrining dastlabki bosqichga oid sopollarning asosiy qismi qo‘lda
    yasalib, sirtiga geometrik naqshlar solingan. Keyingi bosqichda
    charxda ishlangan sopol buyumlar turi ko‘paygan. Ulug‘tepaning mil.
    avv. VII–IV asrlarga oid sopol buyumlari Yoztepaning shu davrga oid
    buyumlari bilan o‘xshash.
    Xo‘jalikning asosini sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik tashkil
    etgan. Moddiy madaniyati Murg‘ob vohasining quyi oqimi hudud
    bilan umumiylikga ega bo‘lib, ko‘rinishdan bu hudud marg‘iyonalik
    aholi tomonidan o‘zlashtirilgan.




    1. Download 31.77 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling