Ўрта Осиёнинг юнон колонизацияси даври маданияти Ўрта Сирдарё бўйи кўчманчи-чорвадорлар маданияти


Download 31.77 Kb.
bet6/8
Sana21.02.2023
Hajmi31.77 Kb.
#1219125
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Археология ва табиий фанлар

So‘g‘d ilk temir davrida. So‘g‘dning shimoliy va janubiy qismida ilk temir davrining
boshida o‘troq dehqonchilik madaniyati qaror topgan. Samarqand
va Qashqadaryo vohalaridagi Afrosiyob, Ko‘ktepa, Uzunqir,
Podayotoqtepa va Yerqo‘rg‘on yodgorliklari o‘rnida ilk temir
davrining dastlabki qishloqlari shakllangan. Keyingi bosqichda
qishloqlar murakkablashib, yirik shahar markaziga aylanadi.
Afrosiyob qadimiyligi va ahamiyati jihatdan So‘g‘d manzilgohlari
orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Manzilgohning quyi qatlamida
(Afrosiyob 0a) dastlab o‘zlashtirilgan davrda qurilgan yerto‘la uy
joylar ochilgan. Keyingi bosqichida (Afrosiyob 0b – mil. avv. VIII–
VII asrlar) 19 ga joy yassi-qavariq g‘ishtdan terilgan devori bilan
o‘rab olinib, Samarqand shahriga tamal toshi qo‘yiladi. Ahamoniylar
davrida shahar yanada taraqqiy etib, yangi imoratlar quriladi va ichki
tuzilishi murakkablashib boradi.
Shimoliy So‘g‘dning Afrosiyob bilan tengdosh bo‘lgan boshqa bir
shahri Ko‘ktepa manzilgohi o‘rnida faoliyat yuritgan. Bu manzilgoh
Samarqand shahridan 30 km shimoliy-g‘arbida Chelak tumani
hududida joylashgan bo‘lib, M.X.Isamiddinov rahbarligidagi o‘zbek
fransuz ilmiy ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilgan. Umumiy
maydoni 90 ga dan iborat yodgorlikning bir qismi zamonaviy yer
o‘zlashtirish jarayonida buzilib ketgan.
Manzilgohning shakllangan ilk bosqichiga (Ko‘ktepa I) oid madaniy
qatlamida yerto‘la o‘y-joy imoratlari va qo‘lda yasalgan naqshli sopollar
o‘rganilgan. Ikkinchi (Ko‘ktepa II) bosqichidan boshlab uy-joy imoratlar
yer ustida barpo qilina boshlaydi. Manzilgohning 23 ga maydonni o‘rab
olgan mudofaadevoriikkinchi bosqichidabarpoetilgan.Arkdabaland tag
kursiustidabarpoetilgan ikkitamahobatliimoratjoylashgan.Ulardan biri
saroy,ikkinchisi otashparastlik ibodatxonasining o‘rnibo‘lgan.
Demak, ilk temir davrining ikkinchi bosqichida Shimoliy So‘g‘d
hududi ikkinchi bir yirik shahar markazi paydo bo‘ladiki, uni
tadqiqotchi olimlar antik davri yunon yozma manbalarida qayd
etilgan podsho qarorgohi – Bazileya shahri bilan qiyoslaydilar. 142
Shahar ellinlar davrida ham faoliyat yuritgan.
Shimoliy So‘g‘dda dehqonchilik va chorvachilik asosiy xo‘jalik
turi hisoblanib, dastlabki bosqichda chorvachilikning mavqeyi
yuqori bo‘lgan. Ko‘ktepa manzilgohining quyi qatlamida ko‘proq
qora mol suyaklari uchrashiga qaraganda, aholi xonaki chorvachilik
bilan shug‘ullangan. Bu davrda dehqonchilik liman yoki lalmi
shaklida bo‘lib, ilk temir davrining keyingi bosqichida ariqlar barpo
qilingandan so‘ng sug‘orma dehqonchilik yetakchi o‘rinni egallaydi.



Download 31.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling