Ўрта Осиёнинг юнон колонизацияси даври маданияти Ўрта Сирдарё бўйи кўчманчи-чорвадорлар маданияти


Download 31.77 Kb.
bet1/8
Sana21.02.2023
Hajmi31.77 Kb.
#1219125
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Археология ва табиий фанлар


  1. Ўрта Осиёнинг юнон колонизацияси даври маданияти

  2. Ўрта Сирдарё бўйи кўчманчи-чорвадорлар маданияти

  3. Бақтрия -Тохаристоннинг илк ўрта асрлар даври тасвирий санъати daftarda bor

  4. Бақтрия–Тохаристоннинг илк ўрта аср қишлоқ маконлари

Shimoliy Tohariston. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar davri
yirik tarixiy-madaniy o‘lkalaridan biri hisoblangan Toharistonning
chegarasi Baqtriyaning antik davridagi hududiga to‘g‘ri keladi.
Tohariston shimoli-g‘arbiy, shimoli-sharqiy va janubiy qismlardan
tashkil topgan. Tohariston to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumot 383-yilga
oid Xitoy manbalarida uchraydi. Unda bu o‘lka Tuxola deb tilga olinadi.
Yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda Tohariston
27 viloyatdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 8 tasi shimoliy qismida
joylashgan.204
Toharistonning shimoliy qismida 30 ga yaqin shahar turidagi
manzilgohlar aniqlangan. Ularning eng yiriklari Eski Termiz, Budrach
Chag‘aniyon, O‘zbekontepa, Xosiyattepa, Kofirqal’a, Xolbuk va boshqa
lar.
Shimoliy Tohariston hududidagi shaharlardan Termiz qadimdan
yozma manbalarda Tarmita, Tami, Drmat, Tirmiz nomlari bilan
tilga olingan. Ko‘hna shaharning o‘rta asrlar davri o‘rni zamonaviy
shahardan g‘arbda antik davridagi o‘rnida, 10 ga maydondagi sun’iy
tepalikdasaqlanibqolgan.Ilko‘rtaasrning oxiridashaharning maydoni
kengayib, 35 ga dan iborat birinchi hudud shaharning madina qismini,
175-180 ga dan iborat ikkinchi hudud esa rabot qismlarini tashkil
etgan. Yozma manbalarda shaharning rabot qismida bozor va turli
hunarmandchilik mahallalari joylashganligi keltirib o‘tilgan. Rabotda
kulollar, shishasozlar vatemirchilar ustaxonalarining o‘rni aniqlangan.
Surxon vohasining ikkinchi yirik shahri Chag‘aniyon xitoylik budda
dini ziyoratisi Syuan Szyan (630 yillar) ma’lumotida “Chigoyenna
nomi bilan tilga olingan.Uning ma’lumotida shaharning aylanasi 10 li.
(4-5 km) va unda 5 ta budda manastri mavjudligi qayd etilgan.
Chag‘aniyon hozirgi Denov shahridan 6 km janubi-sharqda Qizilsuv
daryosining bo‘yida Ko‘hna Budrach yodgorligi o‘rnida bo‘lgan. Bu
yerda joylashgan Oqmozortepa yodgorligi shaharning arkini, Dunyotepa
yodgorligi esa shahriston qismini tashkil etgan. Kushonlar davridayoq
ark qismida 20 ga maydonda shahar shakllanadi. Ilk o‘rta asrlar davrida
shahristonning maydoni kengayib, 50 ga joy mudofaa devori barpo etila
di. Yodgorlikning ark qismida aniqlangan me’moriy inshoot xarobalari
o‘rnida Chog‘aniyon hukmdorlarining ilk o‘rta asrlar davri saroyi
joylashgan.
Shimoliy Tohariston kichik mulkliklaridan birining markazi
bo‘lgan Kattatepa (Xosiyattepa (may. 20 ga) manzilgohi ikki qismdan
iborat bo‘lib, mudofaa devori bilan o’rab olingan. Devorlar yarim
aylana va to‘g‘ri to‘rtburchak burjlar va jangavor shinaklar bilan
kuchaytirilgan. Ark qismida mahalliy hukmdorlar ibodatxonasi
va dafinasi joylashgan. Manzilgoh tadqiqotchilar tomonidan o’rta
asr arab manbalarida qayd qilingan Kuftan mulkligining markazi
Xushvara shahri bilan qiyoslangan.205
Tojikistonda Kofirnahr va Vaxsh daryo vohalari hududida shahar
shakliga ega bo‘lgan manzilgohlaridan biri hisoblangan Kofirqal’a
(maydoni 13 ga ga yaqin) manzilgohi antik davrida shakllangan.
Kvadrat shaklga ega bo‘lgan manzilgoh devori, xandaq, proteyxizm,
burj va shinaklardan tashkil topgan mudofaa tizimiga ega bo‘lib,
markaziy ko‘cha shaharni ikkiga ajratib turgan. Shaharga ellin
davrida asos solingan. Shahar mudofaa devorining ichkarisida aholi
turar joy imoratlari joylashgan. Shahar atrofida aholi turar joylari va
ishlab chiqarish inshootlari o‘rin olgan. Kofirqal’a Vaxsh vohasining
ilk o‘rta asrlar davri markaziy shahri hisoblangan. O‘lkanning boshqa bir yodgorliklari Bolaliktepa, Kuyovqo‘rg‘on,
Yumaloqtepa manzilgohlari ilk o‘rta asrlar davri davlatmand yer206
egaslarining ko‘shki va qasrining o‘rni bo‘lgan. Bu yodgorliklarda markaziy
o‘rinni muhtasham qabulxona va mehmonxonalar egallagan. Mahobatli
xonalar dunyoviy mazmunga ega rang-tasvirlar, haykalchalar, yog‘och va
gancho‘ymakorlikbezaklarikabisan’atnamunalaribilanbezatilgan.



  1. Download 31.77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling