Ўрта Осиёнинг юнон колонизацияси даври маданияти Ўрта Сирдарё бўйи кўчманчи-чорвадорлар маданияти


Download 31.77 Kb.
bet5/8
Sana21.02.2023
Hajmi31.77 Kb.
#1219125
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Археология ва табиий фанлар

Baqtriya ilk temir davrida. Qadimgi Baqtriyaning ilk temir davri hududi shimolda
So‘g‘diyonabilanHisortog‘tizmalariorqali,janubdaesaHindikushtog‘lari
bilan chegaralangan. Uning hududi sharqda Pomir tog‘ tizimasidan
Amudaryo bo‘ylab g‘arbda Murg‘ob vohasigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. Hozirgi O‘zbekiston va Tojikiston respublikalarining janu
bi hamdaAfg‘onistonning shimoliy hududiga to‘g‘ri keladi.
Ilk temir davrining boshida hozirgi paytda suvsizlanib qolgan
qichik daryo vohalari hududida ilk temir davri o‘troq dehqonchilik
qishloqlari shakllangan. So‘nggi bronza davrida faoliyat yuritgan
yirik manzilgohlar o‘rnida maydoni ancha kichik va ixcham
qishloqlar paydo bo‘lgan. Baqtriyaning ilk temir davriga oid barcha
turdagi arxeologiya yodgorliklar tuzilishi va hajmiga ko‘ra bir necha
turga ajratilgan. Ulardan birinchisi mudofaa tizimiga ega bo‘lgan
yirik manzilgohlar. Bunday manzilgohlarning maydoni va tuzilishiga
ko‘ra ark, shahar hamda atrofi qismlaridan tashkil topgan uch yoki
ikki qismdan iborat qadimgi shaharlar.
Qadimgi shahar shaklidagi manzilgohlarning ikkita turi mavjud.
Birinchisi, mudofaa tizimiga ega bo‘lgan uch qismli yirik shaharlar
– Bolayi Hisor, Qiziltepa, Hayitobod va mudofaa tizimiga ega bo‘lgan
ikki qismli shaharlar – Talashkon I, Bandixon II, Jondavlattepa.
Ikkinchi guruh yodgorliklar maydoni katta dehqonchilik qishloqlari,
uchunchi guruh yodgorliklar mudofaa tizimiga ega bo‘lgan maydoni
kichik diniy inshootlar – Tillatepa, Kuchuktepa va uy-qo‘rg‘onlar –
Qizilcha guruhi yodgorliklari.
Baqtriyaning ilk temir davri shahar turidagi yirik manzilgohi
Shimoliy Afg‘oniston hududidagi Bolayi Hisor yodgorligi hisoblanadi.
Umumiy maydoni 120 ga dan iborat. Manzilgohda o‘tgan asrning
o‘rtalarida fransuz arxeologlari qisman qazishma ishlarini olib
borib, mil. avv. VI–V asrlarga oid qatlamlarni o‘rgangan. Bolayi Hisor
manzilgohi antik davri mualliflari asarlarida qayd qilingan Qadimgi
Baqtriyaning ma’muriy markaziga Baqtr shahri bilan qiyoslangan.
Shimoliy Baqtriya hududida joylashgan yodgorliklar yaxshi
o‘rganilgan. Surxon vohasidagi ko‘hna shaharlarning eng yirigi
Qiziltepa manzilgohi hisoblanadi. Umumiy maydoni 30 ga dan iborat
ko‘hna shahar ark va shahriston va shahar atrofidagi dehqonchilik
okrugi qismlaridan tashkil topgan.
Ko‘hna shahar o‘rnida ilk temir davrining boshida dastlabki
dehqonchilik manzilgoh shakllangan. Keyingi (Qizil II) bosqichda
manzilgohning maydoni kengayib, shimoli-g‘arbida ark(may.2ga) paydo
bo‘lgan. Arkning yon atrofida uy-joy imoratlari qurilib, mudofaa devori
barpo etilgan. Mil. avv. VI–IV asrlarda (Qizil III) yangi qurilish imoratlari
qurilib, qadimgi shahar rivojlangan. Bu davrda mudofaa devorida
qo‘shimchaqurilisholibborilib,uningqalinligi5myetgan.Mudofaadevori
yarim aylana burjlar va shaxmat kataklari shaklida joylashgan jangovar
shinaklar bilan kuchaytirilgan. Qiziltepa qo‘hna shahri dastlab Qadimgi
Baqtriya podsholigiga, ahamoniylar davrida satraplikka bo‘ysungan
kichikma’muriytuzilmaning markazibo‘lishimumkin.
Qiziltepa manzilgohining ichkarisida qurilish imoratlari tarqoq
joylashgan,o‘rtasidaochiqjoyqoldirilgan.Qadimgi shaharlarqurilishidagi
bundayholatilktemirdavriiqtisodidachorvachilikxo‘jaligiahamiyatining
ustunligi bilan tavsiflanib, tashqi dushman xavfi sodir bo‘lgan holatda
aholi chorvamollarini xavfdanhimoyaqilishmaqsadidafoydalangan.
Urguliksoyning quyi oqimida, soydan bosh olgan kanal atrofida
Bandixon dehqonchilik vohasida bir necha arxeologiya yodgorliklar
joylashgan. Ulardan Bandixon I, II mazkur hududning eng yirik
yodgorliklari sanaladi. Bandixon I yodgorligi ilk temir davrining
dastlabki bosqichiga oid qishloqning o‘rni. Bandixon II ilk temir
davrining ikkinchi bosqichga oid qal’a va uning atrofidagi aholi
yashaydigan qismdan iborat manzilgoh. Manzilgohning umumiy
maydoni 14ga. Manzilgohatrofidadehqonchilik qishloqlarijoylashgan.
Sherobod vohasida Jondavlattepa va Talashkon I yodgorliklari
maydoni jihatdan yirik manzilgohlar hisoblanadi. Jondavlattepa 7 ga
maydonda joylashgan, ikki qismdan iborat manzilgoh. Mil. avv. I ming
yillikning o‘rtalaridan boshlab Shimoliy Baqtriyada aholi sonining
ko‘payib borishi natijasida Surxondaryo va Amudaryo kabi yirik
daryolar bo‘ylari ham o‘zlashtirilib, aholi manzilgohlari, xususan,
shaharlar paydo bo‘ladi. Bu davrda Surxon vohasida Hayitobodtepa
yodgorligi o‘rnida qadimgi shahar vujudga keladi. Ko‘hna Termiz
o‘rnida ham aholi manzilgohi paydo bo‘lib, keyinchalik shaharga
aylangan.

Download 31.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling