Ўрта Осиёнинг юнон колонизацияси даври маданияти Ўрта Сирдарё бўйи кўчманчи-чорвадорлар маданияти


Download 31.77 Kb.
bet4/8
Sana21.02.2023
Hajmi31.77 Kb.
#1219125
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Археология ва табиий фанлар

Марғиёна илк темир даврида.

Marg‘iyona. Murg‘ob vohasining quy oqimi yerlarini egallagan
madaniy-tarixiy o‘lka. Bu yerda ilk temir davri yodgorliklari bronza
davridagi kabi alohida ariqlar (kanal) bo‘yidagi mikrovohalar
hududida o‘rganilgan. Mikrovohalar Keleli, Ajiquyi, Toip,
Odamboskan, Ovchin, Gonur, To‘g‘aloq va Toxirboylardan iborat. Ilk
temir davrining boshida o‘troq dehqon jamoasining dastlabki kichik
qishloqlari shakllanadi. Keyingi bosqichda manzilgohlardan birining
maydoni kengayib, me’moriy tuzilmalari murakkablashib boradi va
mikrovohaning markaziga aylanadi. Bunday manzilgohlar ma’lum
bir mikrovohaning markazini tashkil etgan qadimgi shaharlar edi.
O‘lkaning ilk temir davriga oid barcha manzilgohlari tuzilishi va
vazifasiga ko‘ra uch xil shakli ajralib turadi. Ular mudofaa devoriga
ega bo‘lgan qadimgi shahar shaklidagi yirik manzilgohlar, ya’ni
ko‘hna shaharlar (Yoztepa, To‘g‘aloqtepa, Tohirboy I, Qo‘hna Marv).
Bunday manzilgohlar ikki qism: qal’a (ark) va aholi yashaydigan
shahristondan iborat bo‘lib, ular alohida mudofaa devoriga ega
bo‘lgan. Ikkinchisi yirik dehqonchilik qishloqlari va uchinchisi kichik
dehqonchilik qishloqlari yoki uy-qo‘rg‘onlar.
Yoztepa yodgorligi shahar shaklidagi yirik manzilgohlarning
eng qadimgisidir. Umumiy maydoni 16 ga dan iborat manzilgoh
taraqqiyotining ikkinchi davrida (Yoz II) uning chekkasida, 1 ga
joyda qalinligi 8 m keladigan tag kursi ustida qal’a-qo‘rg‘on, ya’ni ark
qurilgan. Qal’a-qo‘rg‘on atrofida tarqoq joylashgan uy-joy imoratlari
qurilib, shahriston shakllangan, ular umumiy mudofaa devori bilan
o‘rab olingan. Yoztepa ilk temir davrining rivojlangan bosqichida
Marg‘iyona o‘lkasining markazi aylangan.
Yoztepa manzilgohida qadimgi shahar shakllangan davrda
(mil. avv. VII asr) Erkqal’a va Gyaurqal’a yodgorliklari o‘rnida
o‘troq dehqonchilik qishlog‘i shakllangan. Mil.avv. I ming yillikning
o‘rtalarida manzilgoh rivojlanib, shaharga aylangan. Erkqal’a Ko‘hna
Marv shaharning arki, unga tutashgan Gyaurqal’a shahriston qismini
tashkil etgan.UMurg‘ob vohasining mil. avv.I ming yillikning ikkinchi133
yarmidagi yirik shahri bo‘lib, Marg‘iyonaning ma’muriy markazi
hisoblangan. Antik davri yozma manbalarida keltirilgan Marg‘iyona
Antioxiyasi mana shu shahar o‘rnida faoliyat yuritadi.
Murg‘obning har bir mikrovohasida shahar turidagi yirik
manzilgoh atrofida bir necha dehqonchilik qishloqlari joylashgan.
Mikrovohalar kichik ma’muriy-hududiy tuzilmani tashkil etgan.
Ulardan eng yirigi dastlabki Yoztepa, keyinchalik Ko‘hna Marv
manzilgohlari Marg‘iyonaning ma’muriy markazi bo‘lgan.
Voha xo‘jaligining asosiy tarmog‘i sug‘orma dehqonchilik
bo‘lib, sug‘orish inshootlarining izlari saqlanib qolgan. Yoztepa va
Aravalitepa manzilgohlari yaqinidan qadimgi ariqning izi aniqlangan.
Hozirgi Gatiaqor va Guniyob anhorlari suvidan odamlar ilk temir
davrida foydalanishni boshlagan.
Dehqonchilikda asosan dukkakli va poliz ekinlari ekilgan.Bug‘doy,
arpa va tariq asosiy ekin hisoblangan. Bog‘dorchilik dehqonchilikning
asosiy tarmog‘ini tashkil etgan. Hunarmandchilikda temir, mis va
bronzaga ishlov berish, kulolchilik, to‘qimachilik rivojlangan.
Yoz I sopollari qo‘lda va charxda yasalgan. Qo‘lda yasalgan
sopollarning naqshli va naqshsiz turlari ajralib turadi.. Kulolchilik
charxida yasalgan sopollar son jihatdan ustunlik qilgan. Yoz II va III
bosqichiga oid sopollar kulolchilik charxida yasalgan. Sopollarning
sirtiga naqshlar solish an’anasi yo‘qoladi.
Mil. avv. IV asrning o‘rtalariga (Yoz III) kelib Murg‘ob vohasining
ilgari o‘zlashtirilgan ko‘pgina manzilgohlari inqirozga uchrab,
sug‘orish tizimining takomillashishi natijasida aholi yangi yerlarni
o‘zlashtiradi.
Murg‘ob vohasining ilk temir davri ma’muriy mansubligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchramaydi. Mouru Avestoda tarixiy
o‘lka sifatida keltirilgan. Ahamoniylar davrida Baqtriya bilan bitta
satraplikni tashkil etgan.



Download 31.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling