Ўрта Осиёнинг юнон колонизацияси даври маданияти Ўрта Сирдарё бўйи кўчманчи-чорвадорлар маданияти
Download 31.77 Kb.
|
Археология ва табиий фанлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eylaton madaniyati.
Ustrushona ilk temir davrida. Ustrushona o‘lkasi Farg‘onadan janubiy-g‘arbda So‘g‘d
va Choch oralig‘ida yerlarda joylashgan. O‘lkada o‘troq dehqonchilik madaniyati kechroq vujudga kelgan. Bu yerda ilk temir davriga oid kam sonli yodgorliklar o‘rganilgan. Nurtepa manzilgohi nisbatan eng qadimgi va yirigi hisoblanadi. Manzilgoh mil.avv. VII asrda shakllangan. Mil. avv. VI–V asrlarda manzilgohning atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olinib, qadimgi shahar shakllangan. Umumiy maydoni 18 ga dan iborat ko‘hna shahar ark va shahriston qismlaridan tashkil topgan. Manzilgoh ichkarisida qurilish imoratlari tarqoq joylashgan. Dastlab uylar yerto‘la shaklda bo‘lgan, keyingi bosqichda paxsa va xom g‘ishtdan yer ustida qurila boshlaydi. Ustrushonaning ilk temir davriga oid ikkinchi shahar markazi hozirgi Xo‘jand o‘rnida faoliyat yuritgan. Ko‘hna shahar ikki qismdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 20 ga, shundan arki 1 ga maydonni egallagan. Ko‘hna shaharning atrofi devor bilan o‘rab olingan. Xandaqlarning o‘rni saqlanib qolgan. Ustrushona xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Bu davrda dehqonchilikda liman usulidan sun’iy sug‘orish tizimiga o‘tiladi. Ekindalalaritog‘daryolaridanbosholganariqlarorqali sug‘orilgan. Metallargaishlovberishhunarmandchiligi rivojlangan.Moddiymadaniyati146 qo‘shniChust,ChochvaSo‘g‘dhududlarningmadaniyta’siridashakllangan. Ustrushonaning sopollari qo‘lda va charxda yasalgan. Sopollarning naqshsiz va qisman naqshli turlari mavjud. Ustrushonaning charxda yasalgan sopollari Baqtriyaning Yoz II bosqichi sopollariga, qo‘lda yasalgansopolbuyumlariesaEylatonmadaniyatisopollarigao‘xshaydi. Eylaton madaniyati. Farg‘ona vodiysida Chust madaniyatining davomida Eylaton madaniyati (mil. avv. VII–IV asrlar) faoliyat yuritgan. Eylaton madaniyatiga doir yodgorliklar Farg‘ona vodiysining deyarli barcha hududida tarqalgan. Bu madaniyatga oid yodgorliklar ko‘hna shaharlar, o‘troq dehqonchilik qishloqlari va chorvador qabilasining qabrlaridan iborat. Eylaton madaniyati xo‘jaligining asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonchilikda arpa, bug‘doy va tariq ekilgan. Guruch ekish ham mana shu davrda boshlagan. Xo‘jalikning ikkinchi tarmog‘i chorvachilik hisoblangan. Chorvachilikda asosan kichik tuyoqli chorva mollari boqilgan. Chorvachilikdaikkinchio‘rinniqoramolvayilqichilikegallagan. Sopol buyumlari dastlab qo‘lda va keyinchalik sekin aylanadigan kulolchilik charxida yasalgan. Bu davrda temirdan yasalgan buyumlarning soni ko‘payadi. Bronza ahamiyatini yo‘qotmaydi. Download 31.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling