Ўрта Осиёнинг юнон колонизацияси даври маданияти Ўрта Сирдарё бўйи кўчманчи-чорвадорлар маданияти
Download 31.77 Kb.
|
Археология ва табиий фанлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimoliy Parfiya.
Турк ҳоқонлиги даври маданияти
Фарғона водийсининг ривожланган ўрта асрлар маданияти Шимолий Парфия илк темир даврида. Shimoliy Parfiya. Kopetdag bilan Qoraqum oralig‘idagi yerlar Shimoliy Parfiya hududini tashkil etgan. Bu yerlarda joylashgan manzilgohlar nisbatan ilgariroq, ya’ni so‘nggi bronza davrida vujudga kelib, ularning uch xil shakli ajralib turadi. Qadimgi shahar sifatida faoliyat yuritgan Yelkantepa va Ulug‘tepa manzilgohlari bronza davrining oxirida shakllangan. Yelkan I, Ulug‘ III – mil. avv. II ming yillikning oxiri – 650-yillar, Yelkan II, Ulug‘ II – mil. avv. 650-500, Yelkan III, Ulug‘ I – mil. avv. 500-350-yillar bilan sanaladi. Bronza davrining oxirida Yelkantepa arki joylashgan joy o‘zlashtirilib, 14,5 ga dan iborat maydonda aholi manzigohi vujudga keladi. Mil. avv. X asrda qalinligi 10,5 m, mudofaa devori quriladi. Mil. avv. VII–VI asrlarda manzilgoh mudofaa devorining atrofidagi uy-joy imoratlari qurilib, ikkinchi mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. Natijada Yelkantepa yodgorligi o’rnida ark, ikkita shahriston va shahar atrofi qismlaridan iborat umumiy shahar shakllangan. Shimoliy Parfiyaning ilk temir davridagi ikkinchi bir yirik manzilgohi Ulug‘tepa ham bronza davrining oxirida shakllangan. Bu manzilgohning bir qismida mil. avv. X asrda baland sahni ustida qo‘rg‘on barpo etiladi. Yelkantepadan farqli o‘laroq bu yerda aholi imoratlari joylashgan qismida mudofaa devorining izlari Aniqlanmag Shimoliy Parfiya aholisining asosiy mashg‘uloti sug‘orma dehqonchilik va hunarmandchilik bo‘lgan. Dehqonchilikda asosan bug‘doy va arpa ekilgan. Kopetdagdan oqib tushadigan kichik daryolar dehqonchilikning asosiy suv manbayi hisoblangan. Mahalliy hududning qurg‘oqchil iqlim sharoitida suvga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligini hisobga olib, qadimgi dehqonlar damba va to‘g‘onlar barpo qilingan. Bu yerda keyingi davrda korizlar paydo bo‘ladi. Temir va bronzadan yasalgan mehnat qurollar va qurol aslahalar topilgan. Anovtepa yodgorligining ilk temir davriga oid madaniy qatlamidan topilgan temir buyumi mil. avv. IX asrga oid. Ilk temir davrining dastlabki bosqichga oid sopollarning asosiy qismi qo‘lda yasalib, sirtiga geometrik naqshlar solingan. Keyingi bosqichda charxda ishlangan sopol buyumlar turi ko‘paygan. Ulug‘tepaning mil. avv. VII–IV asrlarga oid sopol buyumlari Yoztepaning shu davrga oid buyumlari bilan o‘xshash. Xo‘jalikning asosini sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Moddiy madaniyati Murg‘ob vohasining quyi oqimi hudud bilan umumiylikga ega bo‘lib, ko‘rinishdan bu hudud marg‘iyonalik aholi tomonidan o‘zlashtirilgan. Download 31.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling