Ўрта Осиёнинг юнон колонизацияси даври маданияти Ўрта Сирдарё бўйи кўчманчи-чорвадорлар маданияти
Download 31.77 Kb.
|
Археология ва табиий фанлар
Burgulik madaniyati. Toshkent vohasi hududida ilk temir davrida
Burgulik madaniyati faoliyat yuritadi. Burgulik madaniyatga oid 20 dan ortiq manzilgohlar aniqlanib, ulardan o‘rin olgan 50 ga yaqin uy-joylar o‘rganilgan. Y.F.Buryakov Burgulik madaniyatini ikki bosqichga ajratgan: Burgulik(Imil.avv.IX–VII asrlar)BuruglikII(mil. avv.VI–IVasrlar). Tuyabo‘g‘iz suv ombori hududida, Ohangaron daryosining ikkala sohilidagi qadimgi qishloqlarda Burgulik madaniyatiga oid yerto‘la uy joylarning o‘rni saqlanib qolgan. Uy-joylarning yirik, o‘rtacha va kichik o‘lchamli turlari ajralib turadi. Uylar aylana yoki cho‘ziq shaklida bo‘lib, eshigidaryotomon qaratibqurilgan. Burgulikmadaniyati aholisilimanusulli sug‘orishuchunqulaybo‘lgan soylarning etagida dehqonchilik qilgan. Dehqonchilikda bug‘doy va arpa ekilgan. Vohaning tog‘ va tog‘oldi dashtlarida chorvachilik rivojlangan. Chorvachilikdaqo‘y, echki,qoramolvayilqiboqilgan. Metallarga ishlov berish yaxshi rivojlangan. Mis Chotqol-Qurama konlaridan qazib olingan. Bronzadan yasalgan mehnat qurollari va qurol yarog‘lar, xususan, ikki quloqli bolta, o‘rog‘, pichoq, igna, bigiz, qoshiq, sovut, kamon paykoni topilgan. Ular O‘rta Osiyoning shimoliy hududi moddiy topilmalar bilan o‘xshash. Eylaton bosqichi Farg‘ona vodiysidagi manzilgohlarining tuzilishi va mudofaa tizimida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Manzilgohlar ilgaridan rejalashtirilgan loyiha bo‘yicha to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qurila boshlaydi. Mudofaa devorida to‘g‘rito‘rtburchak burjlar paydo bo‘ladi. Eylaton madaniyatga oid yodgorliklar orasida shu nomdagi manzilgohyaxshi o‘rganilgan.ManzilgohQoradaryobo‘yida joylashgan, umumiy maydoni 200 ga dan iborat. Manzilgoh ichki (20 ga) va tashqi qismdan tashkiltopgan. Ichki qismi qudratli mudofaa tizimiga ega. Ikki qatordan iborat mudofaa devorining pastki qismi guvala va yuqorisi xom g‘ishtdan 4 m qalinlikda barpo etilgan. Mudofaa devori kvadrat burjlar bilan kuchaytirilgan. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan bunday fortifikatsiya Chust madaniyatining shahar turidagi manzilgohlarida uchramaydi, aksincha, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari uchun xos. Manzilgoh birinchi devoridan 500 m masofada, unga parallel qilib qurilgan ikkinchi devor joylashgan. Ehtimol, ikkinchi shahriston harbiy xavf tug‘ilgan paytda aholi chorva mollarini himoya qiladigan joy bo‘lishi mumkin. Sarvontepa va Simtepa yodgorliklari ham Eylaton madaniyatiga oid. Sarvontepa yodgorligidan mil. avv. I ming yillikning o‘rtalarida qurilgan dastlabki mudofaa devorining saqlanib qolgan qismi ochilgan. Bu yodgorlikAndijonshahrining engqadimgi o‘rnihisoblanadi. Download 31.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling