Ruda konlarini yerosti usulida qazib chiqarish asoslari
-rasm. Tashish gorizontini tayyorlash sxemasi
Download 0.66 Mb.
|
Amonov Shamshod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari
- Rudani shpurli ajratib olish sxemalari
3.5-rasm. Tashish gorizontini tayyorlash sxemasi:
a — berk tashish yo'llik ruda shtreki bilan tayyorlash; b — berk tashish yo‘llik maydon shtreki va ortlar bilan tayyorlash; d — aylanma tashish yo'ffik aralash (ruda va maydon) shtreklar va ortlar bilan tayyorlash; e — aylanma tashish yo‘Uik maydon shtreki va ortlar bilan tayyorlash. — bosh kvershlag; 2 — shamollatish kvershlagi; 3—ruda shtreki; 4— maydon shtreki; 5— ortlar. Tashish gorizonti tayyorlangandan so‘ng bevosita qazish bloklarini tayyorlashga kirishiladi. Blokni tayyorlash ishlarining hajmi va tartibi qabul qilingan qazish tizimiga bog‘liq bo‘hb, asosan, quyidagi jarayonlardan tashkil topadi: blok ko‘tarilmalarini o‘tish; ruda tushirgichlami barpo qilish; ikkilamchi maydalash gorizontlari shtreklarini o‘tish; skrepemi o‘matish lahimini o‘tish va boshqalar. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari Rudalami qazib olishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi: rudani massivdan ajratib ohsh; ikkilamchi maydalash; rudani blokdan tushirish va tashish gorizontigacha yetkazib berish; kon bosimini boshqarish. Ana shu jarayonlarga sarflanadigan mehnat ruda konlarini yerosti usulida qazib chiqarishga sarflanadigan barcha turdagi mehnatning qariyb 50 foizini tashkil qiladi. Bu jarayonlaming o‘zaro bog‘liqligi ularning texnik-iqtisodiy korsatkichlariga ta’sir etadi. Masalan, massivdan ajratib olish jarayonida yaxshi maydalanmagan kon jinslari ularning ikkilamchi maydalashga ketadigan xarajatlarini oshirib yuboradi va tashish unumdorli- gini pasaytiradi. Agar ikkilamchi maydalash portlatish asosida bajariladigan bo‘lsa, boshqa jarayonlarni, masalan, rudani blokdan tushirish jarayonining to‘xtab qolishiga olib keladi. Shu sababli har bir jarayonni sifatli va aniq bajarish lozim bo‘ladi. Ajratib olish — bu rudaning bir qismini maydalab, blok massivdan ajratib olish jarayonidir. Rudani ajratib olish burg ‘ilab-portlatish, mexanik usullarda yoki massivning o‘z- o‘zidan qulashi oqibatida amalga oshirilishi mumkin. Rudani ajratib olish usulini tanlab olishga qator omillar ta’sir ko£rsatadi, ulardan asosiylari — rudaning flzik-mexanik xususiyatlari, kon-texnik sharoitlari va qo‘llaniladigan qazish tizimi. Ruda konlarini yerosti usulida qazib chiqarishda rudani ajratib olish uchun shpurli, skvajinali va minasimon (markazlash- tirilgan zaryad) portlatish usullaridan foydalaniladi. Shpurli ajratib olish usulida ruda massivida chuqurligi 5 m gacha va diametri 75 mm gacha bo‘lgan shpurlar burg‘ila- nadi. Ruda konlarini qazib olishda, asosan, chuqurligi 2—3,5 m va diametri 40—50 mm shpurlar burgcilanadi. Yumshoq rudalarda shpur burg‘ilashda (qattiqlik koeffitsiyenti 4—6 gacha) elektr parmalardan, qattiq rudalarda esa zarba-burilma va zarba-aylanma rusumli burg‘ilash mashinalaridan foyda laniladi. Ruda konlarini qazib chiqarish amaliyotida keyingi mashinalar keng qo‘llaniladi. Portlovchi modda sifatida patronlashtirilgan kukunsimon (ammoniy № 6 JV, detonit) yoki yumshoq donalashtirilgan (granuht, donagranulit) portlovchi moddalar ishlatiladi. Shpurlar qo‘lda yoki mexanizmlar yordamida zaryadlanadi. Shpurli usulda rudani massivdan ajratib oUsh qatlam, shift- pog‘ona va nimqavat usullarida bajarilishi mumkin (3.6-rasm). 3.6-rasm. Rudani shpurli ajratib olish sxemalari: a — qatlamlab ajratib olish; b — shift-pog‘onalab ajratib olish; d — nimqavatlab ajratib olish; e — vertikal shpurlar orqali ko'tarilish bo‘yicha rudani tabaqalab ajratib olish; f— shift pog'ona usulida rudani ajratib olish; g — nimqavat bo'yicha rudani ajratib olish. Shpurli ajratib olish usuli, asosan, qalinligi 5—8 m gacha bo‘lgan va har qanday og‘ish burchagiga ega ruda yotqiziq- larini qazib olishda qo‘llaniladi. Qalin ruda tanalari (qahnhgi 6—8 m dan katta)ni qazib oUshda rudani massivdan ajratib olish skvajinalarga joylash- tirilgan zaryadlami portlatish orqah amalga oshiriladi. Skvajina- laming chuqurUgi 40—60 m gacha, diametri 60—150 mm gacha bo‘lishi mumkin. Skvajina usuhda rudani ajratib olish ochiq kompensatsion kamerada (bocshliqda) yoki siqilgan muhitda, ya’ni maydalan- gan kon massasi bilan to‘ldirilgan makonda bajarihshi mumkin (3.7-rasm), kompensatsion bo'shliq hajmiga nisbatan ajratib olinadigan ruda hajmi ikki barobardan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Jipslashish xususiyatiga ega bo‘lmagan qalin, qattiq va o‘rtacha qattiq ruda yotqiziqlari massivdan rudani ajratib olib siqilgan muhitda skvajinalami portlatish usulida amalga oshiriladi. Bu esa massivdan ajratilgan rudaning yaxshi maydalanishini ta’minlaydi (3.7-rasm). Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling