Ruda konlarini yerosti usulida qazib chiqarish asoslari
-rasm. Rudani skvajinalar bilan massivdan ajratib olish sxemalari
Download 0.66 Mb.
|
Amonov Shamshod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarish va qazish tizimlari
3.7-rasm. Rudani skvajinalar bilan massivdan ajratib olish sxemalari:
a — kompensatsion bo‘shliqda; b — siqilgan muhitda. 1 — ruda tushirish voronkasi; 2 — kompensatsion kamera; 3 — skvajinalar; 4 — siqilgan ruda. Ruda ajratib olishning skvajina usuli blok massividagi rudaning vertikal, gorizontal yoki qiya qatlamlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda skvajinalarni blok kavjoyda parallel yoki yelpig‘ichsimon tarzda joylashtirish mumkin. Odatda, skvajinalar bir necha qator (5 qatorgacha) joylashtiriladi va ular orasidagi masofa 2—2,5 m bo‘lishi mumkin. Markazlashtirilgan katta hajmdagi portlovchi modda zaryadini portlatib, rudani massivdan ajratib ohsh usulida portlovchi modda zaryadi maxsus tayyorlangan kon lahimiga joylashtiriladi. Bu usul qalin va qattiqlik koefiitsiyenti yuqori bo‘lgan ruda yotqiziqlarini, shuningdek, kameralar orasidagi qoldiril- gan seliklami qazib ohshda qo‘llaniladi. Rudani mexanik usulda massivdan ajratib ohsh nisbatan yumshoq rudalami (marganes, kaliy va boshqa tuzlar) qazib olishda qo‘llaniladi. Rudaning o‘z-o‘zidan qulashiga asoslangan ajratib olish usuh amaliyotda juda kam qo‘llaniladi. Bunda ruda yotqizig‘i o’ta darzdor bo‘lgani sababh qazish blokdagi ruda o‘zining og‘irlik kuchi va yuqoridagi jins qatlamlarining bosimi ta’sirida qulab, massivdan ajrahb tushadi. Bu usul iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. U qollanilganda ruda yo‘qotilishi va sifatsizlanishini boshqarib bolmaydi. Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarish va qazish tizimlari Ruda konlarini qazib olishda kon bosimini boshqarishning turli usullaridan foydalaniladi. Ulardan asosiylari: qazish bo‘shlig‘ini tabiiy saqlash usuli; ruda tanasini o£rab turgan (asosan, ustki) jinslami qulatish usuh; qazish bo‘shlig‘ini sun’iy saqlash usuh. Qazish bo‘shlig‘ini tabiiy saqlash usuli ruda va kon jins- larining tabiiy qattiqhgi, turg‘unligi, shuningdek, qoldiriladigan seliklaming mustahkamligiga asoslanadi. Bu usulda kon bosimi lahimning kenghgi, qoldirilgan seliklaming shakH va o‘lcham- lari orqali boshqariladi. Kon bosimini boshqarishning ruda tanasi ustki jinslarini qulatish usuh (bu jinslar massivdan ajratib olingan ruda ustiga qulatiladi) qazish bo‘shlig‘ini tabiiy saqlash usulini qo'llash mumkin bo‘lmagan yoki qoldiriladigan foydah qazilma seliklari katta miqdorda ruda yo‘qotilishi tufayli iqtisodiy jihatdan zararli bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Ruda tanasi shift jinslari ruda ajratib olingandan so‘ng o‘z-o‘zidan qulab tushishi yoki portlatish asosida majburiy qulatilishi mumkin. Qazish bo‘shlig‘ini sun’iy saqlash usulida kon bosimini bosh- qarish bo‘shliqni to‘ldirgich materiallari bilan to‘la yoki qisman tocldirish, mustahkamlagichlar bilan mustahkamlash yoki bo‘sh- Uqning bir qismini mustahkamlash va qolgan qismini to‘ldirish asosida amalga oshiriladi. Ruda konlari yotqiziqlarining yer qa’rida joylashish ele- mentlari va shakllarining turli-tuman bo‘lishi sababli ruda konlarini qazib olish tizimlari ko‘mir konlaridagidan farq qiladi. Ruda konlarini qazib ohsh tizimlarini tasniflash zamirida qazish boeshlig‘ini saqlab turish (kon bosimini boshqarish) usuli yotadi. Ruda konlarini qazib olish amaliyotida qazish tizimlarining yuzlab variantlaridan foydalaniladi. Biroq ularning texnologik jihatdan o‘xshashligi va qo‘llanish sharoitlarining bir-biriga yaqinligi tufayli barcha qazish tizimlari quyidagi uch sinfga birlashtiriladi: Qazish bo‘shlig‘ini tabiiy saqlashga asoslangan qazish tizimlari sinfi. Ruda va atrof kon jinslarini qulatishga asoslangan qazish tizimlari sinfi. Qazish bo‘shlig‘ini sun’iy saqlashga asoslangan qazish tizimlari sinfi. Birinchi sinfga mansub qazish tizimlari, asosan, ruda va kon jinslari mustahkam bo‘lgan ruda konlarini qazib chiqarishda keng qo£llaniladi. Ruda va jinslari mustahkam gorizontal (qiyaroq) kon yotqiziqlarini qazib chiqarishda sidirg‘asiga qazish tizimi qo'llaniladi (3.9-rasm). Bunda qazishga tayyorlash ishlari polli usulda, ya’ni shaxta maydonini pollarga ajratib qazishga tayyorlash asosida bajariladi. Buning uchun shaxta maydoni kon-tayyorlov lahimlari — shamollatish va tashish shtreklar o‘tish orqali pollarga ajratiladi. Pollar qazilgan bocshliqni to‘ldirmasdan, yaxlit kavjoy bilan polning butun kengligi bo‘yicha qazib olinadi. Kavjoy shifti qazib olingan bo‘shliqda qayta qazib olinmaydigan tayanch ruda seliklari qoldirish orqali ushlab turiladi. Seliklar silindr shaklida bo‘lib, diametri 3—6 metrdan 8—10 metrgacha bo‘ladi. Rudani massivdan ajratib olish chuqurligi 2—4,5 m shpur- lami portlatish asosida amalga oshiriladi. Ajratib olingan rudani rudatushirgichgacha o‘ziyurar transport vositalari yordamida yetkazib beriladi. Ish joylarini shamollatish umumshaxta shamollatish tizimi orqali bajariladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan sidirg‘asiga qazish tizimi qalinhgi 3 m dan 25 m gacha bo‘lgan ruda yotqiziqlarini qazib chiqa- rishda qo‘llaniladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling