Rustamov Umidjon shavkat o`g`li
TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING
Download 317.66 Kb.
|
Rustamov КОНФЕ-Я (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Egiluvchan farzitsiya (farzitsiya suspensa)
- Ko`kalamzorlashtirishda foydalanish
- 1-Rasm. Egiluvchan farzitsiya (farzitsiya suspensa)
- Lagerstremiya yoki Hind serini (Lagerstroemia indica
TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNINGMUHOKAMASI Forzitsiya (Forsythia vahl.) turkumi turlaridan issiq mintaqalarda ko`kalamzorlashtirishda foydalansak bo`ladi. Sababi turkum vakillari issiq sharoitga moslashgan, uzoq vaqt gullab turuvchi va manzarali butalar xisoblanadi. Bu turkum Zaytundoshlar (Oleacea) oilasiga kiritilgan bo`lib turkumga 8 ta tur kiritilgan. Farzitsiya turlarining asosiy qismi Sharqiy Osiyoda, bitta turi Yevropada tabiiy tarqalgan. MDH mamlakatlarida 5 ta turi intraduksiya qilingan. O`zbekistonda shaxar va qishloqlarni ko`kalamzorlashtirishda Egiluvchan farzitsiya (farzitsiya suspensa) turidan keng foydalaniladi. Bu tur balandligi 2-3 m ga yetadigan barglarini to`kuvchi buta bo`lib novdalari tik o`sadi. Barglari oddiy yoki uch parrakli, cho`zinchoq oval shaklda 6-10 sm uzunlikda, chekkalari tishchali, to`q yashil. Ko`kalamzorlashtirishda foydalanish: Erta bahorda mart oyida barg yozishdan oldin gullaydi, guli tillasimon sariq, bahor sovuqlariga chidamli. Gullari butada uzoq saqlanadi. Farzitsiya madaniy sharoitda yaxshi parvarishlansa tez o`sadi va gullaydi. Tuproq unumdorligiga talabchan emas. Asosan ildiz qalamchalaridan, novda qalamchalaridan, yashil qalamchalaridan va ildiz bachkilaridan ko`paytirish mumkin. Urug`idan, parxish yo`li bilan xam ko`payadi, yozgi qalamchalaridanxam ko`paytirish mumkin. Farzitsiyaning urug`lari kuzda yoki erta bahorda ekiladi. 1-Rasm. Egiluvchan farzitsiya (farzitsiya suspensa) Unuvchanligi 35-50% ni tshkil etadi. Nixollar birinchi yili 2-8 sm, ikkinchi yili 12-30 sm va uchunchi yili 60-90 sm balandlikda o`sadi. Manzarali bog`dorchilik va landshaft dizaynida Farzitsiya turlari orasida eng sovuqqa chidamli tur bu Zibold forzitsiyasi xisoblanadi. Bundan tashqari ko`kalamzorlashtirishda yevropa forzitsiyasi, to`q yashil forzitsiya, oraliq forzitsiya kabi turlar va ularning turli tuman manzarali shakillari xam foydalaniladi. Lagerstremiya yoki Hind serini (Lagerstroemia indica)-Bu o`simlik Derbennikdoshlar oilasiga mansubdir. Tabiatda lagerstermiya turlari bargini to`kuvchi, doim yashil va kichik daraxtlardir. B u turkumga 30 ga yaqin tur kiritilgan bo`lib ular Janubiy va Sharqiy Osiyoda, Yangi Giveniya va Filipin va Avtraliyada tarqalgan. Ular orasida eng xushmanzara tur bu -xind nastarini ko`kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Tabiatda 8 metr balandlikgacha o`suvchi buta hisoblananadi. Vatani Xitoy hisoblanadi, lekin madaniy xolda Xindistonda ko`kalamzorlashtirishda ko`p ekiladi. Download 317.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling