Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
Radioeshittiruv va teleko‘rsatuvlar uchun o‘quvchilar hayotidan matnlar tayyorlang.
Xabar, yangilik mazmunida matn tayyorlang.
Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan olingan Farhod va Xisrav o‘rtasidagi savol-javobni aks ettiruvchi ushbu dialogni tahlil qiling:
Dedi: - «Qaydinsen, ey majnuni gumrah ?!»
Dedi: - «Majnun vatandin qayda ogah?»
Dedi: - «Nedur sanga olamda pesha?»
Dedi: - «Ishq ichra majnunluq hamisha».
Dedi: - «Bu ishdan o‘lmas kasb ro‘zi!»
Dedi: - «Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi».
Dedikim: - «Ishq o‘tidin ne fasona!»
Dedi: - «Kuymay kishi topmas nishona».
Dedikim: - «Kuymagingni ayla ma’lum!»
Dedi: - «Andin erur joh ahli mahrum!»
Dedi: - «Qay chog‘din o‘lding ishq aro mast?»
Dedi: - «Ruh ermas erdi tang‘a payvast»
Dedi: - «Bu ishqdin inkor qilg‘il!»
Dedi: - «Bu so‘zdin istig‘for qilg‘il!»
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
Dialogik va monologik nutq shakllarini, ularning o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib bering.
Dialogik nutqda kirish so‘z, undov va modal so‘zlarning qo‘llanish xususiyatlarini izohlang.
-68-
Dialogik nutqda tildan tashqaridagi (paralingvistik) vositalarning ahamiyatini ayting.
Monologik nutqning qanday shakllari mavjud?
ADABIYOTLAR
1.Y o‘ l d o sh ye v B. Badiiy nutq stilistikasi. – Samarqand, SamDU nashri, 1982, 27-62-betlar
2.S a i d A h m a d. Saylanma, uch jildlik. III jild. – Toshkent, 1982, 618-bet.
2-MAVZU : Vazifaviy uslublar va nutq madaniyati
R e j a :
1. Vazifaviy, ya’ni funksional uslub tushunchasi.
2. O‘zbek tili vazifaviy uslublarining shakllanishi til taraqqiyotining navbatdagi bosqichi ekanligi.
3. Vazifaviy uslublar ko‘rinishlari.
4. Nutq madaniyatining vazifaviy uslublarga ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |