S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova


Download 458.9 Kb.
bet18/75
Sana03.09.2023
Hajmi458.9 Kb.
#1672374
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Bog'liq
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org

A D A B I YO T L A R


1. I s k a n d a r o v a Sh. O‘zbek nutqi odatining muloqot shakllari: Filol.fan.nomz. …dis.avtoref. – Samarqand, 1993.

2. M o‘ m i n S. So‘zlashish sa’nati. – Farg‘ona, 1997.

3. M o‘ m i n o v S.M. O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari: Filol.fan.d-ri… dis.avtoref. – T., 2000.

4. R u s t a m o v A. So‘z xususida so‘z. – T., “Yosh gvardiya”, 1987;

5. S o d i q o v a M., J o‘ r a ye v a J. So‘zdan so‘zning farqi bor. – T., “Fan”, 1966;

6. Sh o d m o n o v E. Muomala munosabatlarida qo‘llanadigan so‘zlarga doir // «Tilshunoslik masalalari» to‘plami. – T., Nizomiy nomidagi pedinstitut nashri, 1970;

7. O‘ r i n b o ye v B., O‘ r i n b o ye v a D. Hozirgi o‘zbek tilining so‘zlashuv uslubi. – T., “Fan”, 1991;

8. Q o‘ n g‘ u r o v R. Subyektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari. – T., “Fan”, 1980.
-60-
II b o b

NUTQIY FAOLIYAT TURLARI
1-MAVZU : Nutqning dialogik va monologik shakllari
R e j a :

  1. Dialogik va monologik nutq haqida tushuncha.

  2. Dialogik nutqda munosabatlarni ifodalash usullari.

  3. Monologik nutq shakllari.

  4. Dialogik va monologik nutq jarayonida til vositalari qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyatlari.


Tayanch so‘z va iboralar : Shartlilik, jonlilik, tugallanmaganlik, inversiya, ellipsis, so‘zlarning qisqarishi, og‘zaki so‘zlashuvga xosligi, diplomatik munosabatlar, badiiy nutq, individuallashtirish, xarakter yaratish, dramatik janr, obrazlar to‘qnashuvi. Monologik nutq turlari, ichki nutq, ochiq nutq, kechinma, mahorat.
Dialogik va monologik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko‘rinishlari sifatida dialogik nutq ham, monologik nutq ham nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o‘rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o‘rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Shunday ekan, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad va mavzusi, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda egallagan o‘rni va mavqyei dialogik nutqning mazmunini belgilaydi.
Avval bu nutqning til jihatlariga e’tibor beraylik. Tohir Malikning «Shaytanat» romanidan ikkita parcha keltiramiz:

-61-
Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, ko‘zlari chaqchaygan, ikkinchisining qarashlari sovuq, o‘ng yuzida uzun tirtiq bor edi.




- Bilagingni ko‘rsat, - dedi Zohid tirtiqqa.

U «shu ham ishmi?» deganday erinibgina kurtkasini yechib, ko‘ylagining yengini shimardi. Labi osilgan yigitning bilagida ham igna izlari bor edi. Ularning giyohvandligiga Zohidda shubha qolmadi.

- Kukunni qayerdan olardilaring? – deb so‘radi Zohid.

- Bratanga etganmiza, qayoqdan oganuvzani, - dedi labi osilgan yigit.

- Menga ham ayt.

- Lola ko‘chasida… o‘n… yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.

- Ikkoving birga borganmisan?

- Bir xil paytda men borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda ikkalavuza borardik.

Zohid hali Hamdamdan olgan suratlarni cho‘ntagidan chiqarib, uchtasini ajratib oldi-da, stol ustiga yoyib, labi osilganini chaqirdi.

- Qara, Sharif akang qaysi biri?

Yigit o‘rdakka o‘xshab lapanglab kelib suratlarga uzoq tikildi-da, bittasini ko‘rsatdi.


Download 458.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling