bo‘lardi, xayr – omon bo‘ling, yaxshi qoling – yaxshi boring, yana kelinglar – sizlar ham boringlar; iltimos qilish odati: iltimos, agar mumkin bo‘lsa, agar sizga malol kelmasa, bemalol bo‘lsa, sizdan bir narsa so‘ramoqchi edim, mobodo sizga og‘irlik qilmasa, imkoniyatingiz bo‘lsa, nima desam ekan…so‘rash sal noqulay bo‘lib turibdi kabi.
O‘zbek nutqiy odati tadqiqotchisi Sh.Iskandarova uning vazifa doirasini belgilab, suhbatdoshlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish, ularning bir-birlariga iltifot ko‘rsatishga harakat qilishi, suhbatni boshqarib borish, murojaat qilish, xitob, ta’sir etish singari omillarni qayd qiladi [1, 11-12-b.].
Bundan tashqari olima nutqiy odatlar insonlar o‘rtasidagi chegaralanuvni ham alohida qayd qiladi. Masalan: keksalar bilan keksalar, keksalar bila yoshlar, tengdosh keksalar, tengdosh yoshlar, ayollar bilan ayollar , erkaklar bilan erkaklar, ayollar bilan erkaklar o‘rtasidagi muloqotlar va hokazo. Ularning har birida o‘ziga xos odatlar shakllangan. Birgina ayollar o‘rtasidagi muloqot jarayonida qo‘llanilishi odat tusiga kirgan ayrim so‘z va iboralarni eslab o‘taylik: dugonajon, ovsinjon, egachi, aylanay, urgilay, girgitton, qoqindiq, asalim, shirinim, toychog‘im va boshqalar. Bular barcha ayollar uchun umumiy bo‘lgan til birliklari - ayol, buvi, ona, turmush o‘rtog‘i, dugona, farzand, opa, singil, amma, xola va notanish kishi bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda ularning har birining boshqa bir ayol bilan muloqot odati yana o‘ziga xos tarzda shakllangan bo‘ladi.
Xullas, muloqot jarayoni g‘oyatda murakkab bo‘lib, suhbatdoshga vaziyatdan kelib chiqib munosabatda bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. Rasmiy va norasmiy gaplashishning taxminiy matnini tuzing.
O‘zbeklarning salomlashish odatini yozib bering.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
Nutqiy muloqot deganda qanday jarayonni tushunasiz?
Nutqiy faoliyat qanday shakl va ko‘rinishlarga ega?
Nutqiy muloqotni vazifaviy uslublarga ko‘ra farqlab bera olasizmi?
Rasmiy va norasmiy muomalani misollar yordamida farqlab bering.
-59-
Do'stlaringiz bilan baham: |