S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova
Download 458.9 Kb.
|
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org
- ma’naviyat xodimlarining malakasini oshirish maqsadida uzluksiz ravishda suhbatlar, seminarlar, uchrashuvlar va ko‘chma lektoriylar tashkil etadi;
- Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi hamda bo‘linmalarini dolzarb mavzulardagi o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar va ma’ruza matnlari, yo‘riqnomalar bilan ta’minlashda faol ishtirok etadi. -169- IV.Universitetning huquq va majburiyatlari Universitet : -Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazlari mutasaddilari, faollari uchun sohalar bo‘yicha o‘qitish jarayonini tashkillashtiradi, targ‘ibot-tashviqot ishlarini oshirishda ko‘maklashadi. Ma’ruza matnlari sifati ustida alohida nazorat olib boradi; - o‘zining butun faoliyati, shu bilan birga, qisqa muddatli kurslar uchun belgilangan tartibda hujjatlar va ma’lumotnomalar tayyorlaydi; - tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida darslar yakuniga ko‘ra kurs talablarini yakuniy nazorat (sinov imtihonlari) dan o‘tkazadi; - Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazlarida kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish ishida bevosita ishtirok etadi va bu borada o‘z fikr-mulohaza hamda xulosalarini beradi; - ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot ishlarida jonbozlik ko‘rsatgan va faol ishtirok etgan xodimlarni, ma’ruzachilarni moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida viloyat, shahar va tuman hokimliklarga takliflar kiritadi; - qisqa muddatli kurslarni bitirgan tinglovchilarga tegishli sertifikat va guvohnomalar beradi; - qisqa muddatli va muddatli kurslardagi tinglovchilarni tegishli dasturlar, qo‘llanma va darslik, ko‘rgazmali vositalar va ma’ruzachilar hamda o‘quv xonalari (auditoriyalar) bilan ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi; - viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda markazi olib boradigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning barcha jarayonlarida faol ishtirok etadi; - viloyat miqyosida ma’naviy-ma’rifiy mavzularda o‘tkaziladigan targ‘ibot-tashviqot ishlarida, uchrashuv va suhbatlarda faol ishtirok etadi, ma’ruzachilar bilan ta’minlashga ko‘maklashadi; - o‘z Nizomiga, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi va markazining tartib qoidalariga, viloyat hokimiyatining qaror va farmoyishlariga rioya qiladi, ularni bajarishda faollik ko‘rsatadi; - universitet faoliyatini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish va firmalar, dehqon-fermer xo‘jaliklari tashkil qilish hamda kitob tijorati singari yumushlar bilan shug‘ullanishga imkon beriladi; - bankda o‘z hisob raqamiga, muhr va shtampiga ega bo‘ladi. V. Universitet boshqaruvi va tashkiliy ishlari Universitet viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan tayinlangan rektor boshqaradi. -170- 1. Universitet rektori: - umumiy rahbarlik, universitet faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkiliy ishlarni amalga oshirish; - Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda markazi, ilmiy maslahat kengashi, mas’ul xodimlar hamkorligida universitetning joriy va istiqbol rejasini tuzib chiqish; - yuqori tashkilot rahbarlari bilan universitet faoliyatiga oid masalalarni hal qilish, muzokaralar olib borish, viloyat hokimligi, kengash va markaz rahbarligida qisqa muddatli kurslarda o‘qiydigan tinglovchilarni jalb qilish maksadida tegishli hokimliklar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishni tashkil qilish; - Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda markazi rahbarligida o‘quv jarayonini talablar darajasida tashkil qilish uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishga, dars jarayonini ma’ruzachilar, tegishli o‘quv materiallari, qurollari va auditoriyalar bilan ta’minlashga, qo‘llanma va dasturlar tayyorlashga rahbarlik qilish; - universitet faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish choralarini ko‘rish, shu maqsadda tasdiqlangan Nizom asosida universitet negizida ma’naviyat ravnaqi uchun bevosita xizmat qilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilash, jumladan, gazeta, nashriyot, til va yozuv o‘rgatish va boshqa masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli mazmundagi kurslar ochish vazifalarini hal qilish; Download 458.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling