S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova
Download 458.9 Kb.
|
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org
- universitet xodimlari shtatlar jadvalini va harajatlar smetasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
- universitetda ishlash uchun kadrlar tanlash, ishga qabul qilish va lozim bo‘lganda bo‘shatish; - universitet xodimlarining ish faoliyatini nazorat qilish, yuqori tashkilotlarning qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va universitetning o‘zida qabul qilingan hujjatlarning vaqtida bajarilishini tekshirib borish; - universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish; - homiylik masalalari bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘ladi. Rektor ma’naviyat va ma’rifat kengashi va markaziga bevosita bo‘ysunadi, olib borilayotgan ishlar yuzasidan rahbariyatga hisobot berib turadi. 2. Rektor muovini: - o‘quv jarayonini talablar darajasida tashkil qilishga mas’ul bo‘ladi; - viloyat hokimligi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda universitet tinglovchilari ro‘yxati hamda ularga darslarni tashkil qilish grafigini tuzadi; - universitet bilan aloqada bo‘ladigan viloyat, shaharlar va tumanlardagi muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, jamoat tashkilotlari, uyushmalar, alohida jismoniy va yuridik shaxslar, ilmiy-maslahat -171- kengashi a’zolari va boshqalar bilan aloqani belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yadi; - o‘qishga jalb qilingan tinglovchilar uchun tashkilotlar, korxonalar va muassasalardan o‘z vaqtida mablag‘lar o‘tkazilishini nazorat qilib boradi; - ma’ruzachilar ro‘yxatini tuzadi, bunda respublika, viloyat, shahar, tumanlar miqyosida ma’naviyat sohasidagi yetakchi olimlar, shoir va yozuvchilar, adabiyot va san’at namoyandalari, jamoat arboblarini jalb etadi; - ma’ruzachilarning darslarga taklif qilinishini oldindan ogohlantirish bilan birga, ma’ruzalar matni, yozma va test savollarini talab qiladi; - ma’ruzalar matni, yozma ishlar va test svollari fondini tashkil etadi; - tinglovchilarning darslarga qatnashishlarini nazorat qilib boradi. Universitet ichki tartib qoidalari buzilgan holatlarda dastlab o‘zlarini, agar tegishli xulosa chiqarishmasa, ularning rahbarlarini tegishli tartibda ogohlantiradi; - bitiruvchilar uchun sertifikat tayyorlashni, ularni yozishni va kurs yakunida tantanali topshirishni tashkil qiladi; - universitetning ichki hayotiga oid rejalar, qarorlar, buyruqlar, ilmiy-maslahat kengashi yig‘ilishi bayonnomalari va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi; - moliya-xo‘jalik ishlariga doir tashkiliy, hisob-kitob, balans va shunga aloqador ishlarni nazorat qilishga mas’ul bo‘ladi; - rektor safarda bo‘lmaganda vaqtincha uning vazifasini bajaradi. 3. Bosh hisobchi: - barcha moliyaviy masalalarni rahbariyat bilan kelishilgan holda yuritish; - universitet hisob raqami ochilgan bank bilan muntazam aloqa o‘rnatish, unga tegishli masalalarni hal qilish; - xodimlar maoshining, tinglovchilarga beriladigan soatbay ish haqlarining o‘z vaqtida berilishini yo‘lga qo‘yish; - soliq va boshqa moliyaviy nazorat organlari bilan aloqador bo‘lgan masalalarni hal qilish ishlariga javob beradi. - universitet moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. VI. Universitetning tugatilishi Universitet xodimlarining umumiy yig‘ilishi va viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari qaroriga asosan va amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi. Viloyat hokimligi Ishlar boshqaruvchisi A.Qanoatov -172- REZYUME Rezyume nashr qilinadigan asar yoki himoyaga tavsiya etiladigan dissertasiyaning g‘oyatda qisqa mazmuni bo‘lib, odatda ishning oxirida boshqa tillarda, masalan, hozirda rus va ingliz tillarida beriladi. Ana shu qisqa rezyume orqali asosiy matnni o‘qimagan kishi ham tadqiqot haqida ayrim xulosalarga kelishi mumkin. Namuna: Abdusaidov Abduvalining «Matbuot tili madaniyatining lisoniy muammolari» mavzuidagi 10.02.02 – o‘zbek tili mutaxassisligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertasiyasining qisqacha mazmuni (REZYUMESI ) Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari, jumladan matbuotga e’tibor nihoyatda oshdi. Matbuotning davr talabiga javob berishi, dolzarb muammolarni aks ettirishi, ularning yechimini ko‘rsatishi, ommani operativ axborot bilan ta’minlashi, o‘z zimmasidagi vazifalarni munosib bajarishi, umuman, «to‘rtinchi hokimiyat» darajasiga ko‘tarilishi jurnalistlarning tildan foydalanish mahoratiga ham bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda tadqiqotda matubot tili madaniyatining lisoniy muammolari gazeta janrlarining tili va uslubi, mustaqillik yillaridagi leksik jarayon va adabiy normaga rioya etish holatlari bilan bog‘liq holda nazariy hamda amaliy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Ishning ilmiy yangiligi: - gazeta tili ekspressiv-stilistik, normativlik nuqtai nazaridan janrlari bo‘yicha alohida-alohida birinchi marta atroflicha tadqiq etilgan; - gazeta tilini o‘rganish sohasidagi muammolar, o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida matbuotning roli va matbuot tili madaniyatini yanada ko‘tarish bilan bog‘liq masalalar ilk bor umumlashtirilgan; - umumxalq tilida qo‘llanilgan frazeologik birliklar (FB) va ularning variantlari, frazeologik neologizmlar, okkazional FBlarning xususiyatlari hamda ekspressivlikni ifodalashdagi roli gazeta materiallari asosida ilk bor to‘la yoritilgan; - gazeta tilida termin qo‘llash sohasidagi hozirgi jarayon (so‘nggi o‘n yil) tahlil etilgan; - gazeta sarlavhalari to‘la va atroflicha umumlashgan tarzda tadqiq qilingan, gazeta ruknlari birinchi marta keng yoritilgan; - Mustaqillik davri matbuotida adabiy normaga rioya qilish holatlari o‘rganilgan. -173- Dissertasiya ishning umumiy tavsifi, kirish, 3 bo‘limga ajratilgan 7 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxatidan iborat. Ishning mazmuni 9 ta alohida nashr va 31 ta ilmiy maqolada o‘z aksini topgan. TAVSIFNOMA Tavsifnoma ham xodimning mehnat va boshqa ijtimoiy faoliyatidan xabardor etuvchi ma’lumotnomaga o‘xshash hujjat. Uning ma’lumotnomaga yana o‘xshash tomoni shundaki, tavsifnoma ham xodimga zarur holatlarda, masalan, xodim o‘qishga kirayotganda, yuqori lavozimga ko‘tarilayotganda beriladi. U ham dastlab kimga (ismi, familiyasi va otasining ismi) berilayotgani, uning millati, ma’lumoti, lavozimi, agar bor bo‘lsa, darajasi va unvonini aks ettirgan ma’lumot bilan boshlanadi va yangi qatorda o‘rtadan Tavsifnoma deb yoziladi. Shundan so‘ng yangi qatordan asosiy matn beriladi, imzo chekiladi, sana qo‘yiladi va muhr bosiladi. Tavsifnomaning ma’lumotnomadan yana farqi shundaki, unga ba’zan tashkilot yoki muassasa rahbari bilan birga jamoat tashkilotlari rahbarlari imzo chekishlari ham mumkin. Namuna: Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasining mudiri, prof. S.A.Karimov- ning ilmiy-pedagogik va jamoatchilik faoliyatiga TAVSIFNOMA 1950 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, 1972 yilda SamDU o‘zbek va tojik filologiyasi fakultetini tugatgan. Karimov Suyun Amirovich mehnat faoliyatini 1972 yilda Sovet Armiyasi safida ofiserlik - vzvod komandirligi vazifasidan boshlagan. 1974-75 yillarda Pastdarg‘om tumanidagi № 99-maktabda o‘qituvchi, 1975-76 yillarda Sovetobod tuman ijroiya qo‘mitasida tashkilotchi-instruktor bo‘lib ishlagan, 1976-86 yillarda Samarqand Davlat universiteti tahrir-nashriyot bo‘limida muharrir, katta muharrir, bo‘lim boshlig‘i vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan. U 1986 yildan -174- partiya ishiga taklif qilindi. O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qo‘mitasi fan va o‘quv yurtlari bo‘limida instruktor, lektor, sektor mudiri lavozimlarida 1990 yilgacha ishladi. 1991-93 yillarda SamDU qoshida doktoranturani o‘tadi va doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgandan so‘ng – 1994 yildan hozirgacha o‘zbek tilshunosligi kafedrasining professori va mudiri vazifasida mehnat qilib kelmoqda. Ish davomida u o‘zini mehnatsevarligi, ijrochiligi, intizomliligi, o‘ziga va boshqalarga talabchanligi bilan ko‘rsatdi. O‘qish jarayonini zamon talablari darajasiga ko‘tarish borasida jonbozlik qildi. Hozirgi paytda ham fakultetda, kafedrada sog‘lom ishchi muhitini tashkil qilish, o‘qish-o‘qitish jarayonini «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» asosida takomillashtirish, mehnat intizomini yaxshilash borasida faollik ko‘rsatmoqda. Shu paytga qadar nashr qilingan 70 dan ortiq turli xarakterdagi ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-ommabop tadqiqotlari oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonini yaxshilashga, talabalarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalashga, ularning ma’naviy kamolotini yanada oshirishga qaratilgan. Karimov S.A. siyosiy jihatdan savodli, kamtarin, halol inson, yaxshi oila boshlig‘i. Dorilfunun jamoasi o‘rtasida hurmatga sazovor. Keyingi 5 yilda universitet Ilmiy kengashining a’zosi bo‘lgan. Mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari uchun 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan. Samarqand Davlat universiteti rektori prof.XOLMURODOV R.I. Download 458.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling