S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova
Download 458.9 Kb.
|
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org
I. Umumiy qoidalar
Samarqand viloyati hokimligi huzurida xo‘jalik hisobida faoliyat ko‘rsatadigan Ma’naviyat xalq universitetining o‘z faoliyatini ushbu Nizom hamda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Nizomiga asosan olib boradi. Jumladan, Ma’naviyat xalq universiteti (matnda bundan buyon Universitet deb yuritiladi) asosan : - unda boshliq (rektor) va o‘rinbosar (prorektor) doimiy faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, viloyat hududidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, O‘zFA Samarqand viloyat bo‘limi, ilmiy tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, shu bilan birga, muassasalar, xalq ta’limi va jamoatchilik tashkilotlari mutaxassislari, tajribali, faol rahbarlar, davlat va jamoat arboblaridan iborat ma’ruzachilar shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatishadi; - ma’ruzachilar tarkibi tinglovchilar auditoriyasidan kelib chiqib yangilanib turishi mumkin; - viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda markazi bilan hamkorlikda ish yuritadi; - o‘zining joriy yil va istiqbol dasturlari va rejalarini ishlab chiqadi hamda ish faoliyati davomida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan hujjatlarga tayanadi. II. Universitetning maqsadi Universitet: - Respublikamiz Prezidenti va hukumatimiz olib borayotgan islohotlar mohiyatini tushuntirish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda qatnashadi; - xalqimizning, ayniqsa yosh avlodning milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’nan boy, sog‘lom, barkamol, yetuk fazilatli insonlar bo‘lib yetishishida, ularni ona-Vatanga, o‘z xalqiga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda faol qatnashadi: - xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida ma’naviyat bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiradi; - maxsus qisqa muddatli kurslar orqali bosqichma-bosqich mutaxassis kadrlar o‘quvini tashkil etadi. Kurs tinglovchilariga -168- ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa dasturlar asosida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yadi. III. Universitetning vazifalari Universitet: - viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari, viloyat hududidagi muassasa, korxona, tashkilot va bo‘limlar hamda jamoat tashkilotlari, jamoa xo‘jaliklari, ijara pudrati, dehqon xo‘jalik rahbarlari, mahalla oqsoqollari va fuqarolarini qisqa muddatli kurslarda o‘qitish, qayta o‘qitishni tashkil qiladi; - qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladigan fanlar, ilmiy va amaliy muammolar uchun dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalar, shu bilan birga, malakali professor-o‘qituvchilar, pedagoglar va sohalar mutaxassislari bilan ta’minlash vazifasini amalga oshiradi; - lotin grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvini, kompyuterni o‘rgatish va boshqa qisqa muddatli kurslar orqali malaka oshirish masalalarini hal qiladi; - xalq xo‘jaligi, maorif va madniyat tarmoqlarining barcha yo‘nalishlaridagi rahbar va mutaxassis kadrlarning ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy bilim saviyasi qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida viloyat hokimligining bevosita rahbarligida ularni attestasiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi; - ma’naviy va ma’rifiy jarayonning dolzarb muammolarini atroflicha, chuqur va ilmiy o‘rganish maqsadida mintaqaviy ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar yig‘ilishlari o‘tkazish, tajriba almashishning boshqa usullaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yishda va bu tadbirlarning natijasi bo‘lgan ilmiy maqolalar to‘plamlari, risola va monografiyalar chop etishda jamoatchilik markazlariga yordamlashadi; - omma o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat fidoyilari bo‘lgan tajribali ziyolilar, mutaxassislar, davlat va jamoat arboblari ko‘magiga tayanib ish ko‘radi; - shaharlar va tumanlarda, mahallalarda, umuman aholi o‘rtasida ma’naviy qadriyatlar, ma’rifiy muammolar, hukumat qarorlari hamda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari rivoji uchun dolzarb sanaladigan mavzular yuzasidan universitetning malakali ma’ruzachilari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlarini uyushtiradi; Download 458.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling