С а р и қ л и к в а у н и н г қ и ё с и й т а ш ҳ и с и
Download 0.62 Mb.
|
сариклик Lotin
Virusli gepatit V (VGV) – JSST ma’lumotlariga ko‘ra, VGV markerlari dunyo aholisining 1/3 qismida aniqlanadi. Har yili undan 2 mln. kishi, ulardan 100 mingi o‘ta o‘tkir kechuvchi turidan halok bo‘ladi. VGV katta yoshlilarda, ayniqsa 40 yoshdan so‘ng ko‘p uchraydi. Kasallikning o‘tkir va surunkali shakli sog‘lom kishiga bemor qoni va uning mahsulotlari – shahvat, so‘lak, qin ajralmasi, ter va ko‘z yoshlari orqali yuqadi. Unga turli vena ichiga va mushak orasiga qilingan in’eksiyalar, jarrohlik amaliyoti, stomatologda davolanish sabab bo‘lishi mumkin. Jarrohlar, stomatologlar, akusher-ginekologlar, qon bilan ishlovchi laboratoriya xodimlari, giyohvandlar xavfli guruhga kiradilar. Gepatit V ning o‘ziga xos xususiyati, sariqlik davri boshlanishi bilan kasallik kechishi yaqqol namoyon bo‘lib, oqibati doimo ijobiy yakun topmaydi. Sariqlik oldi davri 2 hafta davom etib, ko‘p hollarda artralgik sindrom, asteniya va umumiy zaharlanish belgilari yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Gepatit V ning prodromal davri zardob kasalligi kabi kechib, eshakem yoki dog‘li-tugmasimon toshmalar, mayda bo‘g‘imlar poliartriti ( 25% hollarda) kabi belgilar xos. Ba’zi hollarda gepatit V ning o‘ta o‘tkir kechishi kuzatilib, aksariyat vaziyatlarda o‘lim bilan tugaydi. Kasallik oqibatida bemor sog‘ayishi, shuningdek, surunkali gepatit V (6–10% hollarda) rivojlanishi mumkin. Bu holda bemorda jigar sirrozi va uning xujayrali karsinomasi vujudga kelish ehtimoli bor.
Serologik tekshiruvlarda qonda virus V markerlari (HVsAg va anti-HBs, anti HVcIgM, HVeAg va anti-HVe, DNK-VGV), ularning miqdori, eliminatsiyasi va serokonversiya muddatlari ma’lumotlari VGV tashhisini tasdiqlaydi. Tayanch tashhisiy belgilar:
3–6 oy mobaynida parenteral muolajalar o‘tkazilganligi; mavsumiylik yo‘qligi; sariqlik oldi davrini artralgik sindrom bilan kechuvchi VGA ga nisbatan sust, lekin uzoq muddat davom etishi; sariqlik paydo bo‘lganda, bemor ahvolining og‘irlashishi; qonda HVsAg va o‘tkir gepatit B ning boshqa markerlari (HBeAg, anti-HBc IgM, DNK-VGV) aniqlanishi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling