С а р и қ л и к в а у н и н г қ и ё с и й т а ш ҳ и с и
Autoimmun gemolitik anemiya
Download 0.62 Mb.
|
сариклик Lotin
Autoimmun gemolitik anemiya – tomirlar ichi gemolizi bilan namoyon bo‘luvchi va sariqlik bilan kechuvchi orttirilgan gemolitik kamqonlik. O‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin. Ushbu anemiya bilan og‘rigan bemorlarning 40% da uning yuzaga kelish sabablari noaniqligicha qolsa (idiopatik), 60% da unga olib kelgan asosiy kasallikni aniqlash mumkin. Ko‘pincha bu limfagranulematoz, limfoleykoz, immunokompleksli kasalliklar, yarali kolit, bezgak, sepsis yoki toksoplazmoz bo‘ladi. Qonda eritrotsitlarni eritish qobiliyatiga ega bo‘lgan antitelalar aniqlanadi.
Klinikasi: artralgiya, qorin og‘rig‘i, holsizlik, sariqlik, jigar va taloq kattalashgan. Bilirubin kon’yugirlanmagan fraksiya hisobiga 40-60 mk/mol.gacha oshadi. SHuningdek, retikulotsitoz, makrotsitoz, mikrotsitoz, eritrotsitlarni osmotik rezistentligi pasayishi kuzatiladi. YUqumli kasalliklar orasida gemolitik sariqlik bezgakda kuzatiladi. Bu o‘tkir, transmissiv kasallik bo‘lib, plazmodiyalar chaqiradi. Unga tana haroratining betartib ravishda ortishi va pasayishi, sariqlik, gepatosplenomegaliya, kamqonlik xos. Kasallik patogenezida bezgak paraziti ta’siri ostida eritrotsitlarning emirilishi oqibatida ularning gemolizga uchrashi yotadi. Tashhis qo‘yishda kasallik tarixiga oid ma’lumotlar (bemorni endemik o‘choqlar – Afrika, Osiyo, Markaziy Amerikada bo‘lganligi), tana haroratining titrash, qizib ketish, ter ajralishi holatlari bilan ketma-ketlikda ko‘tarilishi xosligi katta axamiyatga ega. Bezgakni chaqirgan parazit turidan kelib chiqqan holda 3 kunlik, 4 kunlik va tropik bezgak farqlanadi. Periferik qon surtmasida plazmodiylar aniqlangan (“semiz tomchi” usuli) holda tashhis tasdiqlanadi. Qonda erkin bilirubin miqdori ortgani holda, ALT, AST ko‘rsatkichlari me’yorida bo‘ladi. UAV gemolitik anemiyaga shubha bo‘lgan barcha hollarda bemorni ixtisoslashtirilgan shifoxonaga yuborishi lozim. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling